Qo'llash usuli
Bromgeksin ichga 3 marta kuniga ovqatlanishdan qat'i nazar qabul qilinadi.
Davolash jarayonida bromgeksinning sekretolitik ta'sirini qo'llab-quvvatlash uchun yetarli miqdorda suyuqlik iste'mol qilish tavsiya etiladi.
5 ml sirop (1 choy qoshiq) 4 mg bromgeksin gidrokloridini o'z ichiga oladi. Siropning bir martalik dozi bemorning yoshiga bog'liq.
Kattalar uchun bemorlarga kuniga 3 marta 2-4 choy qoshiq (8-16 mg) tayinlanadi. Zarurat tug'ilganda doza 16 mg gacha 4 marta oshirilishi mumkin, ya'ni, maksimal bir martalik doza 16 mg; maksimal sutkalik doza – 64 mg.
Buyrak faoliyati buzilgan bemorlar uchun
Og'ir buyrak yetishmovchiligi holatida bromgeksin metabolitlarining to'planishi mumkin, bu jigar tomonidan hosil bo'ladi. Dozani kamaytirish yoki doza qabul qilish oralig'ini oshirish talab qilinishi mumkin.
Jigar faoliyati buzilgan bemorlar uchun
Buzilish darajasiga qarab doza kamaytirilishi yoki doza qabul qilish oralig'i oshirilishi kerak.
65 yoshdan katta bemorlarga buyrak va/yoki jigar funksiyalari buzilmagan holda doza tuzatish talab qilinmaydi.
18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar uchun siropda 96 % etanol mavjudligi sababli qo'llash taqiqlanadi.
Terapevtik ta'sir 2-5 kun ichida namoyon bo'lishi mumkin.
Agar bemorning holati 5 kunlik davolash davomida yaxshilanmasa yoki yomonlashsa, shifokorga murojaat qilishi kerak. Davolash kursining davomiyligini shifokor belgilaydi.