Extiyotkorlik bilan
Taqiqlangan
Taqiqlangan
3 yoshdan
Oqdan deyarli oq ranggacha bo'lgan bo'shashgan kukun.
Har bir paket quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
faol modda: Aminofenilmaslyan kislotasi gidroxloridi (γ-amino-β-fenilmaslyan kislotasi gidroxloridi) 100 mg.
yordamchi modda: mannitol, aspartam, apelsin aromatizatori.
· astenik va xavotirli-nevrotik holatlar: bezovtalik, qo‘rquv, xavotir;
· obsesiv holatlar nevrozi, psixopatiya
· keksa yoshdagi bemorlarda kechasi uyqusizlik va bezovtalik;
· bolalarda totqoq, enurez, tiklarni davolash;
· Menyer kasalligi;
· stress holatlarini oldini olish, operatsiyalardan yoki og‘riqli diagnostik tekshiruvlardan oldin;
· vestibulyar apparat disfunktsiyasi bilan bog‘liq bosh aylanishlari turli genezda;
· kinetozlarda (ko‘ngil aynishi, qusish, holsizlik, harakatlarni muvofiqlashtirishning buzilishi bilan tavsiflanadigan va harakatlanuvchi obyektda, masalan, qayiqda yoki samolyotda bo‘lish natijasida yuzaga keladigan holat) kasalliklarda ko‘ngil aynishini oldini olish;
alkogol abstenensiya sindromini bartaraf etishda yordamchi vosita sifatida kompleks davolashda.
Preparatning faol moddasiga yoki yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik va laktatsiya davri. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Paket ichidagisi 0,5 stakan iliq suvda eritiladi va ovqatdan oldin ichiladi.
Bolalar uchun:
3 dan 4 yoshgacha - 100 mg (1 paket) kuniga 2 marta,
5 dan 6 yoshgacha – 100 mg kuniga 2-3 marta,
7 dan 10 yoshgacha – 100 mg kuniga 3-4 marta,
11 dan 14 yoshgacha – 200 mg (2 paket) kuniga 2-3 marta.
Odatda 14 yoshdan katta kattalar uchun doza bir qabulda 250 dan 500 mg gacha. (Boshqa dori shakllarini qabul qilish tavsiya etiladi - Butafen)
Qabul qilish soni — kuniga uch marta.
Bolalar uchun eng yuqori bir martalik doza: 6 yoshgacha – 100 mg, 7 dan 10 yoshgacha – 200 mg, 11 dan 14 yoshgacha – 300 mg.
Bir martalik dozani 750 mg dan oshirmaslik kerak, keksalar uchun esa bir qabulda 500 mg dan ko'proq qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Davolash kursi kasallik, bemorning holati va shifokor tavsiyasiga ko'ra 2 haftadan 6 haftagacha bo'lishi mumkin.
Agar qabul qilish unutib yuborilgan bo'lsa, preparatni eslaganingizda qabul qiling, lekin agar keyingi qabul vaqti yaqin bo'lsa, o'tkazib yuboring. Hech qachon ikki barobar doza qabul qilmang.
Butafen 100, boshqa preparatlar kabi, nojo‘ya reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin, lekin hamma bemorlarda ham emas.
Eng ko‘p uchraydigan holatlar:
- uyquchanlik, ko‘ngil aynishi, asabiylashishning kuchayishi, qo‘zg‘alish, xavotir, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi (dastlabki qabul qilgandan so‘ng);
- allergik reaksiyalar (terida toshma, qichishish);
- gepatotoksiklik (yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganda).
Agar Sizda ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan biron-bir nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lsa yoki yuqorida sanab o‘tilgan nojo‘ya ta’sirlar ayniqsa kuchli namoyon bo‘lsa, shifokorga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Butafen 100 dori vositasining faol moddasini (γ-amino-β-fenilmaslyan kislotasi gidroxloridi) γ-aminomaslyan kislotasi (GAMK) hosilasi yoki β-feniletilamin hosilasi sifatida ko‘rish mumkin. Butafen 100 nootrop faollikka ega, GAMK hosilasi sifatida esa anksiolitik (trankvilizator) ta’sir ko‘rsatadi. Xolin va adrenoretseptorlarga ta’sir qilmaydi. Qon tutilishiga qarshi faollikka ega emas. Dori vositasi nistagmning latent davrini uzaytiradi va uning davomiyligi hamda ifodalanishini qisqartiradi.
Butafen 100 asteniyaning va vazovegetativ simptomlarning, jumladan, bosh og‘rig‘i, boshda og‘irlik hissi, uyqu buzilishi, asabiylik, emotsional labilitetni sezilarli darajada kamaytiradi va aqliy ish qobiliyatini oshiradi. Psixik ko‘rsatkichlar (diqqat, xotira, sensor-motor reaksiyalar tezligi va aniqligi) Butafen ta’sirida yaxshilanadi, trankvilizatorlar ta’siridan farqli o‘laroq. Asteniyali va emotsional labil bemorlarda davolashning ilk kunlaridanoq ahvol yaxshilanadi, qiziqish va tashabbus, faol harakatga motivatsiya oshadi, sedativ yoki qo‘zg‘atuvchi ta’sir kuzatilmaydi. Aniqlanishicha, Butafen 100 bosh miya jarohatidan so‘ng qo‘llanganda, mitoxondriyalar sonini oshiradi va miya bioenergetikasini yaxshilaydi. Butafen 100 lipidlarning peroksidlanish jarayonlarini normallashtiradi.
Preparatning tirnash xususiyati beruvchi ta’siri tufayli, me’da-ichak trakti eroziya-yarali kasalliklari bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Ushbu bemorlarga preparatning kichik dozalari buyuriladi. Uzoq muddat qo‘llanganda jigar funksiyasi ko‘rsatkichlari va periferik qon manzarasini nazorat qilish zarur.
O‘zaro potentsialashuv maqsadida Butafen 100 boshqa psixotrop preparatlar bilan birga qo‘llanishi mumkin, preparat va birga qo‘llaniladigan dori vositalari dozasini kamaytirgan holda.
Uyqu dori vositalari, narkotik analgetiklar, antiepileptik va antiparkinsonik vositalar, trankvilizatorlar va neyroleptiklarning ta’sirini uzaytiradi va kuchaytiradi.
Quruq joyda 25°S dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Saqlash muddati - 2 yil.
Preparat yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo'llanilmasin.
Butafen 100 – kam zaharli preparat, faqat kunlik doza 7-14 g bo'lsa va uzoq muddat qo'llanilganda gepatotoksik bo'lishi mumkin.
Faqat eng yuqori qo'llaniladigan dozada eozinofiliya va jigar yog'li distrofiyasi kuzatilgan. Preparat kichik dozada qo'llanilganda bunday o'zgarishlar bo'lmagan.
Belgilari: uyquchanlik, ko'ngil aynishi, qusish, eozinofiliya, arterial bosimning pasayishi.
Davolash: oshqozonni yuvish. Davolash simptomatik.
Asoratlarda (arterial gipotenziya, buyrak yetishmovchiligi) yordamchi va simptomatik choralar qo'llaniladi.
Dozani oshirib yuborishdan shubhalansa, shifokorni chaqirish zarur.
Ushbu mahsulotning veb-saytimizda o'xshashi yo'q, siz mahsulotlarni katalogda ko'rishingiz mumkin.