Qo'llash usuli
Tabletkalarni bo'lish va chaynash tavsiya etilmaydi. Nonushta qilishdan 1 soat oldin butun holda oz miqdorda suv bilan qabul qilinadi.
H. Pylori - musbat oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yarasi bo'lgan bemorlarda patogenni to'liq yo'qotish uchun kombinatsiyalangan terapiya qo'llanilishi kerak. H. Pylori ni yo'qotishda rezistentlikning oldini olish uchun quyidagi kombinatsiyalar taklif etiladi:
a) kuniga 2 marta Aspan 40 mg ichakda eriydigan tabletkalar
+ kuniga 2 marta amoksitsillin 1000 mg
+ kuniga 2 marta klaritromitsin 500 mg
b) kuniga 2 marta Aspan 40 mg ichakda eriydigan tabletkalar
+ kuniga 2 marta metronidazol 500 mg
+ kuniga 2 marta klaritromitsin 500 mg
v) kuniga 2 marta Aspan 40 mg ichakda eriydigan tabletkalar
+ kuniga 2 marta amoksitsillin 1000 mg
+ kuniga 2 marta metronidazol 500 mg.
Agar kombinatsiyalangan terapiya zarur bo'lmasa, masalan, bemor H. Pylori-manfiy bo'lsa, quyidagi dozada Aspan preparati bilan monoterapiya qo'llaniladi.
O'n ikki barmoqli ichak yarasi, oshqozon yarasi va gastroezofageal reflyuksda: ko'p hollarda bir kun davomida bir dona Aspan tabletkasi 4-8 hafta davomida qo'llaniladi. Maxsus hollarda, xususan, boshqa davolash usullari samara bermaganida, doza ikki baravar oshirilishi mumkin (kuniga 2 dona Aspan tabletkasi).
Og'ir jigar buzilishlarida doza 40 mg pantoprazol tabletkasini har ikki kunda bir marta qabul qilishgacha kamaytiriladi. Shuningdek, bu bemorlarda davolash davrida jigar fermentlarini nazorat qilish kerak, ularning darajasi oshsa, Aspan bilan davolash to'xtatiladi.
Keksalar va buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda pantoprazolning 40 mg dozasi oshirilmasligi kerak. Istisno sifatida, keksalar uchun kombinatsiyalangan terapiyada H. Pylori ni yo'qotish uchun bir hafta davomida odatdagi pantoprazol dozasini (40 mg kuniga 2 marta) berish kerak.
Nojo´ya ta´sirlar
umumiy: absess, allergik reaktsiyalar, kista, yuzda shish, haroratning ko'tarilishi, umumiy shish, issiqlik urishi, herniya, laborator ko'rsatkichlarning o'zgarishi, charchoq, kandidoz, yangi o'smalar, noaniq dori reaktsiyalari, fototashuvchanlik reaktsiyalari.
Yurak-qon tomir tizimidan: stenokardiya, aritmiya, atrial fibrilatsiya/tebranish, EKG o'zgarishlari, ko'krak qafasidagi og'riqlar, qon aylanishi yetishmovchiligi, qon ketishi, arterial gipertoniya, arterial gipotoniya, miokard ishemiyasi, yurak urishi, retina tomirlarining buzilishi, hushdan ketish, takikardiya, tromboflebit, tromboz, vazodilatatsiya.
Ovqat hazm qilish tizimidan: anoreksiya, aftoz stomatit, kardiospazm, kolit, og'izda quruqlik, duodenit, disfagiya, enterit, ovqat trubasidan qon ketishi, ezofagit, oshqozon-ichak karcinomasi, oshqozon-ichakdan qon ketishi, oshqozon-ichak traktida kandidoz, gingivit, glossit, og'izdan yomon hid, qonli qusish, ishtahaning ko'tarilishi, melena, og'iz bo'shlig'ida kandidoz, og'izda yara, periodontal absess, periodontalit, rektal qon ketishi, oshqozon yarasi, tilning rangining o'zgarishi, yarali kolit.
Endokrin tizimidan: diabet, glyukozuriya, qalqonsimon bezning kattalashishi.