Nojo´ya ta´sirlar
Askorbin kislotasi, odatda, yaxshi o‘zlashtiriladi, biroq nojo‘ya reaksiyalar rivojlanishi mumkin.
Markaziy va periferik asab tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, charchoq hissi, uzoq muddat yuqori dozalarda qo‘llanganda – uyqu buzilishi, markaziy asab tizimi qo‘zg‘aluvchanligining oshishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: oshqozon spazmlari, ba’zan ko‘ngil aynishi, diareya.
Modda almashinuvi tomonidan: S gipervitaminozi, uzoq muddat yuqori dozalarda qo‘llanganda – oshqozon osti bezining insulyar apparati funksiyasining susayishi (giperglikemiya, glikozuriya) va glikogen sintezi, natriy va suyuqlikning ushlanishi, rux va mis almashinuvining buzilishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kapillyarlarning o‘tkazuvchanligi pasayishi, to‘qimalarning trofikasi yomonlashuvi; uzoq muddat yuqori dozalarda qo‘llanganda – miokard distrofiyasi, arterial bosimning oshishi, mikroangiopatiyalar rivojlanishi.
Qon tizimi tomonidan: uzoq muddat yuqori dozalarda qo‘llanganda – trombotsitoz, gipertrombinemiya, tromb hosil bo‘lishi, eritrotsitopeniya, neyrofil leykotsitoz.
Siydik ajratish tizimi tomonidan: giperoaksalaturiya mumkin; uzoq muddat yuqori dozalarda qo‘llanganda – buyraklarning glomerulyar apparati shikastlanishi, oksalat buyrak toshlari hosil bo‘lishi.
Allergik reaksiyalar: gipersensitivlik reaksiyalari, juda kam hollarda – teri toshmasi, teri giperemiyasi, qichishish, eshakemi, tana haroratining oshishi, anafilaktik shok.
Yuborish joyidagi reaksiyalar: yuborish joyida o‘zgarishlar.
Boshqa: vena ichiga yuborilganda issiqlik hissi bo‘lishi mumkin, vena ichiga yuqori dozalarda yuborilganda – homiladorlikning uzilishi xavfi.