Dorilarning o'zaro ta'siri
Dori vositalari, ehtimol gipoglikemiya xavfini oshiradi.
Bir vaqtda qo‘llash mumkin emas
Mikonazol (tizimli qo‘llash uchun, og‘iz bo‘shlig‘i uchun gel) gipoglikemik ta’sirni kuchaytiradi, gipoglikemiya simptomlari va hatto koma rivojlanishi mumkin.
Bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi
Fenilbutazon (tizimli qo‘llash uchun) sulfonilmochevina preparatlarining gipoglikemik ta’sirini kuchaytiradi (ularning plazma oqsillari bilan bog‘lanishini siqib chiqaradi va/yoki chiqarilishini kamaytiradi).
Boshqa yallig‘lanishga qarshi vositani qo‘llash maqsadga muvofiq, shuningdek, bemorni ogohlantirish va uning e’tiborini mustaqil nazorat qilish muhimligiga qaratish lozim. Zarur bo‘lsa, yallig‘lanishga qarshi vosita bilan davolash vaqtida va undan keyin preparat dozasini tuzatish mumkin.
Alkogol gipoglikemik reaksiyalar xavfini oshiradi (kompensator reaksiyalarni ingibitsiyalash natijasida), bu gipoglikemik komaga olib kelishi mumkin. Alkogol va alkogol saqlovchi preparatlarni iste’mol qilishdan saqlanish kerak.
Kombinatsiyalar, ehtiyotkorlikni talab qiladi
Quyidagi preparatlardan biri bilan bir vaqtda qo‘llanganda ayrim hollarda gipoglikemiya rivojlanishi mumkin, chunki gipoglikemik ta’sir kuchayadi: boshqa qand pasaytiruvchi preparatlar [insulinlar, akarboza, metformin, tiazolidindionlar, dipeptidilpeptidaza-4 ingibitorlari, glyukagon-o‘xshash peptid-1 (GPP-1) retseptorlari agonistlari], β-blokatorlar, flukonazol, angiotenzin aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari (kaptopril, enalapril), N2-retseptorlar antagonisti, monoaminoksidaza (MAO) ingibitorlari, sulfanilamidlar, klaritromitsin va nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar.
Giperglikemiya chaqirishi mumkin bo‘lgan preparatlar
Bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi
Danazol diabetogen ta’sir ko‘rsatadi. Agar ushbu faol modda qo‘llashdan qochib bo‘lmasa, bemorni ogohlantirish va uning diqqatini siydik va qondagi glyukoza darajasini nazorat qilish muhimligiga qaratish lozim. Danazol bilan davolash vaqtida va undan keyin qandli diabetga qarshi vositalar dozasini tuzatish zarur bo‘lishi mumkin.
Kombinatsiyalar, ehtiyotkorlikni talab qiladi
Xlorpromazin (neyroleptik) yuqori dozalarda (kuniga 100 mg dan ortiq) qo‘llanganda qondagi glyukoza darajasini oshiradi (insulin ajralishini kamaytiradi). Bemorni ogohlantirish va uning diqqatini qondagi glyukoza darajasini nazorat qilish muhimligiga qaratish lozim. Neyroleptiklar bilan davolash vaqtida va undan keyin antidiabetik faol modda dozasini tuzatish zarur bo‘lishi mumkin.
Glyukokortikoidlar (tizimli va mahalliy qo‘llash uchun: bo‘g‘im ichiga, teriga va rektal preparatlar) va tetrakosaktid qondagi glyukoza darajasini oshiradi, ketaotsidoz rivojlanishi mumkin (uglevodlarga tolerantlikni kamaytiradi). Bemorni ogohlantirish va uning diqqatini qondagi glyukoza darajasini nazorat qilish muhimligiga qaratish lozim, ayniqsa davolash boshida. Glyukokortikoidlar bilan davolash vaqtida va undan keyin qandli diabetga qarshi vositalar dozasini tuzatish zarur bo‘lishi mumkin.
Vena ichiga: ritodrin, salbutamol, terbutalin β2-agonistik ta’siri tufayli qondagi glyukoza darajasini oshiradi. Bemorning diqqatini qondagi glyukoza darajasini nazorat qilish muhimligiga qaratish lozim. Zarur bo‘lsa, bemorni insulin qabul qilishga o‘tkazish kerak.
Zveroboy (Hypericum perforatum) preparatlari gliklazid konsentratsiyasini kamaytiradi. Bemorning diqqatini qondagi glyukoza darajasini nazorat qilish muhimligiga qaratish lozim.
Disglikemiya chaqirishi mumkin bo‘lgan preparatlar
Kombinatsiyalar, ehtiyotkorlikni talab qiladi
Ftorxinolonlar. Diabeton® MR 60 mg dori vositasi bilan bir vaqtda qo‘llanganda bemorni disglikemiya rivojlanish xavfi haqida ogohlantirish va uning diqqatini qondagi glyukoza darajasini monitoring qilish muhimligiga qaratish lozim.
Izoh mavjud bo‘lgan kombinatsiyalar
Antikoagulyantlar (masalan, varfarin va boshqalar). Antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda sulfonilmochevina preparatlari oxirgilarning antikoagulyant ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Zarur bo‘lsa, antikoagulyantlar dozasini tuzatish mumkin.