Nojo´ya ta´sirlar
Umumiy buzilishlar: shilliq qavatlar tomonidan reaksiyalar, isitma.
Immun tizimi, teri va teri osti yog‘ qavati tomonidan: teri toshmasi, eshakemi, angionevrotik shish, qichishish, anafilaktik reaksiyalar, shu jumladan anafilaktik shok, boshqa allergik reaksiyalar, eritema, terining og‘ir shikastlanishlari: Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi).
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya, qorin og‘rig‘i, og‘iz qurishi, diareya, qabziyat, so‘lak ajralishi, tomoq qurishi.
Nafas olish tizimi tomonidan: rinoreya, nafas qisishi (gipersensitivlik reaksiyasi sifatida).
Siydik ajratish tizimi tomonidan: dizuriya.