Maxsus ko'rsatmalar
Faqat bir nechta xabarlar terining og‘ir shikastlanishlari: Stivens-Djonson sindromi va Layell sindromi, ambroksol qo‘llanilishi bilan bir vaqtda yuzaga kelganligi haqida kelib tushgan. Asosan, ularni asosiy kasallikning og‘irligi va/yoki boshqa dori vositasining bir vaqtda qo‘llanilishi bilan izohlash mumkin. Shuning uchun teri yoki shilliq qavatlarda yangi shikastlanishlar paydo bo‘lsa, darhol tibbiy yordamga murojaat qilish va ambroksol gidroxlorid bilan davolashni to‘xtatish kerak.
Shuningdek, Stivens-Djonson sindromi yoki Layell sindromining boshlang‘ich bosqichida bemorlarda gripp boshlanganiga o‘xshash noxos, noaniq simptomlar, masalan, isitma, og‘riq, rinit, yo‘tal va tomoq og‘rig‘i bo‘lishi mumkin. Bunday noaniq, gripp boshlanganiga o‘xshash simptomlarda yo‘tal va shamollashga qarshi simptomatik davolashni qo‘llash noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin.
Bronxial motorika buzilishi va shilliq sekretsiyasi kuchaygan hollarda (masalan, birlamchi siliyar diskinziya kabi kam uchraydigan kasallikda) Ambroksol-Vishfa, sirop, preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki ambroksol shilliq sekretsiyasini kuchaytirishi mumkin.
Buboshqalar buyrak funksiyasi buzilgan yoki jigar yetishmovchiligining og‘ir darajasiga ega bo‘lgan bemorlar preparatni faqat shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng qabul qilishlari kerak. Ambroksol, har qanday jigar orqali metabolizatsiyalanadigan va so‘ngra buyraklar orqali chiqariladigan faol modda kabi, og‘ir buyrak yetishmovchiligiga ega bemorlarda jigar orqali hosil bo‘ladigan metabolitlar to‘planishiga olib keladi.
1 ml preparatda 2% dan 3% gacha etanol mavjud, shuning uchun 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparat dozasini iliq qaynatilgan suvda suyultirish kerak.
Preparat har bir maksimal tavsiya etilgan sutkalik dozada (30 ml) 10,5 g sorbit saqlaydi. Noyob irsiy fruktoza intoleransiyasiga ega bemorlar ushbu preparatni qabul qilmasliklari kerak. Shuningdek, u biroz laksatif ta’sir ko‘rsatadi.
Preparat tarkibida shakar yo‘q, shuning uchun uni qandli diabet bilan kasallangan bemorlarga qo‘llash mumkin.
Preparat tarkibida kam miqdorda etanol (alkogol) bor, dozaga 100 mg dan kam.
Preparat tarkibida propilparagidroksibenzoyat (E 216) va metilparagidroksibenzoyat (E 218) mavjudligi allergik reaksiyalar (ehtimol, kechikkan) chaqirishi mumkin.
“Qulupnay aromati” aromatizatori E 124 ni o‘z ichiga oladi, bu esa allergik reaksiyalar chaqirishi mumkin.
Avtotransport boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati
Avtotransport boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta’siri haqida ma’lumot yo‘q. Ambroksol gidroxloridning avtotransport boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta’siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash
Ambroksol gidroxlorid platsentar to‘siqdan o‘tadi. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda ambroksol gidroxloridning homiladorlik, embrion/bola rivojlanishi, tug‘ruq yoki postnatal rivojlanishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita zararli ta’siri aniqlanmagan.
Ambroksol gidroxloridni homiladorlikning 28-haftasidan keyin qo‘llash bo‘yicha klinik tadqiqotlar natijasida homilaga hech qanday zararli ta’sir aniqlanmagan.
Homiladorlikning I trimestrida preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Ambroksol gidroxlorid ona sutiga o‘tadi. Garchi emizikli bolalarga nojo‘ya ta’sir ko‘rsatishi kutilmasa-da, preparatni emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.