Nojo´ya ta´sirlar
Preparat odatda bemorlar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi. Nojo‘ya ta’sirlar kam xollarda paydo buladi va kaytuvchandir.
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlarni kuyidagi organizm tizimlarida va sodir bo‘lish soni buyicha keltirilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam (≥1/10000, <1/1000), juda kam (<1/10000), sodir bo‘lish soni ma’lum emas (mavjud bulgan ma’lumotlarga karaganda nojo‘ya ta’sirlarni uchrash tezligini aniqlash mumkin emas).
Limfa va qon tizimi tomonidan:
Juda kam: trombotsitopeniya.
Immun tizimi tomonidan:
Kam: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari
Juda kam: anafilakticheskik shok.
Asab tizimi tomonidan:
Tez-tez: bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, yuqori charchoqlik,bosh aylanishi.
Tez-tez emas: paresteziyalar
Kam: xarakat funksiyasini buzilishi, tirishishlar
Juda kam: ta’m sezishni o‘zgarishi, diskineziya, distoniya, xushdan ketish, tremor, tik.
Sodir bo‘lish soni ma’lum emas: xotira buzilishi, shu jumladan, amneziya
Psixika tomonidan:
Tez-tez emas: yuqori ta’sirchanlik
Kam: agressiya, ongni chalkashishi, depressiya, gallyutsinatsiyalar, uyquni buzilishi
Sodir bo‘lish soni ma’lum emas: joniga qasd qilish hayollari
Ko‘rish organlari tomonidan:
Juda kam: akkomodatsiyani buzilishi, ko‘rish qobiliyatini aniq emasligi, nistagm.
Eshitish organlari va labirintdagi o‘zgarishlar tomonidan:
Sodir bo‘lish soni ma’lum emas: vertigo.
Hazm qilish tizimi tomonidan:
Tez-tez: og‘iz qurishi, ko‘ngil aynishi
Tez-tez emas: ich ketishi, qorinda og‘riq
Yurak tomonidan:
Kam: taxikardiya
Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i organlari tomonidan:
Tez-tez: rinit, faringit
Modda almashinuvi va oziqlanish tomonidan:
Kam: vazn oshishi
Buyrak va siydik ajralishi tizimi tomonidan:
Juda kam: dizuriya, enurez.
Sodir bo‘lish soni malum emas: siyishni tutilishi
Laborator va instrumental natijalar tomonidan
Kam: jigarning funksional sinovlarini o‘zgarishi («jigar» transaminazalarining faolligini, ishqoriy fosfatazani, gamma-glutamiltransferazani i bilirubin konsentratsiyasini oshishi).
Juda kam: trombotsitopeniya.
Teri va teriosti to‘qimalari tomonidan:
Tez-tez emas: toshmalar, qichishish
Kam: eshak yemi
Juda kam: angionevrotik shish, turg‘un eritema.
Umumiy o‘zgarishlar:
Tez-tez emas: holsizlik, asteniya
Kam: periferik shishlar
Sodir bo‘lish soni ma’lum emas: ishtaha ko‘tarilishi