Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari askorbin kislotasi 5% 2ml no 10
• S vitamini yetishmovchiligini oldini olish va davolash. • Temir preparatlari bilan temir tanqisligi anemiyasida va idiopatik metgemoglobinemiya davolashda yordamchi vosita sifatida. Preparat, shuningdek, infeksion kasalliklar va intoksikatsiyalarda, jigar kasalliklarida, sekin bituvchi yaralar va suyak sinishlarida, distrofiya; kuchaytirilgan jismoniy mehnat, aqliy zo‘riqish, homiladorlik va laktatsiya davrida buyuriladi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Askorbin kislotaga yuqori sezuvchanlik.
Qo'llash usuli
Og‘iz orqali, ovqatdan keyin. Profilaktik maqsadlarda (qish-bahor davrida va yetarli bo‘lmagan ovqatlanishda) 50-100 mg/kun (bolalarga – 25 mg/kun), homiladorlik va laktatsiya davrida – 300 mg kuniga 10-15 kun davomida, keyin – 100 mg/kun; davolash maqsadida – 100-200 mg/kun (bolalarga 50-100 mg/kun). V/m va v/v – 5% eritma 1-5 ml, zaharlanishlarda – 60 ml gacha. Maksimal doza 1-2 g.
Nojo´ya ta´sirlar
• S vitaminining katta dozalari diareya va oksalatlar yoki uratlarning cho‘kmasi bilan, siydik kislotalanishida toshlar hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. • Mushak ichiga yuborilgan joyda vaqtincha yengil og‘riq. • Tez vena ichiga yuborish vaqtincha holsizlik yoki bosh aylanishini chaqirishi mumkin. 2-3 g S vitamini uzoq muddat qabul qilinganda tsinga simptomlarining paydo bo‘lishi.
Farmakologik xususiyatlari
Vitamin S biologik oksidlanish va qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadi. U hujayra ichidagi asosiy modda, prokollagen va kollagen sintezi va ularni saqlab turish uchun asosiy komponent hisoblanadi. Organizmda vitamin S degidroaskorbin kislotaga oksidlanadi va tirozin, fenilalanin, noradrenalin va ayrim ferment tizimlari metabolizmiga ta'sir ko'rsatadi; u, shuningdek, foliy kislotasining folin kislotaga aylanishiga, uglevodlar almashinuvi, organizmning infeksiyaga chidamliligi, hujayra nafas olishi, lipidlar, proteinlar, karnitinlar, steroidlar sintezi, immun funksiyaga ta'sir ko'rsatadi.
Maxsus ko'rsatmalar
Qon ivishining oshishi, tromboflebit va trombozlarga moyillik, podagra, shuningdek qandli diabet bilan kasallangan bemorlarga katta dozalarda S vitamini buyurilmasligi kerak. S vitaminining katta dozalari uzoq muddat qo‘llanilganda oshqozon osti bezining insulyar apparati funksiyasining susayishi mumkin, shuning uchun davolash jarayonida uning funksional qobiliyatini muntazam nazorat qilish zarur. Askorbin kislotasining kortikosteroid gormonlar hosil bo‘lishiga rag‘batlantiruvchi ta’siri bilan bog‘liq holda, katta dozalarda davolashda buyraklar funksiyasi va arterial bosimni nazorat qilish kerak. Askorbin kislotasi, qaytaruvchi sifatida, turli laborator testlar natijalarini, jumladan, qondagi glyukoza, bilirubin, jigar transaminazalari, laktat degidrogenaza faolligini buzishi mumkin. Homiladorlik va laktatsiya davri Homiladorlik davrida askorbin kislotasining katta dozalari kiritilishi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tsinga paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. S vitamini ona sutiga o‘tadi, biroq preparat kunlik normal dozada qabul qilinganda hech qanday muammo yuzaga kelmaydi. Preparatni yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llash mumkin emas va uni bolalar uchun yetib bo‘lmaydigan joyda saqlash kerak.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!