-
Tarkibi
Bitta paket tarkibida faol komponentlar: paratsetamol 325 mg, feniramin maleat 20 mg, fenilefrin gidroxlorid 10 mg, askorbin kislotasi 50 mg. Yordamchi komponentlar: olma kislotasi, natriy sitrat, saxaroza, limon aromatizatori, qulupnay aromatizatori, apelsin aromatizatori, limon kislotasi bezvodnaya, mannitol, natriy benzoat, gidroksipropil tsellyuloza, aspartam, dekstroza bezvodnaya, povidon K-30.
-
Qo'llanilishi
Yuqimli-yallig‘lanish kasalliklari – gripp, O‘RVI («sovuq tegishi»), yuqori harorat, kuchli titroq, badan sanchig‘i, bosh va mushak og‘rig‘i, burun oqishi, burun bitishi, aksirish bilan kechadi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning ayrim komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik, emizish davri. Portal gipertenziya, alkogolizm, buyrak yetishmovchiligi, glyukoza 6-fosfatdegidrogenaza fermenti yetishmovchiligi, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi. Arterial gipertenziya, qandli diabet, yopiq burchakli glaukoma, jigar yoki buyraklarning og‘ir kasalliklari, o‘pka (shu jumladan bronxial astma), prostata bezining adenomasi bo‘lganida siyishning qiyinlashuvi, qon kasalliklari, tug‘ma gipyerbilirubinemiya (Jilber, Dubin-Jonson va Rotera sindromlari)da ehtiyotkorlik bilan qo‘llash.
-
Qo'llash usuli
Og‘iz orqali. Bir paket tarkibini 1 stakan qaynatilgan issiq suvda eritish. Issiq holda iste'mol qilish. Ta'bga ko‘ra shakar qo‘shish mumkin. Takroriy doza har 4 soatda qabul qilinishi mumkin (24 soat davomida 3 dozadan ko‘p emas). Jarafluni kunning istalgan vaqtida qo‘llash mumkin, lekin preparatni uxlashdan oldin, kechasi qabul qilish eng yaxshi ta'sir ko‘rsatadi. Agar preparatni qabul qilish boshlanganidan keyin 3 kun ichida simptomlar yengillashmasa, shifokorga murojaat qilish zarur.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaktsiyalar (toshma, qichish, urtikarniya, angionevrotik shish) mumkin, ortiqcha hayajon, psixomotor reaksiyalar tezligining pasayishi, charchoq hissi, og'izda quruqlik, siydikni ushlab qolish, qusish, oshqozon og'rig'i, yurak urishi, arterial bosimning oshishi, bosh aylanishi, uyqu buzilishi, midriaz, akkomodatsiya parazi, ichki ko'z bosimining oshishi. Paratsetamol mavjudligini hisobga olgan holda, kamdan-kam hollarda qon tizimining buzilishi (anemiya, trombotsitopeniya, leykopeeniya, agranulotsitoz); uzoq muddatli yuqori dozalar qabul qilishda gepatotoksik va nefrotoksik ta'sir, gemolitik anemiya, metgemoglobinemiyaga olib kelishi mumkin.
-
Farmakologik xususiyatlari
Kombinatsiyalangan preparat, isitmani tushiruvchi, yallig‘lanishga qarshi, shishlarga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi va allergiyaga qarshi ta’sirga ega.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Preparatni monoaminooksidaza ingibitorlarini qabul qilayotganda qabul qilishdan tiyilish tavsiya etiladi. Paratsetamolning gepatotoksik ta’siri xavfi barbituratlar, difenin, karbamazepin, rifampitsin, zidovudin va boshqa jigar mikrosomal fermentlari induktorlarini bir vaqtda buyurilganda oshadi. Sedativ vositalar, etanol ta’sirini kuchaytiradi. Etanol feniraminning sedativ ta’sirini kuchaytiradi. Antidepressantlar, parkinsonga qarshi va antipsixotik vositalar, fenotiazin hosilalari siydik tutilishi, og‘iz qurishi, qabziyat rivojlanish xavfini oshiradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Jigarni toksik shikastlanishining oldini olish uchun preparatni spirtli ichimliklar bilan birga qabul qilmaslik kerak. Davolanish vaqtida avtomobil yoki diqqat va yuqori psixomotor tezlik talab qiladigan boshqa mexanizmlarni boshqarish tavsiya etilmaydi. Shikastlangan paketlardan preparatni ishlatmaslik kerak. Preparat bolalar uchun yetib bo‘lmaydigan joyda saqlanishi va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatilmasligi kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral sohada og‘riq; gepatotoksik va nefrotoksik ta’sir, og‘ir hollarda jigar yetishmovchiligi, ensefalopatiya va komatoz holat rivojlanadi. Davolash: oshqozonni yuvish, birinchi 6 soatda faollashtirilgan ko‘mir, SH-guruh donorlarini va glutation sintezi prekursorlarini – metioninni dozani oshirib yuborganidan 8-9 soat o‘tib va N-atsetilsisteinni 12 soatdan keyin yuborish.
-
Saqlash shartlari
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
-
Eng yaxshi sanadan oldin