Farmakologik xususiyatlari
Kombinatsiyalangan preparat.
Paratsetamol analgezik va isitmani tushiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, bu markaziy asab tizimida prostaglandinlar sintezini ingibitsiya qilish hisobiga yuzaga keladi. Trombositlar va gemostaz funksiyasiga ta’sir qilmaydi.
Feniramin – N1-gistamin retseptorlari blokatori, rinoreya va ko‘zdan yosh oqishini kamaytiradi, spazmatik holatlarni bartaraf etadi.
Fenilefrin – o‘rtacha tomirlarni toraytiruvchi ta’sirga ega adrenomimetik (alfa1-adrenoretseptorlarni stimulyatsiya qiladi).
Askorbin kislotasi oksidlanish-qaytarilish jarayonlari, uglevod almashinuvi, qon ivishi, to‘qimalar regeneratsiyasi, steroid gormonlar sintezi regulyatsiyasida ishtirok etadi; organizmning infeksiyalarga chidamliligini oshiradi, tomir o‘tkazuvchanligini kamaytiradi; B1, B2, A, E vitaminlari va pantoten kislotasiga ehtiyojni kamaytiradi. Paratsetamolni osonroq ko‘tarishga yordam beradi va uning ta’sirini uzaytiradi (bu T1/2 uzayishi bilan bog‘liq).