-
Tarkibi
1 tab. tarkibida
dezloratadin mikronizatsiyalangan 5 mg
Yordamchi moddalar: kalsiy gidrofosfat digidrat, mikrokristallik tsellyuloza 102, makkajo‘xori kraxmali, talk
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
dezloratadinga, preparatning boshqa komponentlariga yoki loratadinga yuqori sezuvchanlik;homiladorlik;emizish davri;12 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi.Ehtiyotkorlik bilan: og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi, anamnezda tutqanoq.
-
Qo'llash usuli
Og‘iz orqali qabul qilish uchun. Tabletkani butun holda, chaynamasdan yutish va suv bilan ichish kerak. Preparatni har kuni bir vaqtda, ovqat qabul qilishdan qat'i nazar, muntazam qabul qilish tavsiya etiladi. Kattalar va 12 yoshdan boshlab o‘smirlar uchun – 1 tabletka (5 mg) kuniga 1 marta. Mavsumiy allergik rinitni davolashda (haftasiga 4 kundan kam yoki yilda 4 haftadan kam davom etadigan simptomlar mavjud bo‘lsa) kasallik kechishini baholash zarur. Simptomlar yo‘qolgandan so‘ng preparat qabulini to‘xtatish kerak. Simptomlar qayta paydo bo‘lsa, davolashni davom ettirish mumkin. Yil davomida allergik rinitda (haftasiga 4 kundan ko‘p va yilda 4 haftadan ko‘p davom etadigan simptomlar mavjud bo‘lsa) butun allergen bilan aloqa davrida uzoq muddatli davolash ko‘zda tutiladi. Qalqonsimon toshmada simptomlar mavjud bo‘lsa qo‘llaniladi, terapiya davomiyligini shifokor individual belgilaydi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya ta'sirlar (≥1/100 dan
-
Farmakologik xususiyatlari
Uzoq ta'sir qiluvchi antigistamin preparat. Loratadinning birlamchi faol metaboliti hisoblanadi. Allergik yallig‘lanish reaksiyalari kaskadini, shu jumladan, yallig‘lanishga qarshi sitokinlar, interleykinlar IL-4, IL-6, IL-8, IL-13, yallig‘lanishga qarshi xemokinlar (RANTES) ajralishini, faollashtirilgan polimorf yadroli neyrofillar tomonidan superoksid anionlar ishlab chiqarilishini, eozinofillarning adgeziya va xemotaksisini, P-selektin kabi adgeziya molekulalarining ajralishini, IgE vositasida gistamin, prostaglandin D2 va leyotrien S4 ajralishini ingibitsiya qiladi. Shu tariqa, allergik reaksiyalar rivojlanishini oldini oladi va ularning kechishini yengillashtiradi, qichishishga qarshi va antiekssudativ ta'sirga ega, kapillyarlarning o'tkazuvchanligini kamaytiradi, to'qimalar shishining rivojlanishini oldini oladi, silliq mushaklarning spazmini oldini oladi. Preparat markaziy asab tizimiga ta'sir ko‘rsatmaydi, deyarli sedativ ta'sirga ega emas (uyquchanlik chaqirmaydi) va psixomotor reaksiyalar tezligiga ta'sir qilmaydi. Dezloratadin tavsiya etilgan terapevtik dozalarda klinik-farmakologik tadqiqotlarda EKGda QT intervalining uzayishi kuzatilmagan. Erius® preparatining ta'siri og‘iz orqali qabul qilingandan so‘ng 30 daqiqa ichida boshlanadi va 24 soat davom etadi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Erius® preparatining infeksion etiologiyali rinitlarda samaradorligi bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Erius® preparatini qo‘llashda, ayniqsa bolalar yoshidagi bemorlarda, anamnezida tutqanoq bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur. Tutqanoq rivojlangan taqdirda preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak. Kam uchraydigan irsiy galaktoza intoleransi, lapp laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi bo‘lgan bemorlar ushbu preparatni qabul qilmasliklari kerak. Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Bosh aylanishi va uyquchanlik kabi nojo‘ya ta’sirlar rivojlanish ehtimoli mavjudligini inobatga olish zarur. Ta’riflangan noxush hodisalar paydo bo‘lsa, ko‘rsatilgan faoliyat turlarini bajarishdan tiyilish kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Siptomlar: tavsiya etilgan dozadan 5 baravar yuqori doza qabul qilinishi hech qanday simptomlarning paydo bo‘lishiga olib kelmagan. Klinik tadqiqotlar davomida kattalar va o‘smirlarda dezloratadinni kuniga 20 mg gacha 14 kun davomida qo‘llash yurak-qon tomir tizimi tomonidan statistik yoki klinik ahamiyatli o‘zgarishlar bilan kechmagan. Klinik-farmakologik tadqiqotda dezloratadinni 45 mg/kun (tavsiya etilgan dozadan 9 baravar yuqori) 10 kun davomida qo‘llash QT intervalining uzayishiga olib kelmagan va jiddiy nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lishi bilan kechmagan. Davolash: preparatning katta miqdori tasodifan og‘iz orqali qabul qilinganida bemor darhol shifokorga murojaat qilishi kerak. Oshqozonni yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish; zarurat tug‘ilganda simptomatik terapiya o‘tkaziladi. Dezloratadin gemodializda chiqarilmaydi, peritoneal dializ samaradorligi aniqlanmagan.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Azitromitsin, ketokonazol, eritromitsin, fluoksetin va tsimetidin bilan birga qo‘llanganda klinik ahamiyatli o‘zaro ta’sir aniqlanmagan. Ovqat bilan bir vaqtda yoki greyfrut sharbati iste’mol qilinishi preparat samaradorligiga ta’sir qilmaydi. Erius® alkogolning markaziy asab tizimiga ta’sirini kuchaytirmaydi. Shunga qaramay, ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyingi qo‘llash davrida alkogolga toqat qilmaslik va alkogolli mastlik holatlari qayd etilgan, shuning uchun dezloratadinni alkogol bilan birga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.