-
Tarkibi
Har bir tabletkada quyidagilar mavjud: Quritilgan o't yog'i faol moddalari – 80 mg, quritilgan sarimsoq – 40 mg, qirqquloq barglari – 5 mg, faol ko'mir – 25 mg; Yordamchi moddalari magniy oksidi, kartoshka kraxmal, talk, kremniy dioksid kolloid anhidrid, kalsiy stearat, shakar, magniy karbonat asosiy, titan dioksid, kopovidon, xinolinniy sariq E104, apelsin sariq E110, asalari mumi.
-
Qo'llanilishi
Surunkali reaktiv gepatit, xolangit, xoletsistit, o‘t yo‘llari diskineziyasi, atonik qabziyat, postxoletsistektomik sindrom.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Gipersensitivlik, kalkulezli xoletsistit, obturatsion sariqlik, o‘tkir gepatit, o‘tkir va subo‘tkir jigar distrofiyasi, me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi, o‘tkir pankreatit.
-
Qo'llash usuli
Og‘iz orqali, ovqatdan keyin. Kattalarga 1-2 tabletkadan 3-4 marta kuniga 3-4 hafta davomida; zo‘rayishda – 1 tabletkadan 2-3 marta kuniga 1-2 oy davomida. Maksimal bir martalik doza – 2 tabletka. Maksimal sutkalik doza – 8 tabletka. 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 tabletkadan, 7 yoshdan katta bolalarga 1-2 tabletkadan 3 marta kuniga ovqatdan keyin buyuriladi. Davolash kursi – 3-4 hafta. Takroriy kurslar 3 oylik tanaffus bilan o‘tkaziladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Diareya, allergik reaksiyalar.
-
Farmakologik xususiyatlari
O‘tkir safro haydovchi vosita, ichakda chirish va achishish jarayonlarini kamaytiradi. Jigar hujayralarining sekretor faoliyatini kuchaytiradi, reflektor tarzda me’da-ichak trakti organlarining sekretor va harakat faolligini oshiradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Alloxol qo‘llanilganda maxsus ehtiyot choralariga ehtiyoj yo‘q. Homiladorlik va laktatsiya davrida ehtiyotkorlik bilan, shifokor nazorati ostida qo‘llaniladi. Preparat transport vositalarini va mexanik uskunalarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi. Preparatni yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llash tavsiya etilmaydi va bolalar uchun yetib bo‘lmaydigan joyda saqlanishi kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Alloxol dori vositasini qo‘llashda hozirgacha dozani oshirib yuborish holatlari haqida xabar berilmagan. Preparatni ataylab yuqori dozalarda qabul qilish yoki maksimal sutkalik dozadan oshirib uzoq muddat qo‘llashda quyidagi simptomlar paydo bo‘lishi mumkin: diareya, ko‘ngil aynishi, qorin qaynashi, teri qichishishi, qonda transaminazalar darajasining oshishi. Davolash – preparatni bekor qilish, simptomatik terapiya (spetsifik antidot yo‘q).