-
Tarkibi
Bitta tabletka 50 ME demoksitotsin saqlaydi,
Yordamchi moddalar: saxaroza, laktosa monogidrat, metilselüloza, kalsiy stearat, kartoshka kraxmalidir.
-
Qo'llanilishi
tug'ruq faoliyatini qo'zg'atish va kuchaytirish uchun uning birlamchi va ikkilamchi zaifligida; tug'ruqdan keyingi davrda laktatsiyani stimulyatsiya qilish uchun.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
demoksitotsinga va/yoki preparatning har qanday yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik. Bachadonning gipertonik qisqarishlari, reproduktiv yo'llarning mexanik shikastlanishi, homila gipoksiyasi, homilaning bachadonda nobud bo'lishi.
Bachadon va homila o'lchamlarining mos kelmasligi, homilaning ko'ndalang yoki qiy holati, yo'ldosh yoki kindik tomirlarining oldingi joylashuvi, yo'ldoshning erta ajralishi, kindik tushishi, ko'p homiladorlik, bachadonning cho'zilishi (ko'p homilali homiladorlik, poligidramnion), bachadon bo'yni invaziv karsinomasi, ko'p suvlik, ko'p homiladorlik va operatsiyalardan, shu jumladan kesarcha kesishdan so'ng bachadon devorida chandiq bo'lishi.
Preparatni og'ir preeklampsik toksikoz va yurak hamda qon tomirlarning og'ir kasalliklarida, shuningdek, inerts bachadon (demoksitotsin/oksitotsinga rezistentlik) holatida uzoq muddat qo'llash mumkin emas.
-
Qo'llash usuli
tabletkani transbukkal tarzda qo‘llash, navbatma-navbat o‘ng va chap yanoq orqasiga qo‘yib, og‘izda to‘liq parchalanib so‘rilguncha ushlab turish kerak. Tug‘ruq faoliyatini qo‘zg‘atish va rag‘batlantirish uchun odatda har 30 daqiqada 50 ME (1 tabletka) dan qo‘llaniladi; zarur preparat miqdori individual aniqlanadi. Muntazam, kuchli qisqarishlar paydo bo‘lishi bilan keyingi bir martalik doza 2 baravar kamaytirilishi kerak (½ tabletkadan qo‘llash) yoki qabul qilish oralig‘i oshirilishi kerak (1 soatgacha). Maksimal doza odatda 500 ME (10 tabletka), kamdan-kam hollarda ≥900 ME ni tashkil qiladi. Ta’sir bo‘lmasa, preparatni 24 soatdan keyin qayta qabul qilish mumkin, agar bu ruxsat etilsa.
Laktatsiyani rag‘batlantirish uchun demoksitotsin tug‘ruqdan keyingi 2-kundan 6-kungacha 25–50 ME (½–1 tabletka) bolani emizishdan 5 daqiqa oldin kuniga 2–4 marta buyuriladi.
Bolalar. Bolalarga buyurilmaydi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
demoksitotsin terapevtik dozalarda klinik ahamiyatli nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqarmaydi. Demoksitotsinni yuqori dozalarda qo‘llash va bachadonning yuqori sezuvchanligi quyidagi nojo‘ya ta’sirlarga olib kelishi mumkin:
onada: bachadon spazmlari (kam dozalarda ham), bachadon gipertonusi, tetanik qisqarishlar, bachadonning giperaktivligi bachadon va vaginal to‘qimalarning yorilishi bilan; ko‘ngil aynishi, qusish, gipersalivatsiya, arterial bosimning oshishi, taxikardiya, aritmiya; o‘lim holati mumkin. Homiladorlik va tug‘ruq asoratlarida hayot uchun xavfli afibrinogenemiya, tug‘ruqdan keyingi qon ketish, anafilaktik shok yuzaga kelishi mumkin. Tarqalgan tomir ichki koagulyatsiyasi xavfi mavjud;
homilada: bradikardiya, aritmiya, asfiksiya, homilaning o‘tkir gipoksiyasi, amniotik suyuqlikning mekoni bilan bo‘yalishi; o‘lim holati mumkin;
yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda: sariqlik, to‘r pardaga qon quyilishi bo‘lishi mumkin.
Quyida keltirilgan nojo‘ya ta’sirlar MedDRA tizim organlari guruhlari va chastotasi tasnifiga muvofiq tartiblangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), kamdan-kam (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam (≥1/10 000 dan <1/1000 gacha), juda kam (<1/10 000), noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida aniqlash mumkin emas).
Immun tizimi tomonidan: kam — gipersensitivlik reaksiyalari, shu jumladan anafilaktik reaksiyalar (nafas olishda qiyinchilik, arterial gipotenziya yoki shok bilan).
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez — bosh og‘rig‘i.
Yurak tomonidan: tez-tez — taxikardiya, bradikardiya; kamdan-kam — aritmiya.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez — ko‘ngil aynishi, qusish.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: kam — toshmalar.
-
Farmakologik xususiyatlari
Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha demoksitotsin oksitotsinga — gipofiz orqa bo‘limi gormoniga yaqin. Uni oksitotsinning sintetik analogi sifatida ko‘rish mumkin. Demoksitotsin va oksitotsinning ta’sir mexanizmi va farmakologik xususiyatlari o‘xshash. Demoksitotsin hujayra membranasining o‘tkazuvchanligiga ta’sir qilib, silliq mushak hujayralarida kalsiy ionlari miqdorini oshiradi, shu tariqa uning qisqarishini kuchaytiradi. Preparat bachadon silliq mushaklarining qisqarishini stimulyatsiya qiladi, shuningdek, sut bezining mioepitelial hujayralarining qisqarishini stimulyatsiya qilib, sut sekretsiyasini kuchaytiradi.
Transbukkal qo‘llanganda demoksitotsin, oksitotsindan farqli o‘laroq, so‘lak fermentlari tomonidan parchalanmaydi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati orqali osonlik bilan tizimli qon aylanishiga o‘tadi. Bachadon qisqarishlari transbukkal qo‘llashdan 20–40 daqiqa (maksimal — 50–60 daqiqa) o‘tib boshlanadi. Effekt doza bilan bog‘liq va 180 daqiqagacha davom etadi. Demoksitotsinning uterotonik faolligi oksitotsinning faolligidan 2 baravar yuqori. Tug‘ruqdan keyingi davrda demoksitotsin bachadon involyutsiyasini tezlashtiradi va tug‘ruqdan keyingi qon ketish vaqtini qisqartiradi.
Demoksitotsinning laktogen ta’siri oksitotsinga nisbatan tezroq boshlanadi, yaqqolroq va uzoqroq davom etadi, bu fermentativ inaktivatsiyaga chidamliligi bilan bog‘liq. Demoksitotsin sut hosil bo‘lishi va ajralishini stimulyatsiya qiladi, laktatsiya jarayonini normallashtiradi, ko‘krak qotishini va mastit rivojlanishini oldini oladi.
Demoksitotsin aniq ifodalangan vazopressor va antidiuretik faollikka ega emas, shuning uchun uni arterial gipertenziya, homiladorlikning kech toksikozi va buyrak funksiyasi buzilgan ayollarda qo‘llash mumkin.
Farmakokinetikasi. Demoksitotsin og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati orqali tez va to‘liq so‘riladi va qon aylanishiga o‘tadi. Transbukkal qo‘llanganda 1 dona 50 ME demoksitotsin tabletkasi 15–30 daqiqa davomida so‘riladi. So‘lak fermentlari preparatni parchalamaydi, chunki u oksitotsinazaga nisbatan barqaror; demoksitotsin eliminatsiyasi 30–60 daqiqa davomida amalga oshiriladi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Anesteziya uchun qo‘llaniladigan preparatlarning (siklopropan, galotan) inhalatsiyasi, ehtimol, demoksitotsin ta’sirini kamaytiradi (gipotenziv ta’sirni kuchaytiradi va aritmiya rivojlanish xavfini oshiradi). Kaudal anesteziyada demoksitotsin simpatomimetik tomirlarni toraytiruvchi pressor ta’sirining ifodalanishini oshirishi mumkin.
Prostaglandinlar demoksitotsinning uterotonik effektini oshirishi sababli, demoksitotsin prostaglandinlarning vaginal qo‘llanilishidan 6 soat o‘tmasdan qo‘llanilmaydi.
Demoksitotsin oksitotsin ta’siriga ega bo‘lgan boshqa preparatlar bilan mos kelmaydi.
β-Adrenomimetiklar demoksitotsin samaradorligini pasaytiradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
demoksitotsin qo‘llanilishi faqat tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha, tibbiy xodimlar nazorati ostida tug‘ruq stasionarida amalga oshirilishi mumkin. Dori vositasi yordamida tug‘ruqni stimulyatsiya qilish vaqtida tug‘ruq qilayotgan ayolni diqqat bilan kuzatish talab etiladi (bachadon qisqarishlarining intensivligini nazorat qilish, bachadon bo‘ynining ochilishi, homilaning tug‘ruq yo‘llari bo‘ylab harakatlanishi, yurak urish tezligi va homilaning holati, bemorning demoksitotsinga individual reaksiyasi, zarur bo‘lsa doza tanlash). Haddan tashqari kuchli tug‘ruq faoliyati paydo bo‘lsa, preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim:
homila va tos o‘lchamlari nomutanosibligi xavfi mavjud bo‘lsa (agar xavf sezilarli bo‘lsa, demoksitotsinni qo‘llash mumkin emas);
bachadonning ikkilamchi inertligi mavjud bo‘lsa;
homiladorlik tufayli arterial gipertenziya, yurak kasalliklari;
35 yoshdan katta homilador ayollarda;
anamnezda bachadon pastki segmentida kesarcha kesish haqida ma’lumot bo‘lsa;
agar homilaning bachadonda o‘lishi yoki mekoniy saqlovchi amniotik suyuqlik aniqlangan bo‘lsa (amniotik suyuqlik emboliyasi yuzaga kelishi mumkin).
Demoksitotsin ta’siri prostaglandinlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda kuchayadi (juda diqqatli kuzatish zarur), shuningdek, kaudal anesteziya vaqtida (simpatomimetik vazopressor preparatlarning gipertenziya ta’siri kuchayishi mumkin) (qarang O‘ZARO TA’SIRLAR).
Demoksitotsin analogi — oksitotsinni tug‘ruq faoliyatini qo‘zg‘atish uchun qo‘llash tug‘ruqdan keyingi DVS xavfini oshirishi haqida ma’lumotlar mavjud, bu kamdan-kam uchraydi. Bu xavf 35 yoshdan katta ayollarda, shuningdek, homiladorlik asoratlari yoki homiladorlik muddati >40 hafta bo‘lgan ayollarda ko‘proq namoyon bo‘ladi. Bunday hollarda oksitotsin va uning analoglarini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, va shifokor dissemine koagulatsiyaning belgilari borasida hushyor bo‘lishi lozim.
Dezaminooksitotsin tabletkalari saxaroza va laktaza monogidratini o‘z ichiga oladi. Ushbu preparat kam uchraydigan tug‘ma fruktoza intoleransi, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi yoki saxaraza-izomaltaza yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga, shuningdek, kam uchraydigan tug‘ma galaktoza intoleransi yoki Lapp laktaza yetishmovchiligi bo‘lgan shaxslarga tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi. Homiladorlik davrida demoksitotsinni faqat qat’iy ko‘rsatmalar bo‘yicha, tug‘ruq qilayotgan ayol va homila uchun asoratlar xavfi oshgani sababli, ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Demoksitotsin oz miqdorda ona sutiga o‘tishi mumkin. Asoratlar noma’lum. Preparat bola me’da-ichak traktida parchalanadi.
Transport vositalarini boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash tezligiga ta’sir qilish qobiliyati. Transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta’sirini baholash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Preparatni stasionar sharoitida qo‘llash kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
hozirgi vaqtda dozani oshirib yuborish holatlari haqida ma'lumot yo'q. Og'iz orqali qabul qilinganda demoksitotsin ovqat hazm qilish yo'lida tezda inaktivatsiyalanadi.
Belgilar: transbukkal qo'llanganda yuqori dozalarda og'ir nojo'ya ta'sirlar bo'lishi mumkin (qarang. NOJO'YA TA'SIRLAR).
Davolash: preparatni qo'llashni darhol to'xtatish kerak. Davolash simptomatik. Maxsus antidot mavjud emas.