Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Yod tanqisligi bo‘lgan hududlarda yashovchi aholida, birinchi navbatda bolalar, o‘smirlar, homilador va emizikli ayollarda zob va yod tanqisligi holatlarini rivojlanishini oldini olish.
· Yod tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan dori-darmon yoki jarrohlik davolash kursi tugaganidan keyin zobning qaytalanishini oldini olish.
· Tireotoksikozning og‘ir shakllarida operatsiyaga tayyorlash.
· Yod tanqisligi bilan bog‘liq zobni yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, bolalar va o‘smirlarda davolash.
Diffuz notoksik (eutireoid) zobni davolash.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Yaqqol gipertireoz (qalqonsimon bez funksiyasining oshishi), yashirin gipertireoz (sutkada 150 mkg dan ortiq dozalarda qo'llanganda), gerpetiform dermatit (Dyuring kasalligi), adenomatoz zob, avtonom adenom, yodga yuqori sezuvchanlik.
Preparatni buyurishdan radioaktiv yod bilan davolashda, qalqonsimon bez saratoni mavjudligi yoki unga gumon bo'lsa, saqlanish kerak.
Preparat tarkibida laktaza monogidrat mavjudligi sababli, uni galaktozani o'zlashtira olmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi bilan bog'liq kam uchraydigan irsiy kasalliklari bo'lgan bemorlarga buyurish tavsiya etilmaydi.
Qo'llash usuli
Preparat og‘iz orqali, ovqatdan keyin, yetarli miqdorda suyuqlik bilan ichiladi.
Agar boshqacha buyurilmagan bo‘lsa, quyidagi dozalash ko‘rsatmalari amal qiladi.
Endemik zob va yod tanqisligi kasalliklarini oldini olish:
Yangi tug‘ilganlar va bolalar: kuniga 50-100 mkg yod;
O‘smirlar va kattalar: kuniga 100-200 mkg yod;
Homiladorlik va laktatsiya davrida: kuniga 150-200 mkg yod.
Yod tanqisligi sababli yuzaga kelgan zobning dori va jarrohlik davolashidan so‘ng qaytalanishini oldini olish: kuniga 100-200 mkg yod.
Zobni davolash:
Yangi tug‘ilganlar, bolalar va o‘smirlar: kuniga 100-200 mkg yod.
45 yoshgacha bo‘lgan kattalar: kuniga 300-500 mkg yod.
Nojo´ya ta´sirlar
Dori vositasini profilaktik qo‘llanilishida har qanday yoshda, shuningdek, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, bolalar va o‘smirlar uchun terapevtik qo‘llanilishida nojo‘ya ta’sirlar rivojlanishi odatda kuzatilmaydi. Kamdan-kam hollarda doimiy ravishda dori vositasini qabul qilish «yodizm» rivojlanishiga olib kelishi mumkin, bu og‘izda metall ta’m, shilliq qavatlarning shishishi va yallig‘lanishi (burun oqishi, kon’yunktivit, bronxit) ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin. Agar qalqonsimon bezda katta avtonom funktsional faol joylar mavjud bo‘lsa, 150 mkg dan ortiq yodning sutkalik dozasini belgilashda qalqonsimon bezning giperm funksiyasi rivojlanishi ehtimoli istisno qilinmaydi. Kamdan-kam hollarda (yodga idiosinkraziya bo‘lganda) quyidagi allergik reaktsiyalar: terida toshma, qichitqi, Kvinke shishi, eozinofiliya, juda kam hollarda - anafilaktik shok mumkin.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!