Maxsus ko'rsatmalar
Bir dozani qabul qilishni o‘tkazib yuborish holatida - o‘tkazib yuborilgan doza iloji boricha tezroq qabul qilinishi kerak, keyingi dozalar esa 24 soatlik oraliq bilan qabul qilinishi kerak.
Har qanday antibiotik terapiyasi o‘tkazilganda bo‘lgani kabi, azitromisin bilan davolashda superinfektsiya (shu jumladan, qo‘ziqorinli) qo‘shilishi mumkin.
Antatsidlar, etanol va ovqat azitromisinin so‘rilishini sekinlashtiradi va kamaytiradi, shuning uchun azitromisini qabul qilish va yuqorida ko‘rsatilgan dori vositalari o‘rtasida kamida 2 soatlik oraliq saqlanishi tavsiya etiladi.
Homiladorlikda dori vositasini qo‘llash zarur bo‘lganda, faqat onaga kutilayotgan foyda bolaning potentsial xavfidan oshganda mumkin.
Azitromisini emizish davrida qo‘llash zarur bo‘lganda, ona sut berishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak.
Dori vositasi avtomobil boshqarish va yuqori diqqat va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiladigan boshqa faoliyatlarga ta'sir qilmaydi.