Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Bisoprolol 10 mg № 30
Bisoprolol 10 mg № 30
Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Diabetiklar uchun

    Ruxsat

  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud
9 657 so'm 11 500 so'm
ico
1
ico
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari bisoprolol 10 mg № 30
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
  • Dozalash
    10 mg
  • Yaroqlilik muddati
    2 yil
  • Qadoqdagi soni
    30 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    Bitta tabletkada faol modda bisoprolol fumarati – 2,5 mg; 5 mg yoki 10 mg; Yordamchi moddalari: mikrokristallik tsellyuloza, kalsiy gidroforfat digidrat, makkajo‘xori kraxmali, kolloid kremniy dioksidi suvdan holi, magniy stearati, natriy kraxmalglikolyat (A turi), opadrai II (shu jumladan, polivinil spirti, qisman gidrolizlangan, talk, makrogol 3350, oq rangli bo‘yoq pigmenti (titana dioksid E 171 ni o‘z ichiga oladi), pushti rangli bo‘yoq pigmenti (titana dioksid E 171, karmen E 120, indigo-karmin asosidagi alyuminiy laki E 132, temir oksid qora E 172 ni o‘z ichiga oladi) yoki ko‘k rangli bo‘yoq pigmenti (titana dioksid E 171, indigo-karmin asosidagi alyuminiy laki E 132, sariq xinolin asosidagi alyuminiy laki E 104 ni o‘z ichiga oladi).
  • Qo'llanilishi
    2,5 mg doza uchun. Kompensatsiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligini chap qorincha sistolik funksiyasi buzilishi bilan davolash, angiotenzin aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari, diuretiklar, shuningdek yurak glikozidlari bilan terapiyaga qo‘shimcha sifatida. 5 va 10 mg dozalari uchun. Arterial gipertenziya, yurak ishemik kasalligi (stenokardiya). Qo‘llash usuli Arterial gipertenziya, yurak ishemik kasalligi (stenokardiya) Tavsiya etiladigan doza kuniga 5 mg (Bisoprolol 5 mg 1 tabletka) ni tashkil etadi. Zarur bo‘lsa, sutkalik doza 10 mg gacha (Bisoprolol 10 mg 1 tabletka) oshirilishi mumkin. Dozani oshirish faqat ayrim hollarda ruxsat etiladi. Maksimal sutkalik doza – 20 mg. Kompensatsiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligi chap qorincha sistolik funksiyasi buzilishi bilan Bemorlarning holati bisoprolol bilan davolash boshida barqaror bo‘lishi kerak (o‘tkir yurak yetishmovchiligi bartaraf etilgan). Doza titrlash vaqtida va undan keyin yurak yetishmovchiligining vaqtinchalik yomonlashuvi, gipotenziya yoki bradikardiya yuzaga kelishi mumkin. Bisoprolol tabletkalarini butun holda suyuqlik bilan ertalab ovqatdan qat’i nazar yutish kerak Titrlash. Bisoprolol bilan davolash dozaning bosqichma-bosqich oshirilishi bilan boshlanishi kerak: 1-hafta 1,25 mg kuniga bir marta. Yaxshi o‘zlashtirilsa 2-hafta 2,5 mg kuniga bir marta. Yaxshi o‘zlashtirilsa 3-hafta 3,75 mg kuniga bir marta. Yaxshi o‘zlashtirilsa 4-7 haftalar davomida doza 5 mg kuniga bir marta oshiriladi. Yaxshi o‘zlashtirilsa, doza keyingi 4 hafta davomida 7,5 mg kuniga bir marta oshiriladi. Yaxshi o‘zlashtirilsa, doza 10 mg kuniga bir marta doimiy qo‘llash uchun oshiriladi. Titrlash bosqichida puls, arterial bosim va yurak terapiyasining yomonlashuvi belgilarini diqqat bilan monitoring qilish zarur. Dozani tuzatish. Agar maksimal tavsiya etilgan doza yomon o‘zlashtirilsa, dozani bosqichma-bosqich kamaytirish kerak. Yurak yetishmovchiligining vaqtinchalik yomonlashuvi, gipotenziya yoki bradikardiya yuzaga kelsa, bisoprolol bilan davolashni vaqtincha kamaytirish yoki to‘xtatish mumkin. Bemor holati barqarorlashganda, har bir holatda bisoprolol dozasini titrlash orqali davolashni qayta boshlash zarur. Davolashni to‘xtatish Dozani bosqichma-bosqich kamaytirish kerak, chunki to‘satdan bekor qilish kasallikning keskin kuchayishiga olib kelishi mumkin. Dozani bosqichma-bosqich (haftasiga 25% ga) kamaytirish kerak. Buyrak yoki jigar funksiyasi buzilgan bemorlar. Arterial gipertenziya yoki yurak ishemik kasalligi va jigar yoki buyrak funksiyasi yengil va o‘rta darajada buzilgan bemorlar uchun doza tanlash odatda talab qilinmaydi. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 20 ml/min dan kam) va og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar uchun sutkalik doza 10 mg bisoprololdan oshmasligi kerak. Keksalar. Preparat dozasini tuzatish talab qilinmaydi.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    - Bisoprololga yoki preparatning har qanday yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik; - o‘tkir yurak yetishmovchiligi yoki dekompensatsiyadagi surunkali yurak yetishmovchiligi, qachonki tomir ichiga inotrop terapiya talab qilinsa; - kardiogen shok; - atrioventrikulyar blokada II yoki III daraja (sun’iy yurak ritmi haydovchisi bo‘lmaganda); - sinus tugunining zaiflik sindromi; - sinoatriyal blokada; - simptomatik bradikardiya (yurak urish tezligi daqiqasiga 60 tadan kam); - arterial gipotenziya (sistolik arterial bosim 100 mm simob ustunidan past); - bronxial astmaning og‘ir shakli yoki surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi; - periferik qon aylanishining og‘ir o‘tkazuvchan buzilishi, Reyno kasalligi; - davolanmagan feoxromotsitoma; - metabolik atsidoz. Dori vositalari o‘zaro ta’siri Tavsiya etilmaydigan kombinatsiyalar I klass antiaritmik preparatlar (masalan, xinin, dizopiramid, lidokain, fenitoin, flekainid, propafenon). AV-o‘tkazuvchanlik vaqtiga ta’sir va salbiy inotrop ta’sir kuchayishi mumkin. Verapamil guruhi va kamroq darajada diltiazem guruhi kalsiy kanali blokatorlari. Qisqaruvchanlik va AV-o‘tkazuvchanlikka salbiy ta’sir. Beta-adrenoblokatorlar bilan davolanayotgan bemorlarga verapamil yuborilishi og‘ir arterial gipotenziya va AV blokada rivojlanishi bilan kechishi mumkin. Markaziy ta’sirga ega antigipertenziv vositalar (masalan, klofelin, metildopa, moksonidin, rilmenidin). Markaziy ta’sirga ega antigipertenziv preparatlarni bir vaqtda qo‘llash markaziy asab tizimining simpatik tonusini qo‘shimcha ravishda kamaytirishi va natijada yurak urish tezligi va yurak chiqishini kamaytirishi, shuningdek, vazodilatatsiyani chaqirishi mumkin. Davolashni to‘satdan to‘xtatish, ayniqsa beta-adrenoblokatorlarni oldindan bekor qilish sharoitida, rikoshet effekti (arterial gipertenziya) rivojlanish xavfini oshirishi mumkin. Ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak bo‘lgan kombinatsiyalar Digidropiridin turidagi kalsiy kanali blokatorlari (masalan, felodipin va amlodipin). Birgalikda qo‘llash arterial gipotenziya va yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda qorinchani nasos funksiyasining pasayishi xavfini oshirishi mumkinligini istisno qilib bo‘lmaydi. III klass antiaritmik preparatlar (masalan, amiodaron). AV-o‘tkazuvchanlik vaqtiga ta’sir kuchayishi mumkin. Parasimpatomimetiklar. Bir vaqtda qo‘llash AV-o‘tkazuvchanlik vaqtini oshirishi va bradikardiya rivojlanish xavfini oshirishi mumkin. Mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan beta-adrenoblokatorlar (masalan, glaukoma uchun ko‘z tomchilari). Bisoprololning tizimli ta’siri kuchayishi mumkin. Insulin va og‘iz orqali qabul qilinadigan qand miqdorini kamaytiruvchi preparatlar. Gipoglikemik ta’sir kuchayishi. Beta-adrenoretseptorlar blokadasi gipoglikemiyaning simptomlarini niqoblash mumkin. Anesteziklar. Reflektor taxikardiyani susaytirish va arterial gipotenziya xavfini oshirish. Naqildon preparatlari. Atriyoventrikulyar o‘tkazuvchanlik vaqtini oshirish, yurak urish tezligini kamaytirish. Nosteriod yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYaQP). Bisoprololning gipotenziya ta’sirini susaytirishi mumkin. Beta-simpatomimetiklar (masalan, izoprenalin, dobutamin). Bisoprolol bilan kombinatsiya har ikkala preparatning ta’sirini susaytirishi mumkin. Beta- va alfa-adrenoretseptorlarga ta’sir qiluvchi simpatomimetiklar (masalan, noradrenalin, adrenalin). Bisoprolol bilan kombinatsiya ushbu preparatlarning alfa-adrenoretseptor orqali vositachilik qiluvchi tomir toraytiruvchi ta’sirini kuchaytirishi mumkin, bu arterial bosimning oshishiga va intermitent klaudikatsiyaning kuchayishiga olib keladi. Bunday o‘zaro ta’sir neselektiv beta-adrenoblokatorlarni qo‘llashda ko‘proq ehtimol. Antigipertenziv preparatlar yoki arterial bosimni pasaytiruvchi boshqa preparatlar (masalan, tritsiklik antidepressantlar, barbituratlar, fenotiazinlar) bilan bir vaqtda qo‘llash arterial gipotenziya rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    paydo bo‘lish tez-tezligiga ko‘ra tasniflanadi: juda tez-tez (>1/10), tez-tez (>1/100, <1/10), ba’zan (>1/1000 va <1/100), kam (>1/10000 va <1/1000), juda kam (<1/10000). Nerv tizimi tomonidan Tez-tez bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i (asosan davolash boshida, odatda yengil va 1-2 hafta davomida o‘tib ketadi). Ba’zan uyqu buzilishi, depressiyalar. Kam hollarda gallyutsinatsiyalar, paresteziyalar. Ko‘rish organlari tomonidan Kam hollarda ko‘z yoshlanishining buzilishi (kontakt linzalar taqishda hisobga olish kerak). Juda kam hollarda kon’yunktivit. Eshitish organlari tomonidan Kam hollarda eshitish buzilishlari. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan Juda tez-tez bradikardiya (yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda). Tez-tez qo‘l va oyoqlarda sovuqlik yoki harakatsizlik hissi, yurak yetishmovchiligi belgilarining davolash boshida kuchayishi (surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda). Ba’zan atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlik buzilishi (arterial gipertenziya va yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarda), ortostatik gipotenziya. Nafas olish tizimi tomonidan Ba’zan bronxospazm (anamnezida bronxial astma va surunkali obstruktiv nafas yo‘llari kasalliklari bo‘lgan bemorlarda). Kam hollarda allergik rinit. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan Tez-tez ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat. Jigar tomonidan Kam hollarda metabolizm buzilishi (qonda triglitseridlar darajasining oshishi), jigar fermentlari faolligining oshishi (AST, ALT) plazmada, gepatit. Terining va suyak-mushak tizimi tomonidan Ba’zan mushak zaifligi, tutqanoq. Kam hollarda gipersensitivlik reaksiyalari (qichishish, terlashning kuchayishi, toshmalar). Juda kam hollarda soch to‘kilishi, beta-retseptor blokatorlari bilan davolashda psoriaz bilan kasallangan bemorlarda psoriatik toshma ko‘rinishida kasallikning og‘irlashuvi kuzatilishi mumkin. Siydik-jinsiy tizimi tomonidan Kam hollarda potensiya buzilishi. Umumiy buzilishlar Tez-tez asteniya (surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda), charchoq (asosan davolash boshida, odatda yengil va 1-2 hafta davomida o‘tib ketadi). Ba’zan asteniya (arterial gipertenziya va yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarda).
  • Farmakologik xususiyatlari
    Selektiv β1-adrenoblokator. Miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini kamaytiradi, yurak urish tezligini (dam olishda va yuklama paytida) kamaytiradi. Gipotenziyalik, antiaritmik va antianginal ta’sir ko‘rsatadi. Miokardning o‘tkazuvchanligi va qo‘zg‘aluvchanligini susaytiradi, atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni pasaytiradi. Arterial gipertenziyada ta’siri 2-5 kun ichida boshlanadi, barqaror ta’siri – 1-2 oyda yuzaga keladi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Bisoprolol bilan kompensatsiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligini davolash doza titrlashdan boshlanadi. Mutlaq ko‘rsatmalar bo‘lmaganda, bisoprolol bilan davolashni to‘satdan to‘xtatmaslik kerak, bu yurak faoliyatining vaqtincha yomonlashuviga olib kelishi mumkin. Bu ayniqsa yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarga taalluqlidir. Bisoprolol bilan kompensatsiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligini davolash doimiy monitoringni talab qiladi. Yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda quyidagi kasalliklar va holatlarda bisoprololning terapevtik qo‘llanilishi bo‘yicha tajriba yo‘q: - Insulinga bog‘liq qandli diabet (I tur); - Buyrak funksiyasining og‘ir buzilishlari; - Jigar funksiyasining og‘ir buzilishlari; - Restriktiv kardiomiopatiya; - Gemodinamik jihatdan ahamiyatli yurak klapanlarining organik shikastlanishi; - So‘nggi uch oy ichida rivojlangan miokard infarkti. Bisoprololni quyidagi holatlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak: - Qandli diabetda qon glyukozasi darajasining yaqqol o‘zgarishlari bilan; bisoprololning ta’siri (masalan, taxikardiya, yurak urishi yoki ko‘p terlash) gipoglikemiya simptomlarini niqoblash mumkin; - Qattiq ochlikda; - Maxsus giposen-sibilizatsiyalovchi terapiyada. Boshqa beta-adrenoblokatorlar kabi, bisoprolol organizmning allergenlarga sezuvchanligini oshirishi va anafilaktik reaksiyalarni kuchaytirishi mumkin. Adrenalin bilan terapiya har doim ham kutilgan terapevtik ta’sirni bermasligi mumkin; - Atrio-ventrikulyar blokada I daraja; - Printzmetal stenokardiyasi; - Periferik arterial tomirlarning okklyuzion shikastlanishi. Klinik ko‘rinishlarning kuchayishi kuzatilishi mumkin (ko‘proq bisoprolol bilan davolash boshida). Psoriaz bilan kasallangan bemorlar va anamnezida psoriaz bo‘lgan bemorlar beta-blokatorlarni (shu jumladan bisoprolol) faqat foyda/xavf nisbatini sinchiklab baholagandan so‘ng qabul qilishlari kerak. Bisoprolol bilan davolash tireotoksikoz simptomlarini niqoblash mumkin. Feoxromotsitoma bilan kasallangan bemorlarni davolashda bisoprolol bilan terapiyani alfa-adrenoblokatorlarni qo‘llashdan oldin boshlamaslik kerak. Beta-adrenoretseptorlarning blokadasi anesteziya va traxeani intubatsiya qilish vaqtida, shuningdek, operatsiyadan keyingi davrda yurak ritmi buzilishlari va miokard ishemiyasi rivojlanish ehtimolini kamaytiradi. Bugungi kunda operatsiyadan oldingi davrda beta-adrenoblokatorlar bilan qo‘llab-quvvatlovchi terapiyani davom ettirish tavsiya etiladi. Anesteziolog bemorning beta-adrenoblokatorlar qabul qilayotganidan xabardor bo‘lishi kerak, chunki beta-adrenoblokatorlarning boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri bradiaritmiyalar, reflektor taxikardiyani susaytirish va qon yo‘qotilishini kompensatsiya qilish reflektor qobiliyatini bostirishga olib kelishi mumkin. Agar operatsiyadan oldingi davrda beta-adrenoblokatorlar bilan terapiyani to‘xtatish zarur deb hisoblansa, bekor qilish asta-sekin amalga oshirilishi va anesteziyadan taxminan 48 soat oldin yakunlanishi kerak. Bronxial astma va boshqa surunkali obstruktiv o‘pka patologiyasi bo‘lgan, klinik ko‘rinishlar bilan kechadigan bemorlarga bronxolitiklar bilan birga davolash tavsiya etiladi. Ba’zan bronxial astma bilan kasallangan bemorlarda nafas yo‘llari qarshiligi oshadi. Bunday hollarda beta2-adrenomimetiklar dozasini oshirish zarurati tug‘ilishi mumkin. Laktoza. Ushbu dori vositasi tarkibida laktoza mavjud. Ushbu preparatni galaktozani kamdan-kam hollarda irsiy o‘zlashtira olmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi sindromi bo‘lgan bemorlarga qabul qilish tavsiya etilmaydi. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi Homiladorlik. Bisoprolol farmakologik ta’sirga ega bo‘lib, homiladorlik kechishi va homila (yangi tug‘ilgan chaqaloq) rivojlanishiga nojo‘ya ta’sir ko‘rsatadi. Umuman olganda, beta-adrenoblokatorlar platsentar qon aylanishini kamaytiradi, embrion o‘sishining orqada qolishi, homilaning bachadonda nobud bo‘lishi, homiladorlikning muddatidan oldin to‘xtashi va muddatidan oldin tug‘ruq xavfini oshiradi. Nojo‘ya ta’sirlar (masalan, gipoglikemiya va bradikardiya) embrionlarda ham, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda ham kuzatilishi mumkin. Bisoprololni homiladorlik davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Faqat onaga foydasi homilaga bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollarda istisno qilinadi. Bachadon-placentar qon aylanishi va homilaning bachadondagi o‘sishini monitoring qilish tavsiya etiladi. Bisoprolol homiladorlik kechishi va/yoki homila rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatganda, muqobil terapiya tayinlash imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak. Bundan tashqari, yangi tug‘ilgan chaqaloqning holatini diqqat bilan nazorat qilish zarur. Gipoglikemiya va bradikardiya, odatda, tug‘ruqdan keyingi dastlabki 3 kun ichida qayd etiladi. Emizish. Bisoprololning ko‘krak suti tarkibiga o‘tish qobiliyati va bisoprololning emizikli chaqaloqlar uchun xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q. Shu sababli, bisoprolol bilan davolash fonida emizish tavsiya etilmaydi. Bolalar Bisoprololni bolalarda qo‘llash tajribasi yo‘q, shuning uchun preparatni bolalarni davolash uchun tavsiya etib bo‘lmaydi. Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish tezligiga ta’sir qilish qobiliyati Ayrim hollarda davolash boshida va preparatni almashtirishda, shuningdek, alkogol bilan o‘zaro ta’sirda avtomobil boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyati pasayishi mumkin. Preparat amal qilish muddati tugaganidan keyin qo‘llanilmasligi va bolalar uchun yaroqsiz joyda saqlanishi kerak.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
     
    Tavsiya etilmaydigan kombinatsiyalar

    I klass antiaritmik vositalar (masalan, xinin, dizopiramid, lidokain, fenitoin; flekainid, propafenon) bisoprolol bilan bir vaqtda qo'llanganda AV o'tkazuvchanligini va yurakning qisqaruvchanlik qobiliyatini kamaytirishi mumkin.

    Verapamil tipidagi va kamroq darajada diltiazem tipidagi "sekin" kalsiy kanallari blokatorlari (BMKK) bisoprolol bilan bir vaqtda qo'llanganda miokardning qisqaruvchanlik qobiliyatini kamaytirishi va AV o'tkazuvchanlik buzilishiga olib kelishi mumkin. Xususan, verapamilning vena ichiga yuborilishi beta-adrenoblokatorlarni qabul qilayotgan bemorlarda og'ir arterial gipotenziya va AV blokadaga olib kelishi mumkin. Markaziy ta'sirga ega gipotenziya vositalari (masalan, klonidin, metildopa, moksonidin, rilmenidin) yurak urish tezligini kamaytirishi va yurak chiqishini pasaytirishi, shuningdek, markaziy simpatik tonusning pasayishi natijasida vazodilatatsiyaga olib kelishi mumkin. Keskin bekor qilish, ayniqsa beta-adrenoblokatorlarni bekor qilishdan oldin, "rikoshet" arterial gipertenziya rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.

    Extiyotkorlikni talab qiladigan kombinatsiyalar

    III klass antiaritmik vositalar (masalan, amiodaron) AV o'tkazuvchanlik buzilishini kuchaytirishi mumkin.

    Mahalliy qo'llaniladigan beta-adrenoblokatorlarning (masalan, glaukoma uchun ko'z tomchilari) ta'siri bisoprololning tizimli ta'sirini (ADni pasaytirish, yurak urish tezligini kamaytirish) kuchaytirishi mumkin.

    Parasimpatomimetiklar bisoprolol bilan bir vaqtda qo'llanganda AV o'tkazuvchanlik buzilishini kuchaytirishi va bradikardiya rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.

    Bisoprololni beta-adrenomimetiklar (masalan, izoprenalin, dobutamin) bilan bir vaqtda qo'llash har ikkala preparatning ta'sirini kamaytirishi mumkin.

    Bisoprololni beta- va alfa-adrenoretseptorlarga ta'sir qiluvchi adrenomimetiklar (masalan, norepinefrin, epinefrin) bilan birga qo'llash ushbu vositalarning alfa-adrenoretseptorlar ishtirokida yuzaga keladigan vazokonstriktor ta'sirini kuchaytirishi, ADni oshishiga olib kelishi mumkin. Bunday o'zaro ta'sirlar neselektiv beta-adrenoblokatorlar qo'llanganda ehtimoliyroq.

    Mefloxin bisoprolol bilan bir vaqtda qo'llanganda bradikardiya rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.

    Immunoterapiya uchun ishlatiladigan allergenlar yoki teri testlari uchun allergen ekstraktlari bisoprolol qabul qilayotgan bemorlarda og'ir tizimli allergik reaksiyalar yoki anafilaksiya rivojlanish xavfini oshiradi.

    Vena ichiga yuboriladigan yod saqlovchi rentgenokontrast diagnostik vositalar anafilaktik reaksiyalar rivojlanish xavfini oshiradi.

    Fenitoin vena ichiga yuborilganda, inhalyatsion anesteziya vositalari (uglevodorod hosilalari) kardiodepressiv ta'sir kuchayishini va AD pasayishi ehtimolini oshiradi.

    Insulin va og'iz orqali qabul qilinadigan gipoglikemik vositalarning samaradorligi bisoprolol bilan davolashda o'zgarishi mumkin (rivojlanayotgan gipoglikemiyaning simptomlarini, masalan, taxikardiya, AD oshishini niqoblaydi).

    Lidokain va ksantinlarning (teofillindan tashqari) klirensi ularning qon plazmasidagi konsentratsiyasining oshishi bilan kamayishi mumkin, ayniqsa, chekish ta'sirida teofillin klirensi dastlab yuqori bo'lgan bemorlarda.

    Gipotenziv ta'sirni nesteriod yallig'lanishga qarshi vositalar (NYQV) (natriy ionlarini ushlab qolish va buyraklarda prostaglandinlar sintezini bloklash), glyukokortikosteroidlar va estrogenlar (natriy ionlarini ushlab qolish) susaytiradi.

    Yurak glikozidlari, metildopa, rezerpin va guanfatsin, "sekin" kalsiy kanallari blokatorlari (verapamil, diltiazem), amiodaron va boshqa antiaritmik vositalar bradikardiya, AV blokada, yurak to'xtashi va yurak yetishmovchiligi rivojlanishi yoki kuchayishi xavfini oshiradi.

    Nifedipin ADning sezilarli pasayishiga olib kelishi mumkin.

    Diuretiklar, klonidin, simpatolitiklar, gidralazin va boshqa gipotenziya vositalari ADning haddan tashqari pasayishiga olib kelishi mumkin.

    Bisoprolol bilan davolash davrida nedepolyarizatsiyalovchi miorelaksantlar va kumarinlarning antikoagulyant ta'siri davomiyligi uzayishi mumkin.

    Trisiklik va tetrasiklik antidepressantlar, antipsixotik vositalar (neyroleptiklar), etanol, sedativ va uyqu vositalari markaziy asab tizimi susayishini kuchaytiradi.

    MAO ingibitorlari (MAO V ingibitorlaridan tashqari) bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi, chunki antihipertenziv ta'sir sezilarli darajada kuchayadi. Bir vaqtda qo'llash gipertonik kriz rivojlanishiga ham olib kelishi mumkin. MAO ingibitorlari va bisoprolol qabul qilish o'rtasidagi davolash tanaffusi kamida 14 kun bo'lishi kerak.

    Gidratsizlangan ergot alkaloidlari periferik qon aylanishi buzilishi xavfini oshiradi.

    Ergotamin periferik qon aylanishi buzilishi xavfini oshiradi.

    Sulfasalazin bisoprololning qon plazmasidagi konsentratsiyasini oshiradi.

    Rifampitsin bisoprololning yarim chiqarilish davrini qisqartiradi. 
  • Dozani oshirib yuborilishi
     
    Sintomlar: aritmiya, qorincha ekstrasistoliyasi, yaqqol bradikardiya, AV blokada, yaqqol arterial bosimning pasayishi, o‘tkir yurak yetishmovchiligi, gipoglikemiya, akrotsianoz, nafas olishda qiyinchilik, bronxospazm, bosh aylanishi, hushdan ketish, tutqanoq.

    Davolash: dozani oshirib yuborish yuzaga kelganda, avvalo preparat qabulini to‘xtatish, oshqozonni yuvish, adsorbsiyalovchi vositalarni buyurish, simptomatik terapiya o‘tkazish kerak.

    Yaqqol bradikardiyada - atropinni vena ichiga yuborish. Agar ta’siri yetarli bo‘lmasa, ehtiyotkorlik bilan ijobiy xronotrop ta’sirga ega vosita yuborish mumkin. Ba’zan vaqtincha sun’iy yurak ritmi haydovchisini o‘rnatish talab qilinishi mumkin.

    Yaqqol arterial bosimning pasayishida - vena ichiga plazmani almashtiruvchi eritmalar va vazopressorlarni yuborish.

    Gipoglikemiyada vena ichiga dekstroza (glyukoza) yuborilishi, shuningdek vena ichiga glyukagon yuborilishi ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin.

    AV blokadada: bemorlar doimiy nazorat ostida bo‘lishi va epinefrin kabi beta-adrenomimetiklar bilan davolanishi kerak. Zarurat tug‘ilganda - sun’iy yurak ritmi haydovchisini o‘rnatish.

    Yurak yetishmovchiligi zo‘rayganda - vena ichiga diuretiklar, ijobiy inotrop ta’sirga ega preparatlar, shuningdek vazodilatatorlar yuborish.

    Bronxospazmda - bronxodilatatorlar, shu jumladan beta2-adrenomimetiklar va/yoki aminofillin buyurish. 
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Farruh
    ico ico ico ico ico
    Спасибо за качественный товар. Всё отлично!
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilshod
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество и быстрая доставка. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico