-
Tarkibi
Kalsiy elementar-500 mg
Vitamin D3 (xolekalsiferol)-5 mkg
Sink oksidi (10 mg sof sink ekvivalenti)-12,5 mg
Vitamin K2 (menaxinon)-50 mkg
Kalsiy va fosfor almashinuvini tartibga soluvchi, suyak va biriktiruvchi to‘qima tuzilishini mustahkamlovchi, immun tizimini qo‘llab-quvvatlovchi kombinatsiyalashgan vosita. Organizmda kalsiy, fosfor, sink, D3 va K2 vitaminlari yetishmovchiligini to‘ldiradi.
-
Qo'llanilishi
• turli kelib chiqishli osteoporozning oldini olish va kompleks terapiyasi: yoshga bog‘liq, ayollarda menopauza davrida (tabiiy va jarrohlik), senil, idiopatik, steroidli, shuningdek, uzoq muddatli immobilizatsiya bilan bog‘liq va uning asoratlari (siniqlar va boshqalar);
• tish va periodontal kasalliklarning oldini olish va kompleks terapiyasi;
• kalsiy va sink, D3 va K2 vitaminlarining yetarli iste'mol qilinmasligi;
• kalsiy, D3 vitamini qo‘shimcha qabul qilinishi talab qilinadigan holatlar (travmatik siniq konsolidatsiyasini yaxshilash uchun, homiladorlik davrida, yetarli ovqatlanmaslikda).
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
giperkaltsemiya, giperkaltsiuriya, nefrolitiaz, D3 vitamini gipervitaminozi, preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi.
-
Qo'llash usuli
Kalsiy va/yoki D3 vitamini yetishmovchiligini oldini olish va davolash: kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga - 1 tadan tabletkasi 2 marta kuniga, 5 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga – 1 tadan tabletkasi kuniga. Osteoporoz va uning asoratlari (suyak sinishlari) kompleks terapiyasida: (kattalarga) - 1 tadan tabletkasi 2-3 marta kuniga.
Tabletkalarni ovqat paytida qabul qilish kerak.
-
Nojo´ya ta´sirlar
allergik reaktsiyalar, oshqozon-ichak traktining disfunktsiyasi (qayt qilish yoki diareya, gaz, qusish, qorin og'rig'i), giperkaltsiyemiya va giperkaltsiuriya (qon yoki siydikda kaltsiy miqdorining oshishi)..
-
Farmakologik xususiyatlari
Kalsiy suyak to‘qimasining shakllanishi va suyak zichligini saqlash uchun zarur, shuningdek, nerv impulslarini uzatish jarayonlarida, mushaklarning qisqarishida, miokard faoliyatida ishtirok etadi va qon ivishining tartibga solinishida muhim rol o‘ynaydi. Xolekalsiferol (vitamin D3) organizmda kalsiy va fosforning o‘zlashtirilishida ishtirok etadi. Bu suyak to‘qimasini mustahkamlash, osteoporoz, raxit va osteomalatsiya rivojlanish xavfini kamaytirish uchun juda muhimdir. Organizmning infeksiyalarga chidamliligini oshirishga va organizmda serotonin darajasini oshirishga yordam beradi (bu nerv tizimi faoliyatida katta rol o‘ynaydi va kayfiyat hamda ish qobiliyatini yaxshilashga yordam beradi). Vitamin D3 organizmdagi almashinuv jarayonlarini tartibga soladi, lipid va uglevod almashinuvini normallashtiradi (shu jumladan, qondagi lipid profilini normallashtirishga yordam beradi). Kalsiy va vitamin D3 qo‘llanilishi paratireoid gormoni ishlab chiqarilishini oshishiga to‘sqinlik qiladi, bu esa suyak rezorbsiyasining kuchayishiga turtki bo‘luvchi stimulyator hisoblanadi.
Sink biriktiruvchi, suyak va tog‘ay to‘qimalari tuzilishini tiklashda ishtirok etadi. Sink kollagen matritsasining (kollagen to‘rining) sinteziga yordam beradi, bu esa kalsiyni suyak to‘qimasida ushlab turadi va uning yuvilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Suyak o‘sish zonalariga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Immun tizimining to‘g‘ri ishlashi uchun zarur bo‘lgan muhim mikroelementlardan biri bo‘lib, virusli kasalliklar kechishini yengillashtiradi. Yog‘ kislotalari almashinuvida ishtirok etadi, bu esa gormonal salomatlik holatiga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, erkaklar reproduktiv tizimi salomatligini mustahkamlashga yordam beradi, prostata beziga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Kuchli antioksidant sifatida organizmni erkin radikallarning zararli ta’siridan himoya qiladi, terining regeneratsiyasi va tiklanish jarayonida faol ishtirok etadi; yog‘ bezlari faoliyatini tartibga soladi. Kollagen va keratin sintezining kuchayishi hisobiga soch va tirnoqlarning o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Vitamin K2 (menaxinon) osteokalsinning (suyak matritsasining nokollagen oqsili) faollashuvini ta’minlaydi, bu esa kalsiyning qon zardobida bog‘lanishiga va uni suyak to‘qimasiga kiritilishiga yordam beradi. Bu suyakning mustahkamligini ta’minlaydi. Yurak-qon tomir tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, kalsiy kristallarining tomir devorlarida to‘planishini oldini oladi, shu bilan kalsinoz xavfini kamaytiradi va arteriyalarning moslashuvchanligi hamda elastikligini oshiradi. Kalsiy va vitamin D3 o‘zlashtirilishini yaxshilaydi, kalsiyning tomirlar, buyraklar va bo‘g‘imlarda to‘planishini oldini oladi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Anoreksiya, chanqoq, poliuriya, ishtahaning pasayishi, holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, giperkaltsiuriya, giperkaltsiemiya.