Extiyotkorlik bilan
Taqiqlangan
Extiyotkorlik bilan
12 yoshdan
Qattiq jelatin kapsulalar, №0 o‘lchamda, korpus va qopqog‘i och yashil rangda. Kapsula ichidagi modda – oq rangli kukun.
1 kapsula tarkibida:
faol modda: azitromitsin digidrat (azitromitsinga hisoblaganda) – 250 mg yoki 500 mg;
yordamchi modda: jelatinizatsiyalangan kraxmal, magniy stearati, gidroksipropilsellyuloza.
Preparatga sezgir bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilar sababli yuzaga kelgan infeksion-yallig‘lanish kasalliklari:
- yuqori nafas yo‘llari va LOR-organlar infeksiyalari (angina, sinusit, tonzillit, o‘rta otit);
- skarlatina;
- pastki nafas yo‘llari infeksiyalari (bakterial va tipik pnevmoniyalar, bronxit);
- teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalari (roja, impetigo, ikkilamchi infeksiyalangan dermatozlar).
- urogenital trakt infeksiyalari (murakkablanmagan uretrit va/yoki servitsit);
- Laym kasalligi (borrelioz), boshlang‘ich bosqichni davolash uchun (erythema migrans);
- oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak kasalliklari, Helicobacter Pylori bilan bog‘liq.
Makrolidlar guruhi antibiotiklariga yuqori sezuvchanlik, jigar va buyrak funksiyasining og‘ir buzilishlari, 12 yoshgacha va tana vazni 45 kg dan kam bo‘lgan bolalar (500 mg kapsulalar uchun) va 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar (250 mg kapsulalar uchun), homiladorlik va laktatsiya davri.
Preparat ovqatdan 1 soat oldin yoki ovqatdan 2 soat o‘tgach, kuniga 1 marta qabul qilinadi.
Kattalarga yuqori va pastki nafas yo‘llari infeksiyalari, teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalarida – kuniga 500 mg 3 kun davomida buyuriladi (kurs doza – 1,5 g).
Laym kasalligi (borrelioz), boshlang‘ich bosqichini (erythema migrans) davolash uchun 1-kuni 1 g va 2-5 kunlari har kuni 500 mg buyuriladi (kurs doza – 3 g).
Murakkablanmagan uretrit va/yoki servitsitda bir martalik 1 g buyuriladi.
Oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak kasalliklarida, Helicobacter pylori bilan bog‘liq bo‘lsa, kuniga 1 g 3 kun davomida kompleks terapiya tarkibida buyuriladi.
Bolalarga tana vazniga nisbatan 10 mg/kg dozada kuniga 1 marta 3 kun davomida buyuriladi. Kurs doza – tana vazniga nisbatan 30 mg/kg.
Erythema migransni davolashda bolalarga 1-kuni 20 mg/kg, 2-5 kunlari 10 mg/kg dozada buyuriladi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: mumkin – ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm, qorin og‘rig‘i, melena, xolestatik sariqlik, bolalarda qabziyat, gastrit, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining kandidozi, ishtahaning yo‘qligi; jigar fermentlari faolligining o‘tkinchi oshishi;
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak urishining tezlashuvi, ko‘krak qafasida og‘riq.
Asab tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, vertigo, uyquchanlik, giperkineziya, xavotir, nevroz, uyqu buzilishi.
Siydik-jinsiy tizim tomonidan: vaginal kandidomikoz, nefrite.
Allergik reaksiyalar: toshma, eshakemi, angionevrotik shish.
Boshqa: giperglikemiya, artralgiya.
Keng ta'sir doirasiga ega antibiotik. Makrolid antibiotiklarning yangi kichik guruhi - azalidlarning birinchi vakili hisoblanadi. Yallig‘lanish o‘chog‘ida yuqori konsentratsiyalarda bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi.
Preparatga gram-musbat kokklar; Streptococcus pneumoniae, St.piogenes, St.agalactiae, C, F va G guruh streptokokklari, St.viridans, Staphylococcus aureus; gram-manfiy bakteriyalar; Haemophilus influenzae, Moraxella catarrhalis, Bordetella perrtussis, B. Parapertussis, Legionella pneumopnila, H.ducrei, Campylobacter jejuni, Neisseria gonorrhoeae va Gardnerella vaginalis; ayrim anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides bivius, Closiridium perfringens, Peptostreptococcus spp; shuningdek, Chlamydia trachomatis, Mycoplasma pneumoniae, Ureaplasma urealyticum, Treponema pallidum, Borrelia burgdoferi sezgir. Eritromitsinga chidamli gram-musbat bakteriyalarga nisbatan faolsiz.
Preparatning bir dozasini qabul qilishni o‘tkazib yuborgan taqdirda - o‘tkazib yuborilgan doza imkon qadar tezroq qabul qilinishi kerak, keyingi dozalar esa 24 soatlik oraliq bilan qabul qilinadi.
Har qanday antibiotikoterapiya o‘tkazilgani kabi, azitromitsin bilan davolashda ham superinfeksiya (shu jumladan, zamburug‘li) qo‘shilishi mumkin.
Antatsidlar, etanol va ovqat azitromitsin so‘rilishini sekinlashtiradi va kamaytiradi, shuning uchun azitromitsin va yuqorida ko‘rsatilgan dori vositalarini qabul qilish orasida kamida 2 soatlik tanaffus saqlash tavsiya etiladi.
Zarurat tug‘ilganda preparatni homiladorlik davrida qo‘llash faqat onaga kutilayotgan foyda homilaga bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lsa mumkin.
Laktatsiya davrida azitromitsin qo‘llash zarurati tug‘ilganda emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak.
Preparat avtotransport boshqarish va yuqori diqqat hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa faoliyatga ta’sir qilmaydi.
Antatsidlar va gistamin H2-retseptorlari blokatorlarini bir vaqtda qabul qilish preparatning so‘rilishini o‘zgartirmaydi, lekin qondagi Smax ni 30% ga kamaytiradi.
Bir vaqtda qo‘llanganda preparat karbamazepin, didanozin, rifabutin va metilprednizolonning qon zardobidagi kontsentratsiyasiga ta'sir qilmaydi.
Terfenadin va makrolid antibiotiklarini birga qabul qilganda aritmiya va QT intervalining uzayishi yuzaga keladi.
Sporanya alkaloidlari bilan birga qo‘llanganda ergotizm rivojlanish xavfini istisno qilib bo‘lmaydi.
Varfarin bilan birga qo‘llanganda uning ta'siri kuchayishi holatlari qayd etilgan.
Digoksin yoki digitoksin azitromitsin bilan birga qo‘llanganda yurak glikozidlarining plazmadagi kontsentratsiyasi sezilarli oshishi va glikozid intoksikatsiyasi rivojlanish xavfi mavjud.
Siklosporin bilan birga qo‘llanganda siklosporinning qon zardobidagi miqdorini nazorat qilish tavsiya etiladi.
Birga qo‘llanganda rabdomioliz rivojlanish holatlari qayd etilgan.
Rifabutin bilan birga qo‘llanganda neytropeniya va leykopeiya rivojlanish xavfi oshadi.
Birga qo‘llanganda siklosporin metabolizmi buziladi, bu esa siklosporin bilan bog‘liq nojo‘ya va toksik reaksiyalar rivojlanish xavfini oshiradi.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatilmasin.
Belgilari: ko‘ngil aynishi, eshitishning vaqtincha yo‘qolishi, qusish, diareya.
Davolash: oshqozonni yuvish, faollashtirilgan ko‘mir buyurish, simptomatik terapiya.