Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Faqat retsept bilan
2
sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
ta'sir qiluvchi modda valsartan 1 tabletka, plyonka qobiq bilan qoplangan, 80 mg yoki 160 mg valsartan o'z ichiga oladi yordamchi moddalari kaltsiy gidroforfat digidrat, mikrokristallik tsellyuloza, gidroksipropiltsellyuloza, natriy kroskarmelloza, kremniy dioksid kolloid anhidrid, talk, magniy stearat, qobiq uchun qoplama Opadry II White (polietilenglikol, polivinil spirt, talk, titan dioksid E 171).
Qo'llanilishi
Kattalar va 6 yoshdan katta bolalarda arterial gipertenziya.
Kattalarda simptomatik yurak yetishmovchiligi, angiotenzin aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlarini qo‘llash mumkin bo‘lmaganda yoki AAF ingibitorlari bilan qo‘shimcha terapiya sifatida, beta-blokatorlarni qo‘llash mumkin bo‘lmaganda.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Valsartanga yoki preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik.
Og‘ir jigar yetishmovchiligi, biliar sirroz va xolestaz
Qo'llash usuli
Diokor Solo og'iz orqali, ovqat qabul qilishdan qat'i nazar, suv bilan ichiladi.
Kattalarda arterial gipertenziya.
Diokor Solo boshqa antigipertenziv vositalar bilan bir vaqtda ham buyurilishi mumkin.
6 yoshdan boshlab bolalarda arterial gipertenziya. Diokor Solo uchun tavsiya etilgan boshlang'ich doza tana vazni 35 kg dan kam bo'lgan bolalar uchun kuniga 1 marta 40 mg va tana vazni 35 kg va undan ortiq bo'lgan bolalar uchun kuniga 1 marta 80 mg ni tashkil etadi. Dozani arterial bosimning javobi/o'zgarishiga qarab tuzatish kerak. Maksimal mumkin bo'lgan dozalardan oshirish tavsiya etilmaydi.
Nojo´ya ta´sirlar
Infektsiyalar va invaziyalar virusli infektsiyalar, yuqori nafas yo'llari infektsiyalari, faringitlar, sinusitlar, rinittlar.
Qon ishlab chiqarish tizimidan neyropeniya, trombotsitopeniya.
Immun tizimidan yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan, serum kasalligi.
Metabolizm buzilishi giperkaliemiya*, giponatriemiya.
Psixika buzilishlari uyqusizlik, libido pasayishi.
Nerv tizimidan postural bosh aylanishi*, bosh aylanishi, bosh og'rig'i**.
Ko'rish organlari va labirint buzilishlari vertigo.
Yurak-qon tomir tizimidan ortostatik gipotenziya, arterial gipotenziya**, vaskulit.
Nafas olish organlaridan yo'tal.
Oziq-ovqat organlaridan diareya, qorin og'rig'i, qusish**.
Teri va teri osti to'qimalaridan toshma, qichish, angionevrotik shish.
Skelet-muskul tizimidan orqa og'rig'i, artalgiya, miyalgiya.
Siydik chiqarish tizimidan buyrak funksiyasining buzilishi**, buyrak yetishmovchiligi.
Umumiy buzilishlar charchoqning oshishi, asteniya, shish.
Maxsus ko'rsatmalar
Giperkaliemiya. Kaliy qo‘shimchalari, kaliy tejovchi diuretiklar, tarkibida kaliy bo‘lgan tuz o‘rnini bosuvchi vositalar yoki kaliy darajasini oshirishi mumkin bo‘lgan boshqa vositalar (geparin va boshqalar) bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Zarur bo‘lsa, kaliy darajasini nazorat qilish kerak. Organizmda natriy va/yoki aylanuvchi qon hajmi (AQH) yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar. Organizmda natriy va/yoki AQH og‘ir yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda, masalan, yuqori dozalarda diuretiklar qabul qilganlarda, kamdan-kam hollarda Diokor Solo bilan davolash boshida simptomatik gipotenziya kuzatilishi mumkin. Shuning uchun Diokor Solo bilan davolashni boshlashdan oldin organizmdagi natriy va/yoki AQH miqdorini tuzatish kerak, masalan, diuretik dozasini kamaytirish yo‘li bilan. Gipotenziya rivojlangan taqdirda bemorni gorizontal holatga o‘tkazish va zarur bo‘lsa, vena ichiga fiziologik eritma yuborish kerak. Arterial bosim barqarorlashgandan so‘ng Diokor Solo bilan davolash davom ettirilishi mumkin.
Buyrak arteriyasi stenoz. Valsartanni ikki tomonlama buyrak arteriyasi stenozida yoki yagona buyrak stenozida qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan. Valsartanning qisqa muddatli qo‘llanilishi bir tomonlama buyrak arteriyasi stenoziga ikkilamchi bo‘lgan vazorenal gipertenziyali bemorlarda buyrak gemodinamik ko‘rsatkichlari, zardob kreatinini yoki qonda siydik azoti darajasida hech qanday muhim o‘zgarishlarga olib kelmaydi. Renin-angiotenzin-aldosteron tizimiga (RAAS) ta'sir qiluvchi boshqa dori vositalari bir yoki ikki tomonlama buyrak arteriyasi stenoziga ega bemorlarda qonda siydik azoti va zardob kreatinini darajasini oshirishi mumkinligi sababli, xavfsizlik chorasi sifatida buyrak funksiyasini monitoring qilish tavsiya etiladi.
Dozani oshirib yuborilishi
Diokor Solo dozasining oshib ketishi natijasida kuchli arterial gipotenziya rivojlanishi mumkin, bu esa ongning susayishi, kollaps va/yoki shokga olib kelishi mumkin. Agar preparat yaqinda qabul qilingan bo‘lsa, qusishni chaqirish kerak. Arterial gipotenziya bo‘lsa, odatdagi terapiya bu – fiziologik eritmani tomir ichiga yuborishdir. Valsartanni gemodializ yo‘li bilan organizmdan chiqarib yuborish ehtimoli juda past. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Angiotenzin II antagonistlarini homiladorlikning I trimestrida qo‘llash tavsiya etilmaydi va II hamda III trimestrda qo‘llash mumkin emas. Homiladorlikning I trimestrida AKE ingibitorlarini qo‘llash natijasida teratogen ta’sir xavfi bo‘yicha epidemiologik ma’lumotlar ishonchli emas. Angiotenzin II antagonistlarining ta’sir mexanizmini hisobga olgan holda, Diokor Solo homiladorlik davrida qo‘llanganda homilaga teratogen ta’sir xavfini istisno qilib bo‘lmaydi. Zarur bo‘lgan holatlar bundan mustasno, homiladorlikni rejalashtirayotgan bemorlarga homiladorlik davrida qo‘llash xavfsizligi isbotlangan alternativ antigipertenziv terapiya buyurilishi kerak. Agar preparat bilan davolash vaqtida homiladorlik aniqlansa, Diokor Solo qabul qilishni imkon qadar tez to‘xtatish va zarur bo‘lsa, alternativ davolashni boshlash kerak. Angiotenzin II retseptorlari antagonistlarini homiladorlikning II va III trimestrida qo‘llash fetotoksiklikka (buyrak funksiyasining susayishi, oligogidramnion, bosh suyaklarining ossifikatsiyasi kechikishi) va neonatotoksiklikka (buyrak yetishmovchiligi, arterial gipotenziya, giperqaliemiya) olib keladi. Agar homiladorlikning II trimestrida angiotenzin II retseptorlari antagonistlari qo‘llangan bo‘lsa, buyrak funksiyasi va bosh suyaklarining holatini tekshirish uchun ultratovush tekshiruvi o‘tkazish tavsiya etiladi. Angiotenzin II retseptorlari antagonistlarini qabul qilgan onalardan tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda arterial gipotenziya rivojlanishini tekshirish kerak. Valsartan ona sutiga o‘tadimi, noma’lum. Shuning uchun preparatni emizikli ayollarga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Bolalar. Diokor Solo 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda arterial gipertenziya davolash uchun ko‘rsatilgan. 1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Diokor Solo qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Preparat yurak yetishmovchiligini davolash uchun bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki xavfsizlik va samaradorlik bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!