-
Tarkibi
faol modda: atsiklovir 5% v/v; yordamchi moddalar: ketostearil spirti, tsetomakrogol 1000, yengil suyuq parafin, propilenglikol, xlorokrezol, dinatriy edetat, oq yumshoq parafin, tozalangan suv.
-
Qo'llanilishi
Terining va shilliq qavatlarning birlamchi va qaytalanuvchi infeksiyalari,
oddiy gerpes virusi (1 va 2 turi) bilan chaqirilgan, shu jumladan genital gerpes, immunitet tanqisligi bo‘lgan bemorlardagi gerpetik shikastlanishlar; toshmali temiratki, suvchechak.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Atsiklovir va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Ehtiyotkorlik bilan: homiladorlik, laktatsiya davri, degidratatsiya, buyrak yetishmovchiligi.
-
Qo'llash usuli
Preparat faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Kattalar (keksa yoshdagilarni ham o‘z ichiga oladi):
Preparatni kuniga 5 marta (taxminan har 4 soatda) yupqa qatlamda shikastlangan va unga tutash teri sohalariga, tun vaqtidan tashqari, surtish tavsiya etiladi. Maksimal terapevtik ta’sirga erishish uchun preparatni kasallikning ilk belgilari (kuylash, qichishish, sanchish, taranglik va qizarish hissi) paydo bo‘lishi bilan qo‘llash zarur. Biroq, davolash kechroq bosqichda ham (papula yoki vezikula mavjud bo‘lsa) boshlanishi mumkin. Davolash davomiyligi kamida 4 kun. Agar bitish kuzatilmasa, davolash 10 kungacha davom ettirilishi mumkin. Agar kasallik belgilari 10 kundan ortiq saqlansa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Holatning yomonlashuvini oldini olish va infeksiya yuqishini bartaraf etish uchun preparatni surtishdan oldin va keyin qo‘llarni yuvish, shikastlangan teri sohalarini ishqalamaslik va sochiq bilan tegmaslik zarur.
Bolalarda qo‘llanishi. Yetarli ma’lumotlar yo‘qligi sababli, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda dori vositasini qo‘llash tavsiya etilmaydi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Nojo'ya reaksiyalar quyidagi nojo'ya ta'sirlarni chastotasi bo'yicha tasniflash tizimi yordamida ko'rsatilgan: juda tez-tez ≥ 1/10, tez-tez ≥ 1/100 va <1/10, kamdan-kam ≥ 1/1000 va <1/100, kam ≥ 1/10 000 va <1/1000, juda kam <1/10000.
Teri va teri osti yog' qavati tomonidan buzilishlar: kamdan-kam hollarda krem qo'llangandan keyin o'tkinchi kuydiruvchi yoki sanchuvchi his, terining qurishi yoki qobiq bo'lishi, qichishish. Kam hollarda eritema, qo'llash joyida kontakt dermatiti, ko'proq yordamchi moddalarga, emas, balki atsiklovirga bo'lgan reaksiya bilan bog'liq.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda darhol rivojlanadigan gipersensitivlik reaksiyalari, shu jumladan Kvinke shishi va toshma.
Nojo'ya reaksiyalar paydo bo'lsa, shu jumladan qo'llash bo'yicha yo'riqnomada ko'rsatilmagan hollarda, dori vositasini qo'llashni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
-
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Ta’sir mexanizmi
Atsiklovir oddiy gerpes virusi 1 va 2 turi, suvchechak virusi, Epshteyn-Barra virusi va sitomegaloviruslarga nisbatan faol. Viruslar bilan zararlangan hujayralarning timidinkinazasi bir qator ketma-ket reaksiyalar orqali Atsiklovirni mono, di va trifosfat atsiklovirga faol konvertatsiya qiladi. Ular virus DNK-polimerazasi bilan o‘zaro ta’sir qilib, yangi viruslarni sintez qiluvchi DNK tarkibiga kiradi. Natijada, "nuqsonli" virus DNKsi yangi avlod viruslar ko‘payishini bostiradi.
Gerpesda toshma yangi elementlarining paydo bo‘lishini oldini oladi, teri dissiminasiyasi va visseral asoratlar ehtimolini kamaytiradi, qobiq hosil bo‘lishini tezlashtiradi, o‘tkir fazada zona gerpesida og‘riqni kamaytiradi. Immunostimulyator ta’sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetika Atsiklovirning tashqi qo‘llashdan keyin so‘rilishi
toza teri orqali odatda ahamiyatsiz, lekin preparat ta’sirini o‘zgartirish orqali oshishi mumkin. Zararlangan teriga (masalan, zona gerpesida) surtilganda so‘rilish o‘rtacha; buyrak funksiyasi normal bo‘lgan bemorlarda qon zardobida konsentratsiyasi 0,28 mkg/ml gacha, buyrak funksiyasi buzilganlarda 0,78 mkg/ml gacha. Buyraklar orqali chiqariladi (taxminan sutkalik dozaning 9%).
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Tashqi qo‘llashda atsiklovirning boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri aniqlanmagan. Immunostimulyatorlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda ta’sir kuchayishi aniqlangan.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Krem faqat lab va yuz terisidagi gerpesda qo‘llanilishi mumkin. Kremni og‘iz bo‘shlig‘i va ko‘z shilliq qavatlariga surtish tavsiya etilmaydi, shuningdek, genital gerpesni davolash uchun ishlatish kerak emas.
Ko‘zga tasodifiy tushib ketishidan saqlaning.
Lab gerpesining yaqqol namoyon bo‘lishida shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Labda gerpesi bo‘lgan shaxslar (ayniqsa ochiq shikastlanishlar mavjud bo‘lsa) boshqa odamlarni yuqtirmaslik uchun ehtiyotkorlik qoidalariga qat’iy rioya qilishlari zarur.
Preparat tarkibida setil spirti mavjud, u mahalliy teri reaksiyalarini, masalan, kontakt dermatitni, shuningdek, propilenglikolni chaqirishi mumkin,
teri tirnashini keltirib chiqarishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Qo‘llash faqat onaga kutilayotgan foyda homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollarda ko‘rsatilgan.
Atsiklovirning tizimli qo‘llash uchun shakllari buyurilganda dori vositasi ko‘krak
sutiga o‘tadi. Biroq, emizikli bolaga tushadigan doza
kutilganidan kichik.
Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Dori vositasining reaksiya tezligiga ta’siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Kremni qo‘llashda odatda dozani oshirib yuborish kuzatilmaydi. Atsiklovir kremi bilan dozani oshirib yuborish haqida
hech qanday xabar kelib tushmagan.
5 g li tublarda. Tuba karton qutiga va tibbiy qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga joylashtirilgan.