Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Azitromitsin NP, 500 mg, №3 tabletkalar
Azitromitsin NP, 500 mg, №3 tabletkalar
Ishlab chiqaruvchi: Nova Pharm, СП ООО
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Diabetiklar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    14 yoshdan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Qonunchilikka muvofiq, gormonal preparatlar va antibiotiklarni elektron retseptsiz sotish mumkin emas.
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari azitromitsin np, 500 mg, №3 tabletkalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
  • Dozalash
    500 mg
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    3 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    Faol modda Azitromitsin digidrat – 250 mg. Yordamchi moddalari laktoza (sut shakari), kartoshka kraxmal, magniy stearat yoki kalsiy stearat.
  • Qo'llanilishi
    Azitromitsinga sezgir mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan infeksiyalar • LOR-organlar infeksiyalari (bakterial faringit/tonzillit, sinusit, o‘rta otit); • nafas yo‘llari infeksiyalari (bakterial bronxit, nogospital pnevmoniya); • teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalari migratsion eritema (Laym kasalligining boshlang‘ich bosqichi), roja, impetigo, ikkilamchi piodermatozlar; • jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalar asoratsiz va asoratli uretrit/servitsit.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Faol modda, preparatning boshqa har qanday komponentiga yoki boshqa makrolid va ketolid antibiotiklarga yuqori sezuvchanlik.
  • Qo'llash usuli
    Preparatni og‘iz orqali kuniga 1 marta ovqatdan 1 soat oldin yoki ovqatdan 2 soat o‘tib qabul qilish kerak, chunki ovqat bilan birga qabul qilish azitromitsin so‘rilishini buzadi. Kapsulani ochmaslik va bo‘lmaslik kerak! Kattalar, keksalar va tana vazni 45 kg dan ortiq bo‘lgan bolalar uchun – LOR-organlar va nafas yo‘llari, teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalarida (surunkali migratsion eritemadan tashqari) 500 mg (1 qabulda 2 kapsula) kuniga 1 marta 3 kun davomida; – migratsion eritemada kuniga 1 marta 5 kun davomida 1-kuni – 1 g (250 mg dan 4 kapsula), 2-kunidan 5-kunigacha – 500 mg (250 mg dan 2 kapsula); – jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalarda 1 g bir martalik (250 mg dan 4 kapsula). Agar preparatning 1 dozasi qabul qilinmay qolsa, o‘tkazib yuborilgan doza imkon qadar tezroq qabul qilinishi kerak, keyingi qabul qilishlar esa 24 soatlik oraliq bilan davom ettiriladi. Keksalarda preparat dozasini o‘zgartirish zarurati yo‘q. Buyrak yetishmovchiligi. Buyrak funksiyasi biroz buzilgan (kreatinin klirensi >40 ml/min) bemorlarda preparat dozasini o‘zgartirish zarurati yo‘q. Kreatinin klirensi <40 ml/min bo‘lgan bemorlarda klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Shuning uchun azitromitsin bunday bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilishi kerak. Jigar yetishmovchiligi. Azitromitsin jigarda metabolizatsiyalanib, o‘t bilan chiqarilgani sababli, preparatni og‘ir jigar kasalliklari bo‘lgan bemorlarga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Odatda azitromitsin yaxshi o‘zlashtiriladi. Azitromitsin preparatlarini qabul qilishda quyidagi nojo‘ya reaksiyalar kuzatilgan. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan yurak urishining tezlashuvi, "piruet" tipidagi paroksizmal qorincha taxikardiyalari, aritmiyalar, shu jumladan qorincha taxikardiyalari va arterial gipotenziya rivojlanishi holatlari haqida xabar berilgan. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan ko‘ngil aynishi, diareya, qorin og‘rig‘i, meteorizm, qusish, dispepsiya, gastrit, qabziyat, soxta membranoz kolit, pankreatit, til rangining o‘zgarishi. Gepatobiliar tizimi tomonidan gepatit, jigar funksiyasining buzilishi, jigar yetishmovchiligi rivojlanishi, bu holat kamdan-kam hollarda o‘limga olib keladi, fulminant va nekrotik gepatit, xolestatik sariqlik. Nevrologik buzilishlar bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, paresteziya, disgevziya, gipesteziya, uyquchanlik, uyqusizlik, hushdan ketish, tutqanoq, psixomotor giperkativlik, anosmiya, agevziya, parosmiya, miasteniya gravis. Psixik buzilishlar asabiylik, tashvishli qo‘zg‘aluvchanlik, tajovuzkorlik va tashvish. Eshitish va vestibulyar apparat tomonidan eshitishning yo‘qolishi, bu qaytar xususiyatga ega, quloqda shovqin, vertigo. Ko‘rish organlari tomonidan ko‘rishning buzilishi. Qon va limfa tizimi tomonidan neyropeniya, leykopeiya, trombotsitopeniya, gemolitik anemiya. Ter va teri osti to‘qimalari tomonidan toshma, qichishish, Stivens-Djonson sindromi, fotosensitivlik, toshma, toksik epidermal nekroliz, angionevrotik shish va polimorf eritema. Tayoq-harakat apparati va biriktiruvchi to‘qima tomonidan bo‘g‘imlarda og‘riq. Siydik ajratish tizimi tomonidan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi va interstitsial nefrite. Infeksiyalar va invaziyalar kandidiaz, shu jumladan og‘iz bo‘shlig‘i kandidiazi; vaginal infeksiya. Allergik reaksiyalar yuqori sezuvchanlik, anafilaktik reaksiyalar. Tizimli buzilishlar tez charchash, anoreksiya, ko‘krakda og‘riq, shishlar, holsizlik, asteniya. Laborator ko‘rsatkichlar o‘zgarishi limfotsitopeniya, eozinofiliya, qonda bikarbonat miqdorining kamayishi, AlAT, AsAT, bilirubin va kreatinin miqdorining oshishi, shuningdek, qonda kaliy darajasining o‘zgarishi, elektrokardiogrammada QT intervalining uzayishi.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Azitromitsin – makrolid antibiotiklarning yangi guruhi – azalidlar vakili bo'lib, keng antimikrob ta'sir doirasiga ega. 50S-sub'yunit ribosomaning 70S sezgir mikroorganizmlar bilan bog'lanib, RNK-ga bog'liq oqsil sintezini to'xtatadi, bakteriyalarning o'sishi va ko'payishini sekinlashtiradi, yuqori konsentratsiyalarda bakteritsid ta'sir bo'lishi mumkin. Azitromitsin keng ta'sir doirasiga ega va bir qator gram-musbat bakteriyalarga nisbatan faol: Streptococcus pneumoniae, S. pyogenes, S. agalactiae, S guruhli streptokokklar, F va G, S. viridans, Staphylococcus aureus. Eritromitsinga chidamli gram-musbat bakteriyalarga ta'sir qilmaydi. Preparat, shuningdek, gram-manfiy bakteriyalarga nisbatan samarali: Haemophilus influenzae, H. parainfluenzae va H. ducrei, Moraxella catarrhalis, Bordetella pertussis, B. Parapertussis, Neisseria gonorrhoeae, Gardnerella vaginalis. Sezgir anaerob mikroorganizmlarga ta'sir qiladi: Peptostreptococcus spp., Peptococcus spp., Bacteroides bivius, Clostridium perfringes. Bundan tashqari, preparat hujayra ichidagi va boshqa mikroorganizmlarga ham samarali, jumladan Legionella pneumophila, Chlamydia trachomatis, Mycoplasma pneumoniae, Ureaplasma urealyticum, Treponema pallidum, Borrelia burgdorferi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Allergik reaksiyalar. Kamdan-kam hollarda angionevrotik shish va anafilaksiya yuzaga kelgani haqida xabar berilgan, ular qaytalanadigan simptomlar bilan kechgan va uzoqroq davolanishni talab qilgan. Davolash tugaganidan so‘ng ba’zi bemorlarda hali ham gipersensitivlik reaksiyalari saqlanib qolishi mumkin, ular shifokor nazorati ostida maxsus yordamni talab qiladi. Yurak repolyarizatsiyasining uzayishi va QT intervali. Azitromitsin yurak repolyarizatsiyasining uzayishi xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi: – tug‘ma yoki qayd etilgan QT intervalining uzayishi bilan; – hozirda QT intervalini uzaytiruvchi boshqa preparatlar, masalan, I-a va III sinf antiaritmik preparatlar, tsizaprid va terfenadin bilan davolanayotgan; – elektrolit almashinuvi buzilishi, ayniqsa gipokaliemiya va gipomagniemiya holatida; – klinik ahamiyatli bradikardiya, aritmiya yoki og‘ir yurak yetishmovchiligi bilan. Streptokokk infeksiyalari. LOR organlari infeksiyasini (faringit/tonzillit), Streptococcus pyogenes chaqirgan hollarda, birinchi qator preparati penitsillin hisoblanadi, xuddi revmatik bo‘g‘im zararlanishining oldini olishda ham. Azitromitsin ham LOR organlari infeksiyasida samarali, biroq uning revmatik poliartritning oldini olishdagi samaradorligini tasdiqlovchi ma’lumotlar yo‘q. Superinfeksiyalar. Boshqa antibakterial preparatlar bilan davolashda bo‘lgani kabi, sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlar, jumladan zamburug‘lar chaqirgan superinfeksiya simptomlari paydo bo‘lishi mumkinligini hisobga olish zarur. Jigar funksiyasi buzilishi. Azitromitsin asosan jigar orqali chiqariladiganligi sababli, og‘ir jigar kasalliklari bo‘lgan bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak. Jigar funksiyasi buzilishi belgilari, masalan, tez rivojlanadigan asteniya, sariqlik, siydikning qorayishi, qon ketishga moyillik yoki jigar ensefalopatiyasi paydo bo‘lsa, jigar funksiyasini tekshirish zarur. Buyrak funksiyasi buzilishi. Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda (klubochkali filtrlatsiya darajasi <10 ml/min) azitromitsinning tizimli ekspozitsiyasi 33% ga oshgani kuzatilgan. Miasteniya gravis. Azitromitsin qabul qilgan bemorlarda miastenik sindrom va miasteniya simptomlarining kuchayishi holatlari haqida xabar berilgan. Diareya. Deyarli barcha antibakterial vositalar, jumladan azitromitsin bilan davolashda, Clostridium difficile bilan bog‘liq diareya holatlari, engil diareyadan o‘lim bilan yakunlangan kolitgacha bo‘lgan holatlar haqida xabar berilgan. Anamnezni diqqat bilan tahlil qilish zarur, chunki Clostridium difficile bilan bog‘liq diareya antibakterial preparatlar qabul qilingandan keyin 2 oy o‘tgach ham rivojlanishi mumkin va davolashga chidamli bo‘lib, kolektomiyaga sabab bo‘lishi mumkin. Ergotizm. Makrolid antibiotiklarni va ergot alkaloidlari hosilalarini bir vaqtda qabul qilgan bemorlarda ba’zan ergotizm belgilari paydo bo‘lgan. Ergot alkaloidlari hosilalari va azitromitsin o‘rtasida o‘zaro ta’sirni tasdiqlovchi ma’lumotlar yo‘q. Biroq, makrolidlar va ergot alkaloidlari hosilalarini qabul qilayotgan bemorlarda ergotizm rivojlanishi nazariy jihatdan mumkinligi sababli, azitromitsin bilan davolashda ergot alkaloidlari hosilalarini qabul qilishdan voz kechish kerak. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash. Preparatni qo‘llash xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar yetarli emasligini hisobga olib, azitromitsinni homiladorlik yoki emizish davrida buyurish tavsiya etilmaydi, faqat onaga kutilayotgan foyda homila yoki yangi tug‘ilgan chaqaloq uchun mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollardan tashqari. Bolalar. Tana vazni 45 kg dan kam bo‘lgan bolalarga azitromitsin kapsula shaklida buyurish tavsiya etilmaydi. Avtotransport boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiyaning tezligiga ta’sir qilish qobiliyati. Avtotransport boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda asab tizimi va sezgi organlari tomonidan nojo‘ya reaksiyalar, masalan, bosh aylanishi, uyquchanlik, ko‘rish buzilishi yuzaga kelishi mumkinligini hisobga olish zarur. Preparat yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasligi va bolalar ololmaydigan joyda saqlanishi kerak.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
    Azitromitsin bilan bir vaqtda antatsidlar va N2-gistamin retseptorlari blokatorlarini qabul qilish preparatning so‘rilishini o‘zgartirmaydi, biroq qon plazmasida Smax ni 30% ga kamaytiradi. Preparat bir vaqtda qo‘llanilganda karbamazepin, didanozin, rifabutin va metilprednizolonning qon plazmasidagi konsentratsiyasiga ta’sir qilmaydi. Terfenadin va makrolid antibiotiklar birga qo‘llanilganda aritmiya va QT intervalining uzayishiga olib kelishi mumkin. Alkaloidlar bilan birga qo‘llanilganda ergotizm rivojlanish xavfini istisno qilib bo‘lmaydi. Varfarin bilan birga qo‘llanilganda varfarinning ta’siri kuchayishi kuzatilgan. Digoksin yoki digitoksin azitromitsin bilan birga qo‘llanilganda yurak glikozidlarining qon plazmasidagi konsentratsiyasi oshishi va glikozid intoksikatsiyasi rivojlanish xavfi sezilarli darajada oshishi mumkin. Siklosporin bilan birga qo‘llanilganda qon plazmasida siklosporin miqdorini nazorat qilish tavsiya etiladi. Lovastatin bilan birga qo‘llanilganda rabdomioliz rivojlanish holatlari tasvirlangan. Rifabutin bilan birga qo‘llanilganda neytropeniya va leykopeiya rivojlanish xavfi oshadi. Birga qo‘llanilganda siklosporin metabolizmi buziladi, bu esa siklosporin sababli nojo‘ya va toksik reaksiyalar rivojlanish xavfini oshiradi.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Simptomlar: ko'ngil aynishi, eshitishning vaqtinchalik yo'qolishi, qusish, diareya. Davolash: oshqozonni yuvish, simptomatik davolash.
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Azizbek
    ico ico ico ico ico
    Качественный препарат, эффективно справился с инфекцией. Рекомендую!
    06 August 2024
    0
    0
  • Dilnoza
    ico ico ico ico ico
    Отличное средство, помогло быстро избавиться от простуды.
    06 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все

Ushbu mahsulotning veb-saytimizda o'xshashi yo'q, siz mahsulotlarni katalogda ko'rishingiz mumkin.

Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico