-
Tarkibi
Bitta tabletka tarkibida:
Faol moddalari: neomitsin sulfat - 95,6 mg (neomitsin hisobiga 65000 ME); ornidazol - 500,0 mg; prednizolon natriy fosfat - 4,0 mg (prednizolon hisobiga 3,0 mg); ekonazol nitrat - 117,0 mg (ekonazol hisobiga 100,0 mg).
Yordamchi moddalari: laktoza monogidrat - 305,4 mg; kartoshka kraxmali - 90,0 mg; krosprovidon - 24,0 mg; povidon K-17 (past molekulyar polivinilpirrolidon) - 19,0 mg; talk - 18,0 mg; kalsiy stearat - 12,0 mg; kolloid kremniy dioksidi - 12,0 mg; polisorbat-20 - 3,0 mg.
-
Qo'llanilishi
oddiy piogen flora bilan chaqirilgan bakterial vaginalit; - Candida turidagi zamburug‘lar bilan chaqirilgan vulvovaginalitlar; - aralash infeksiya bilan chaqirilgan vaginalitlar.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
ornidazol, ekonazol va boshqa imidazol/nitroimidazol hosilalari, neomitsin va boshqa aminoglikozidlar, prednizolon, shuningdek preparat tarkibiga kiruvchi har qanday komponentga nisbatan yuqori sezuvchanlik; - markaziy asab tizimining organik kasalliklari; - gemopoez buzilishlari; - homiladorlik; - emizish davri; - 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi.
Ehtiyotkorlik bilan - jigar funksiyasi buzilishlari; - alkogolizm.
-
Qo'llash usuli
Intravaginal.
Vaginal tabletkani chuqurroq qin ichiga, orqa ustida yotgan holatda, tashqi jinsiy a'zolar gigiyenik ishlovidan so‘ng kiritish kerak. Qin ichiga kiritishdan oldin tabletkani sovuq qaynatilgan suvda 20-30 soniya ushlab turish kerak. Tabletkani kiritgandan so‘ng 10-15 daqiqa yotish kerak.
Intravaginal tarzda har kuni kechqurun bir dona vaginal tabletkadan qo‘llash kerak.
Davolash kursining o‘rtacha davomiyligi – 6-9 kun.
Hayz ko‘rish davrida Eljina preparati odatdagi sxema bo‘yicha qo‘llanadi.
Agar davolashdan so‘ng yaxshilanish bo‘lmasa yoki yangi simptomlar paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish zarur.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Teridan va teri osti to'qimalaridan: angionevrotik shish, qichish, kontakt dermatiti, terining quruqligi, eritema.
Umumiy buzilishlar va kiritish joyidagi reaktsiyalar: kiritish joyida kuyish, og'riq, bezovtalik va shish, vaginal quruqlik (ayniqsa davolashning boshida).
-
Farmakologik xususiyatlari
Eljina® - ginekologiyada mahalliy qo‘llash uchun antibakterial, antiprotozoy, zamburug‘larga qarshi va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega bo‘lgan kombinatsiyalangan preparat bo‘lib, uning samaradorligi tarkibiga kiruvchi komponentlarning umumiy ta’siri bilan bog‘liq.
Ornidazol - antiprotozoy vosita bo‘lib, antimikrob ta’sirga ega. Ornidazol Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Giardia lamblia (Giardia intestinalis), shuningdek, ayrim anaerob bakteriyalar, masalan, Bacteroides spp. va Clostridium spp., Fusobacterium spp. va anaerob kokklar: Peptostreptococcus spp. ga nisbatan samaralidir.
Ta’sir mexanizmi qo‘zg‘atuvchilarning DNK sintezi bostirilishi va tuzilmasining buzilishi bilan bog‘liq.
Neomitsin - aminoglikozidlar guruhiga mansub keng ta’sir doirasiga ega antibiotik. Qator gram-musbat va gram-manfiy aerob mikroorganizmlarga nisbatan faol. Mikroorganizmlarning neomitsinga chidamliligi sekin va kam darajada rivojlanadi.
Ekonazol Trichophyton spp., Microsporum spp., Epidermophyton spp. dermatofitlariga, Candida jinsiga mansub xamirturush va xamirturushga o‘xshash zamburug‘larga qarshi zamburug‘larga qarshi ta’sirni, shuningdek, gram-musbat bakteriyalarga, Staphylococcus spp., Streptococcus spp. ga qarshi antibakterial ta’sirni birlashtiradi. Ta’sir mexanizmi zamburug‘ hujayra membranasining ergosterol sintezini bostirishdan iborat. Fungitsid va bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi.
Prednizolon - gidrokortizonning degidratlangan analogi bo‘lib, yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi va qichishishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Qichish va kuydiruvchi hissiyotning tez kamayishiga yordam beradi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Vaginal tabletkalar tarkibiga kiruvchi faol moddalarning so‘rilishi ahamiyatsiz bo‘lgani sababli, intravaginal qo‘llashda boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri ehtimoli past. Biroq, varfarin va atsenokumarol kabi bilvosita antikoagulyantlarni qabul qilayotgan bemorlar ehtiyotkorlik bilan bo‘lishlari va qon ivish parametrlarini nazorat qilishlari kerak. Boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda davolanish haqida shifokorga xabar berish tavsiya etiladi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qing. Yo‘riqnomani saqlang, u yana kerak bo‘lishi mumkin.
Eljina vaginal tabletkalari faqat intravaginal qo‘llash uchun mo‘ljallangan, ichga qabul qilinmaydi.
Preparat tarkibida ba’zan to‘liq erimaydigan yordamchi moddalar mavjud. Shuning uchun vaginal tabletkadan qolgan qoldiqlar ichki kiyimda aniqlanishi mumkin. Bu preparat samaradorligiga ta’sir qilmaydi.
Davolash davrida prokladkalar va ichki kiyimni tez-tez almashtirish tavsiya etiladi.
Agar davolash kursi tugaganidan so‘ng kasallik alomatlari saqlanib qolsa, tashxisni aniqlashtirish uchun shifokorga murojaat qilish kerak.
Davolash davrida jinsiy aloqadan tiyilish kerak.
Jinsiy sherikni bir vaqtda davolash zarurati haqida shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Siz davolanayotgan dori vositasi shaxsan siz uchun mo‘ljallangan va uni boshqa shaxslarga bermaslik kerak, chunki u ularga ham sizda bo‘lgandek simptomlar bo‘lsa ham zarar yetkazishi mumkin.
Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Eljina preparati transport vositalarini boshqarish yoki diqqatni jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatni qo‘llash yo‘riqnomasi bo‘yicha intravaginal qo‘llanganda dozani oshirib yuborish ehtimoli past.
Preparat tasodifan ichga qabul qilinganda quyidagi simptomlar paydo bo‘lishi mumkin: hushdan ketish, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tremor, tutqanoq, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.
Davolash: simptomatik terapiya.