Dorilarning o'zaro ta'siri
Askorbin kislotasi qonda benzilpenitsillin va tetratsiklinlarning konsentratsiyasini oshiradi, 1 g/kun dozada etinilestradiolning (shu jumladan, og‘iz orqali qabul qilinadigan kontratseptivlar tarkibiga kiradigan) biologik mavjudligini oshiradi.
Ichakda temir preparatlarning so‘rilishini yaxshilaydi (uch valentli temirni ikki valentli temirga aylantiradi), deferoksamin bilan bir vaqtda qo‘llanganda temirning chiqarilishini oshirishi mumkin.
Geparin va bilvosita antikoagulyantlarning samaradorligini pasaytiradi.
Asetilsalitsil kislotasi, og‘iz orqali qabul qilinadigan kontratseptivlar, yangi sharbatlar va ishqoriy ichimliklar so‘rilish va o‘zlashtirilishni pasaytiradi. Asetilsalitsil kislotasi bilan bir vaqtda qo‘llanganda askorbin kislotasining siydik bilan chiqarilishi oshadi va asetilsalitsil kislotasining chiqarilishi kamayadi. Asetilsalitsil kislotasi askorbin kislotasining so‘rilishini taxminan 30% ga kamaytiradi.
Salitsilatlar va qisqa ta’sirli sulfanilamidlar bilan davolashda kristalluriya rivojlanish xavfini oshiradi, buyraklar orqali kislotalarning chiqarilishini sekinlashtiradi, ishqoriy reaksiyaga ega dori vositalarining chiqarilishini oshiradi (shu jumladan, alkaloidlar), qonda og‘iz orqali qabul qilinadigan kontratseptivlar konsentratsiyasini kamaytiradi.
Umumiy etanol klirensini oshiradi, bu esa o‘z navbatida organizmda askorbin kislotasi konsentratsiyasini kamaytiradi.
Xinol qatori dori vositalari, kalsiy xlorid, salitsilatlar, GKSlari uzoq muddat qo‘llanganda askorbin kislotasi zaxiralarini kamaytiradi.
Bir vaqtda qo‘llanganda askorbin kislotasi izoprenalinning xronotrop ta’sirini kamaytiradi.
Uzoq muddatli yoki yuqori dozalarda qo‘llanganda disulfiram-etanol o‘zaro ta’sirini buzishi mumkin.
Yuqori dozalarda mexiletinning buyraklar orqali chiqarilishini oshiradi.
Barbituratlar va primidon askorbin kislotasining siydik bilan chiqarilishini oshiradi.
Antipsixotik vositalar (neyroleptiklar) - fenotiazin hosilalari, amfetamin va tritsiklik antidepressantlarning kanal reabsorbtsiyasining terapevtik ta’sirini kamaytiradi.