Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
faol modda – ambroksol gidroxlorid 30,0 mg,
yordamchi moddalari: laktosa monogidrat, mikrokristallik tsellyuloza, prejelatinizatsiyalangan kraxmal, kremniy dioksid kolloid suvdan holi (aerosil), kalsiy stearat
Qo'llanilishi
Sekretolitik davolash o'tkir va surunkali bronx-o'pka kasalliklarida, sekretsiyaning buzilishi va balg'am ajralishining qiyinlashuvi bilan tavsiflanadi
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
- ambroksol gidroxlorid faol moddasiga yoki har qanday yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik
- irsiy galaktoza intoleransi, Lapp (LAPP)-laktaza fermenti yetishmovchiligi, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi
- 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi.
Agar teri toshmasi (ba'zan pufakchalar yoki shilliq qavat zararlanishi ko‘rinishida) simptomlari yoki belgilarining rivojlanishi kuzatilsa, shifokorga murojaat qilish va ambroksol gidroxlorid qabulini darhol to‘xtatish zarur.
Ambroksol gidroxlorid bronxlar motorikasining buzilishi va balg‘amning ko‘payib ketishi holatlarida alohida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilishi kerak.
Buyrak yetishmovchiligi yoki jigar funksiyasining og‘ir buzilishlarida Ambro® tabletkalarini faqat shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng qo‘llash kerak. Jigar tomonidan metabolizatsiyalanadigan va buyraklar orqali chiqariladigan boshqa preparatlar kabi, og‘ir buyrak yetishmovchiligida jigar tomonidan hosil bo‘lgan ambroksol gidroxlorid metabolitlarining organizmda to‘planishi mumkin. Preparat tarkibida laktoza mavjud. Irsiy galaktoza intoleransi, Lapp (LAPP)-laktaza fermenti yetishmovchiligi, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi bo‘lgan shaxslarga qo‘llash mumkin emas.
Qo'llash usuli
Og'iz orqali, ovqatdan keyin, yetarli miqdorda suyuqlik bilan, chaynalmay qabul qilinadi.
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar uchun 1 tabletka (30 mg) kuniga 3 marta dastlabki 2-3 kun davomida, so'ngra 1 tabletka kuniga 2 marta.
6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun ½ tabletka (15 mg) kuniga 2-3 marta.
Farmakologik xususiyatlari
Ambroksol - mukolitik preparat. Sekretomotor, sekretolitik va balg‘am ko‘chiruvchi ta'sirga ega; bronxlar shilliq qavati bezlarining seroz hujayralarini stimulyatsiya qiladi, shilliq sekretsiya miqdorini va alveolalar hamda bronxlarda sirt faol modda (surfaktant) ajralishini oshiradi; balg‘amning seroz va shilliq komponentlari buzilgan nisbatini normallashtiradi. Gidrolizlovchi fermentlarni faollashtirib va Klara hujayralaridan lizosomalar ajralishini kuchaytirib, balg‘amning quyuqligini kamaytiradi. Kiprikli epiteliy harakat faolligini oshiradi, uning yopishib qolishini oldini oladi, mukotsiliyar transportni kuchaytiradi. Ambroksol yallig‘lanishga qarshi ta'sirga, shuningdek, antioksidant xususiyatlarga ega, mahalliy immunitetni stimulyatsiya qiladi, balg‘am va bronx sekretsiyasida antibiotiklar konsentratsiyasini oshiradi.
Maxsus ko'rsatmalar
Homiladorlik yoki laktatsiya davrida
Ambroksol gidroxlorid platsentar to‘siqdan o‘tadi. Ambroksol gidroxloridni homiladorlikning 28-haftasidan keyin qo‘llash (shu jumladan, ambroksol gidroxloridni prenatal yuborish orqali respirator distress-sindromining oldini olish) homilaga salbiy ta'sir ko‘rsatishiga oid hech qanday dalillar aniqlanmadi. Biroq, homiladorlik davrida dori vositalarini qabul qilishning umumiy qoidalariga, ayniqsa birinchi trimestrda, rioya qilish kerak.
Ambroksol gidroxlorid ko‘krak suti bilan ajraladi, shuning uchun preparatni emizish davrida qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Doklinik tadqiqotlar bevosita yoki bilvosita salbiy ta'sir ko‘rsatishini aniqlamadi.
Preparatning transport vositalarini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilish xususiyatlari
Preparatning avtomobil va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri haqida ma'lumot yo‘q. Mos tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!