Farmakologik xususiyatlari
Zanofloks®-OZ kombinatsiyalangan dori vositasi. Ofloksasin - keng ta'sir doirasiga ega bo‘lgan ftorxinolonlar guruhiga mansub antimikrob vosita. Ofloksasinning bakteritsid ta'siri, boshqa ftorxinolonlar kabi, uning bakterial ferment DNK-girazani bloklash qobiliyati bilan bog‘liq.
Ofloksasin keng ta'sir doirasiga ega, u ko‘pchilik grammanfiy bakteriyalarga nisbatan faol - Escherichia coli, Klebsiella, Proteus, Salmonella, Yersinia, Providencia, Shigella, Enterobacter, Citrobacter, Providentia, Pseudomonas, Hafnia, shuningdek Staphylococcus (metitsillinga va boshqa antibiotiklarga rezistent mikroflorani ham o‘z ichiga oladi). Preparatga Neisseria, Mycoplasma, Chlamydia, Campylobacter, Brucella, Vibrio, Aeromonas, Plesiomonas, Haemophilus influenzae, Versinia ham sezgir. Enterokokklar, streptokokklar (S.pyogenes, S.pneumoniae, S.viridans), Serratia marcescens, Pseudomonas aeruginosa, Acinetobacter, Mycoplasma (M.hominis, M.pneumoniae), sil mikobakteriyalari, shuningdek Musobacterium fortuitum, Gardnerella vaginalis, Ureaplasma, Bruccella preparatga o‘zgaruvchan sezgirlikka ega. Anaerob bakteriyalar (B. urealiticusdan tashqari), Treponema pallidum, viruslar, zamburug‘lar va sodda hayvonchalar preparatga sezgir emas. Ornidazol - antiprotozoy va antibakterial vosita. Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Giardia lamblia, shuningdek ayrim anaerob bakteriyalar, masalan Bacteroides, Clostridium spp., Fusobacterium spp. va anaerob kokklarga nisbatan faol.
Ta'sir mexanizmi bo‘yicha ornidazol - DNK-trop preparat bo‘lib, nitrogruppani tiklash va ferridoksinlar guruhi oqsillari bilan nitrobirikmalar o‘zaro ta'sirini katalizlay oladigan ferment tizimlariga ega mikroorganizmlarga nisbatan selektiv faollikka ega. Preparat mikroblar hujayrasiga kirgach, uning ta'sir mexanizmi mikroorganizmlar nitroreduktazasi ta'sirida nitrogruppaning tiklanishi va allaqachon tiklangan nitroimidazolning faolligi bilan bog‘liq. Tiklanish mahsulotlari DNK bilan komplekslar hosil qiladi, uni degradatsiyaga uchratadi, DNK replikatsiyasi va transkripsiyasi jarayonlarini buzadi. Bundan tashqari, preparatning metabolitlari sitotoksik xususiyatlarga ega va hujayra nafas olish jarayonlarini buzadi.