Dorilarning o'zaro ta'siri
Terapik dozalarda dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri aniqlanmagan. Tavsiya etilgan dozadan oshirib, uzoq muddat qabul qilinganda, preparat tarkibidagi paratsetamol bilvosita ta’sir qiluvchi antikoagulyantlarning ta’sirini kuchaytiradi va urikozurik preparatlarning samaradorligini pasaytiradi. Paratsetamol, shuningdek, kumarin, dantnon hosilalari va antidepressantlar bilan o‘zaro ta’sir qiladi.
Qarboamazepin, fenobarbital, fenitoin va boshqalar kabi antiepileptik preparatlarni qabul qilayotgan bemorlarda paratsetamol dozasini yarmiga kamaytirish kerak. Xlorfeniramin fenitoinning metabolizmini sekinlashtirib, uning qon plazmasidagi konsentratsiyasini oshiradi, shuningdek, spirtli ichimliklar, barbituratlar, uyqu dori vositalari, opioid analgetiklar, anksiolitiklar va antipsixotik vositalar (fenotiazin hosilalari) bilan birga qabul qilinganda markaziy asab tizimining addiv ta’sirli tormozlanishini chaqiradi.
Fenilefrinning pressor ta’sirining potentsiyalanishi indometatsin, metildopa, MAO ingibitorlari, alfa va beta-adrenoblokatorlar, tritsiklik antidepressantlar va psixostimulyatorlar bilan bir vaqtda buyurilganda kuzatilishi mumkin.