Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaksiyalar: eshakemi, fotosensitivlik, teri toshmasi, qichishish, anafilaktik shok.
Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, uyquchanlik, asabiylik, uyqusizlik, eyforiya, umumiy holsizlik, charchoq, sedativ ta'sir, diqqatning pasayishi, bosh og'rig'i, harakatlarni muvofiqlashtirishning buzilishi, bezovtalik, qo'zg'aluvchanlikning oshishi (ayniqsa bolalarda), jizzakilik, ongning chalkashishi, tremor, nevrit, tutqanoq, paresteziya, ko'rishning buzilishi, diplopiya, o'tkir labirintit, quloqda shovqin, epileptiform tutqanoqni chaqirishi mumkin.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og'izda qurish, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining qisqa muddatli uvishishi, anoreksiya, diareya, qabziyat, ko'ngil aynishi, epigastral diskomfort, qusish.
Nafas olish tizimi tomonidan: og'iz, burun, bronxlar shilliq qavatining qurishi (balg'amning quyuqlashishi), ko'krak qafasida siqilish.
Qon hosil qilish organlari tomonidan: gemolitik anemiya, trombotsitopeniya, agranulositoz.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: gipotenziya, yurak urishining tezlashishi, taxikardiya, ekstrasistoliya.
Siydik ajratish tizimi tomonidan: siyishning buzilishi.
Boshqalar: terlash, sovuq urishi, fotosensibilizatsiya.