-
Tarkibi
ta'sir qiluvchi modda: xifenadin gidroxlorid 10 mg;
yordamchi modda: kartoshka kraxmali 14,5 mg, saxaroza 25,0 mg, kalsiy stearati 0,5 mg.
-
Qo'llanilishi
Pollinoz, o‘tkir va surunkali toshma, angionevrotik shish, allergik rinit, dermatozlar, jumladan ekzema, neyrodermit, teri qichishishi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning har qanday komponentiga gipersensitivlik.
Homiladorlik, laktatsiya davri.
Suxaraza/izomaltaza yetishmovchiligi, fruktozani o‘zlashtira olmaslik, glyukoza/galaktoza malabsorbsiyasi, chunki dori vositasi saxaroza saqlaydi.
18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (50 mg dozalash uchun).
Ehtiyotkorlik bilan
Oshqozon-ichak trakti, jigar va buyrak kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan.
-
Qo'llash usuli
Preparat og'iz orqali, ovqatdan keyin qabul qilinadi. Kattalar uchun davolash kursi - 10-20 kun, zaruriyat tug'ilganda - takroran. Bolalar uchun davolash kursi davomiyligi 10-15 kun.
Tavsiya etilgan dozalash: kattalar uchun - 25-50 mg dan kuniga 3-4 marta (maksimal kunlik doza - 200 mg); 2 dan 3 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun - 5 mg dan kuniga 2-3 marta; 3-7 yoshli bolalar uchun - 10 mg dan kuniga 2 marta; 7-12 yoshli bolalar uchun - 10-15 mg dan kuniga 2-3 marta.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Ovqat hazm qilish tizimidan: og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining quruqligi, qayt qilish, qusish.
Markaziy nerv tizimidan: uyquchanlik, bosh og'rig'i.
Boshqalar: allergik reaksiyalar.
-
Farmakologik xususiyatlari
Xifenadin - N1-gistamin retseptorlari blokatori, allergik reaksiyalar rivojlanishini oldini oladi va ularning kechishini yengillashtiradi. Allergiyaga qarshi, antiekssudativ va qichishishga qarshi ta'sir ko'rsatadi, allergik yallig'lanishning to'qimalarda rivojlanishini oldini oladi. Gistamin ta'sirini susaytiradi, uning tomirlar o'tkazuvchanligiga ta'sirini kamaytiradi (o'tkazuvchanlikni kamaytirib, shishlarga qarshi ta'sir ko'rsatadi), bronxospastik ta'sirini va ichak silliq mushaklariga spazmogen ta'sirini kamaytiradi, gistaminning gipotenziyal ta'sirini susaytiradi. Xifenadin to'qimalarda gistamin miqdorini kamaytiradi (bu diaminooksidazani - gistaminni inaktivatsiyalovchi fermentni faollashtirish qobiliyati bilan bog'liq). Kursli davolashda xifenadinning antigistamin ta'siri kamaymaydi. O'rtacha antiserotonin ta'siriga ega, kuchsiz M-xolinobloklovchi faollik namoyon qiladi. Markaziy asab tizimiga tormozlovchi ta'sir ko'rsatmaydi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Xifenadin alkogol va uyqu dorilarining markaziy asab tizimiga tormozlovchi ta'sirini kuchaytirmaydi. Kuchsiz M-xolinobloklovchi xususiyatlarga ega bo'lib, me'da-ichak trakti motorikasini kamaytirishi va sekin so'ruvchi dori vositalarining (masalan, bilvosita ta'sir qiluvchi antikoagulyantlar - kumarin hosilalari) so'rilishini oshirishi mumkin.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Belgilar: shilliq qavatlarning qurishi, bosh og'rig'i, qusish, qorin og'rig'i va boshqa dispeptik holatlar. Davolash simptomatik. Oshqozonni yuvish, faollashtirilgan ko'mir qabul qilish, darhol shifokorga murojaat qilish zarur.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Dori vositasini yurak-qon tomir tizimining, oshqozon-ichak tizimining, jigar va/yoki buyraklarning og'ir kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak.
Dori vositasi shakarni o'z ichiga oladi, bu esa shakar diabeti bo'lgan bemorlar uchun hisobga olinishi kerak.
Naychali merosiy kasalliklari, masalan, fruktoza intoleransi yoki saharaza-izomaltaza yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga dori vositasini qo'llash tavsiya etilmaydi.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlarga ta'sir qilish qobiliyati
Bemorning dori vositasini qo'llashga individual sezgirligi aniqlanmaguncha (qisqa muddatli tayinlash orqali) avtotransportni boshqarish, murakkab texnikalardan foydalanish yoki boshqa potentsial xavfli faoliyatlarni amalga oshirish tavsiya etilmaydi, chunki dori vositasi sedativ ta'sir ko'rsatishi mumkin.