-
Qo'llanilishi
Gipovitaminoz S, gemorragik diatez, kapillyarotoksikoz, gemorragik insult, yordamchi vosita sifatida qon ketishlar (burun, o‘pka, bachadon va boshqalar), infeksion kasalliklar, intoksikatsiyalar, alkogolli va infeksion deliriya, o‘tkir nurlanish kasalligi, posttransfuziya asoratlari, jigar kasalliklari (Botkin kasalligi; surunkali gepatitlar va sirrozlar), me’da-ichak trakti (axiliya, yara kasalligi, ayniqsa qon ketishdan keyin, enteritlar, kolitlar, gelmintozlar), xoletsistit, buyrak usti bezlari yetishmovchiligi (Addison kasalligi), sust bituvchi yaralar, yaralar, suyak sinishlari, distrofiya, jismoniy va aqliy zo‘riqishlar, homiladorlik va laktatsiya, gemosideroz, melanodermiyalar, eritrodermiyalar, psoriaz, surunkali keng tarqalgan dermatozlar, ateroskleroz, bronxial astma, diffuz biriktiruvchi to‘qima kasalliklari (revmatoyid artrit, tizimli qizil volchanka, sklerodermiya) va boshqalar; antikoagulyantlar dozasi oshib ketishi, akonit, anestezin, anilin, antabus, barbituratlar, benzol, dixloretan, kaliy permanganat, metil spirti, mishyak, uglerod oksidi, sinil kislotasi, sulfanilamidlar, talliy, fenollar, xinin bilan zaharlanish.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Gipersensitivlik, tromboflebit, trombozlarga moyillik, qandli diabet.
-
Qo'llash usuli
Preparat mushak ichiga (m/i) va vena ichiga (v/i) qo'llaniladi. Bunda davolash dozalari kattalar uchun 1-5 ml (5% yoki 10% natriy tuzi eritmasi (askorbinat natriy)) (zaharli holatlarda 60 ml gacha). Bolalarga kuniga 1-2 ml (5% eritma) buyuriladi. Davolash kursi kasallikning xususiyati va kechishiga bog'liq.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Arterial gipertenziya, almashinuv jarayonlarining buzilishi, oshqozon osti bezining insulyar apparati funksiyasining susayishi (giperglikemiya, glikozuriya) va glikogen sintezi, kapillyarlarning o'tkazuvchanligi pasayishi va to'qimalar trofikasi yomonlashuvi, trombotsitoz, gipertrombinemiya, tromb hosil bo'lishi, eritrotsitopeniya, neyrofil leykotsitoz, miokard distrofiyasi, buyraklarning glomerulyar apparati shikastlanishi, allergik reaksiyalar (jumladan, anafilaktik shok); uzoq muddatli qabulda siydik toshlari hosil bo'lishi, rux, mis almashinuvining buzilishi, markaziy asab tizimi qo'zg'aluvchanligining oshishi, uyqu buzilishi, mikroangiopatiyalar rivojlanishi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Kuchli antioksidant xususiyatlarga ega. Ko'plab biokimyoviy reaksiyalarda vodorod transportini tartibga soladi, glyukozaning trikarboksil kislotalar siklida ishlatilishini yaxshilaydi, tetrogidrofoliy kislotasi hosil bo'lishida va to'qimalarning regeneratsiyasida, steroid gormonlar, kollagen, prokollagen sintezida ishtirok etadi. Huqayraviy oraliq moddaning kolloid holatini va kapillyarlarning normal o'tkazuvchanligini saqlaydi (gialuronidazani susaytiradi). Proteolitik fermentlarni faollashtiradi, aromatik aminokislotalar, pigmentlar va xolesterin almashinuvda ishtirok etadi, jigar hujayralarida glikogen to'planishiga yordam beradi. Jigar nafas fermentlarini faollashtirish hisobiga uning detoksikatsion va oqsil hosil qiluvchi funksiyasini kuchaytiradi, protrombin sintezini oshiradi. Safro ajralishini yaxshilaydi, oshqozon osti bezining tashqi sekretsiya funksiyasini va qalqonsimon bezning inkretor funksiyasini tiklaydi. Immunologik reaksiyalarni tartibga soladi (antitanachalar, S-komponent komplementi, interferon sintezini faollashtiradi), fagotsitozga yordam beradi, organizmning infeksiyalarga chidamliligini oshiradi. Yallig'lanishga qarshi va allergiyaga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Gistamin ajralishini to'xtatadi va uning parchalanishini tezlashtiradi, prostaglandinlar va boshqa yallig'lanish va anafilaksiya mediatorlari hosil bo'lishini susaytiradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Askorbin kislotasi, qaytaruvchi sifatida, turli laboratoriya testlari natijalarini (qonda glyukoza, bilirubin, transaminazlar, LDG faolligi) buzishi mumkin. Uzoq muddatli davolashda buyrak funksiyasini nazorat qilish zarur. Qon bosimi va glyukoza darajasini (ayniqsa yuqori dozalarda buyurilganda) nazorat qilish kerak. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak.