-
Tarkibi
faol modda - azitromitsin monohidrat 204,80 mg, yordamchi moddalar: rafinlangan saxaroza, saxaroza kukuni, ksantan saqichi, gidroksipropilsellyuloza, trinatriy fosfat suvdan holi, kremniy dioksid kolloid suvdan holi, aspartam, qaymoqli karamel, titan dioksid (E 171).
-
Qo'llanilishi
Azitromitsinga sezgir mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan infeksion-yallig‘lanish kasalliklari:
• Yuqori nafas yo‘llari va LOR-organlar infeksiyalari: faringit, tonzillit, sinusit, o‘rta otit;
• Pastki nafas yo‘llari infeksiyalari: o‘tkir bronxit, surunkali bronxitning zo‘rayishi, pnevmoniya, jumladan, atipik qo‘zg‘atuvchilar sababli;
• Terining va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari: roja, impetigo, ikkilamchi infeksiyalangan dermatozlar;
• Laym kasalligining boshlang‘ich bosqichi (borrelioz) — migratsiyalanuvchi eritema (erythema migrans).
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
azitromitsinga (shu jumladan, boshqa makrolidlarga) yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
og'ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi (KK) 40 ml/min dan kam);
og'ir jigar yetishmovchiligi (Child-Pugh shkalasi bo'yicha S sinfi);
emizikli davr;
ergotamin va digidroergotamin bilan bir vaqtda qabul qilish;
6 oygacha bo'lgan bolalar yoshi;
saxaraza/izomaltaza yetishmovchiligi, fruktozani o'zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi;
eritromitsinga yuqori sezuvchanlik; ketolidlar.
Ehtiyotkorlik bilan
Homiladorlik, miasteniya, jigar funksiyasining yengil va o'rtacha darajadagi buzilishi, buyrak funksiyasining yengil va o'rtacha darajadagi buzilishi (kreatinin klirensi 40 ml/min dan yuqori), qandli diabet, proaritmogen omillarga ega bo'lgan bemorlarda (ayniqsa, keksalarda): tug'ma yoki orttirilgan QT intervalining uzayishi, IA (xinidin, prokainamid), III (dofetilid, amiodaron va sotalol) sinf antiaritmik preparatlarni, tsizaprid, terfenadin, antipsixotik preparatlar (pimozid), antidepressantlar (tsitalopram), ftorxinolonlar (moksifloksatsin va levofloksatsin) bilan davolanayotgan bemorlarda, suv-elektrolit muvozanati buzilishi, ayniqsa gipokaliemiya yoki gipomagniemiya holatida, klinik ahamiyatli bradikardiya, yurak aritmiyasi yoki og'ir yurak yetishmovchiligi; digoksin, varfarin, siklosporin bilan bir vaqtda qo'llash.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Infeksion va parazitar kasalliklar
kamdan-kam: kandidoz, shu jumladan og'iz bo'shlig'i shilliq qavati kandidozi, vaginal infeksiya, pnevmoniya, zamburug'li infeksiya, bakterial infeksiya, farenjit, gastroenterit, nafas yo'llari kasalliklari, rinit
noma'lum tezlikda: soxta membranoz kolit
Qon va limfa tizimi buzilishlari
kamdan-kam: leyopeniya, neyitropeniya, eozinofiliya
juda kam: trombotsitopeniya, gemolitik anemiya
Modda almashinuvi va ovqatlanish buzilishlari
kamdan-kam: anoreksiya
Immun tizimi buzilishlari
kamdan-kam: angionevrotik shish, gipersensitivlik reaksiyasi
noma'lum tezlikda: anafilaktik reaksiya
Nerv tizimi buzilishlari
tez-tez: bosh og'rig'i
kamdan-kam: bosh aylanishi, ta'm sezish buzilishi, paresteziya, uyquchanlik, uyqusizlik, asabiylik
kam: ajitatsiya
noma'lum tezlikda: gipesteziya, xavotir, tajovuzkorlik, hushdan ketish, tutqanoq, psixomotor giperkativlik, hid bilishning yo'qolishi, buzilgan hid bilish, ta'm sezishning yo'qolishi, miasteniya, bred, gallyutsinatsiyalar
Ko'rish organi buzilishlari
tez-tez: ko'rish buzilishi
Eshitish organi va labirint buzilishlari
kamdan-kam: eshitish buzilishi, vertigo
noma'lum tezlikda: eshitish buzilishi, shu jumladan karsoqlik va/yoki quloqda shovqin
Yurak-qon tomir tizimi buzilishlari
kamdan-kam: yurak urishini sezish
juda kam: aritmiya
noma'lum tezlikda: elektrokardiogrammada QT intervalining uzayishi, "piruet" tipidagi aritmiya, qorinchalar taxikardiyasi
Tomirlar buzilishlari
kamdan-kam: yuzga qon "oqimi"
noma'lum tezlikda: arterial bosimning pasayishi
Nafas olish tizimi, ko'krak qafasi va o'rtacha ko'krak oralig'i buzilishlari
kamdan-kam: nafas qisilishi, burundan qon ketishi
Ovqat hazm qilish tizimi buzilishlari
juda tez-tez: diareya
tez-tez: ko'ngil aynishi, qusish, qorin og'rig'i
kamdan-kam: meteorizm, dispepsiya, qabziyat, gastrit, disfagiya, qorin shishishi, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining qurishi, qaltirash, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatida yara, so'lak bezlari sekretsiyasining oshishi
juda kam: til rangining o'zgarishi, pankreatit
Jigar va o't yo'llari buzilishlari
kamdan-kam: gepatit
kam: jigar funksiyasi buzilishi, xolestatik sariqlik
noma'lum tezlikda: jigar yetishmovchiligi (kam hollarda - o'lim bilan, asosan og'ir jigar funksiyasi buzilishi fonida); jigar nekrozi, fulminant gepatit
Teri va teri osti to'qimalari buzilishlari
kamdan-kam: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, dermatit, terining qurishi, terlash
kam: fotosensibilizatsiya reaksiyasi
noma'lum tezlikda: Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, ko'p shaklli eritema, eozinofiliya va tizimli namoyonlar bilan dori toshmasi (DRESS-sindrom)
Skelet-mushak va biriktiruvchi to'qima buzilishlari
kamdan-kam: osteoartrit, mialgiya, bel og'rig'i, bo'yin og'rig'i
noma'lum tezlikda: artralgiya
Buyrak va siydik chiqarish yo'llari buzilishlari
kamdan-kam: dizuriya, buyrak sohasida og'riq
noma'lum tezlikda: interstitsial nefrite, o'tkir buyrak yetishmovchiligi
Jinsiy a'zolar va sut bezlari buzilishlari
kamdan-kam: metroragiya, moyaklar funksiyasi buzilishi
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar
kamdan-kam: shish, asteniya, holsizlik, charchoq hissi, yuz shishi, ko'krak og'rig'i, isitma, periferik shishlar
Laborator va instrumental tekshiruv natijalariga ta'siri
tez-tez: limfotsitlar sonining kamayishi, eozinofillar sonining oshishi, bazofillar sonining oshishi, monotsitlar sonining oshishi, neyitrofillar sonining oshishi, qon plazmasida bikarbonatlar konsentratsiyasining kamayishi
kamdan-kam: aspartataminotransferaza, alaninaminotransferaza faolligining oshishi, qon plazmasida bilirubin konsentratsiyasining oshishi, qon plazmasida mochevina konsentratsiyasining oshishi, qon plazmasida kreatinin konsentratsiyasining oshishi, qon plazmasida kaliy miqdorining o'zgarishi, qon plazmasida shchelochnaya fosfataza faolligining oshishi, qon plazmasida xloridlar miqdorining oshishi, qonda glyukoza konsentratsiyasining oshishi, trombotsitlar sonining oshishi, gematokritning kamayishi, qon plazmasida bikarbonatlar konsentratsiyasining oshishi, qon plazmasida natriy miqdorining o'zgarishi
-
Farmakologik xususiyatlari
Keng ta'sir doirasiga ega bo'lgan makrolid-azalidlar guruhiga mansub antibakterial preparat, bakteriostatik ta'sir ko'rsatadi.
50S ribosoma subbirligiga bog'lanib, translatsiya bosqichida peptidtranslokazani tormozlaydi, oqsil sintezini bostiradi, bakteriyalarning o'sishi va ko'payishini sekinlashtiradi, yuqori konsentratsiyalarda bakteritsid ta'sir ko'rsatadi.
Tashqi va ichki hujayra ichida joylashgan qo'zg'atuvchilarga ta'sir qiladi.
Mikroorganizmlar antibiotik ta'siriga dastlabdan chidamli bo'lishi yoki unga chidamlilik hosil qilishi mumkin.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Agar azitromitsin qabul qilishning bir dozasini o'tkazib yuborilgan bo'lsa, o'tkazib yuborilgan doza imkon qadar tezroq qabul qilinishi kerak, keyingi dozalar esa 24 soatlik oraliqda qabul qilinadi.
Azitromitsin antatsid preparatlarni qabul qilishdan kamida bir soat oldin yoki ikki soat o'tgach qabul qilinishi kerak.
Azitromitsin jigar faoliyati yengil va o'rtacha darajada buzilgan bemorlarda fulminant gepatit va og'ir darajadagi jigar yetishmovchiligi rivojlanish ehtimoli tufayli ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak.
Jigar faoliyati buzilishi belgilari, masalan, tez rivojlanayotgan asteniya, sariqlik, siydikning qorayishi, qon ketishga moyillik, jigar ensefalopatiyasi mavjud bo'lsa, azitromitsin bilan davolash to'xtatilishi va jigar funksional holati tekshirilishi kerak.
Buyrak faoliyati buzilishida: GFR (glomerulyar filtrlash tezligi) 10-80 ml/min bo'lgan bemorlarda doza tuzatish talab qilinmaydi, azitromitsin bilan davolash ehtiyotkorlik bilan, buyrak faoliyati nazorati ostida o'tkazilishi kerak.
Boshqa antibakterial preparatlar qo'llanilgandek, azitromitsin bilan davolashda bemorlarni muntazam ravishda dori ta'siriga chidamli mikroorganizmlar va superinfeksiya, shu jumladan zamburug'li infeksiyalar rivojlanishi belgilari bor-yo'qligiga tekshirish kerak.
Azitromitsin ko'rsatilganidan ko'proq muddat davomida qo'llanilmasligi kerak, chunki azitromitsinning farmakokinetik xususiyatlari qisqa va oddiy dozani tavsiya qilish imkonini beradi.
Azitromitsin va ergotamin hamda digidroergotamin hosilalari o'rtasida o'zaro ta'sir bo'yicha ma'lumotlar yo'q, biroq makrolidlar va ergotamin hamda digidroergotamin hosilalari birga qo'llanilganda ergotizm rivojlanishi sababli ushbu kombinatsiya kontrendikatsiya qilinadi.
Azitromitsin uzoq muddat qabul qilinganda Clostridium difficile sababli soxta membranoz kolit rivojlanishi mumkin, bu yengil diareyadan og'ir kolitgacha bo'lishi mumkin. Azitromitsin qabul qilish fonida yoki davolash tugaganidan 2 oy o'tgach antibiotik bilan bog'liq diareya rivojlanganida klostridial soxta membranoz kolitni istisno qilish kerak. Ichak peristaltikasini sekinlashtiruvchi preparatlarni qo'llash mumkin emas.
Makrolidlar, shu jumladan azitromitsin bilan davolashda yurak repolyarizatsiyasi va QT intervalining uzayishi kuzatilgan, bu yurak aritmiyalari, shu jumladan "piruet" tipidagi aritmiya rivojlanish xavfini oshiradi, bu esa yurak to'xtab qolishiga olib kelishi mumkin.
Azitromitsinni proaritmogen omillarga ega (ayniqsa, keksalarda) bemorlarda, shu jumladan tug'ma yoki orttirilgan QT intervalining uzayishi, IA (xinidin, prokainamid), III (dofetilid, amiodaron va sotalol) sinf antiaritmik preparatlarni, tsizaprid, terfenadin, antipsixotik preparatlar (pimozid), antidepressantlar (tsitalopram), ftorxinolonlar (moksifloksatsin va levofloksatsin) qabul qilayotgan, suv-elektrolit muvozanati buzilgan, ayniqsa gipokaliemiya yoki gipomagniemiya holatida, klinik ahamiyatli bradikardiya, yurak aritmiyasi yoki og'ir yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Azitromitsin qo'llanilishi miastenik sindrom rivojlanishiga yoki miasteniya kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Avtotransport va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolash davrida transport vositalarini boshqarishda va diqqatni jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.