Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Bitta tabletkada faol modda kaliy yodid – 200 mkg, bu 150 mkg yodga to‘g‘ri keladi, foliy kislotasi – 400 mkg. yordamchi moddalari laktosa monogidrat, mikrokristallik tsellyuloza, kremniy kislotasi, glyukoza, talk, magniy stearati.
Qo'llanilishi
Yod tanqisligi bo‘lgan hududlarda yashovchi aholida, birinchi navbatda bolalar, o‘smirlar, homilador va emizikli ayollarda zob va yod tanqisligi holatlarini oldini olish.
· Yod tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan dori-darmon yoki jarrohlik davolash kursi tugaganidan keyin zobning qaytalanishini oldini olish.
· Tireotoksikozning og‘ir shakllarida operatsiyaga tayyorlash.
· Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, bolalar va o‘smirlarda yod tanqisligi bilan bog‘liq zobni davolash.
Diffuz notoksik (eutireoid) zobni davolash.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Yaqqol gipertireoz (qalqonsimon bez funksiyasining oshishi), yashirin gipertireoz (kuniga 150 mkg dan ortiq dozalarda qo‘llanganda), gerpetiform dermatit (Dyuring kasalligi), adenomatoz zob, avtonom adenom, yodga yuqori sezuvchanlik.
Preparatni radioaktiv yod bilan davolashda, qalqonsimon bez saratoni mavjudligi yoki gumon qilinayotgan hollarda buyurishdan saqlanish kerak.
Preparat tarkibida laktosa monogidrat mavjudligi sababli, uni galaktozani o‘zlashtira olmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi bilan bog‘liq kam uchraydigan irsiy kasalliklarga ega bemorlarga buyurish tavsiya etilmaydi.
Qo'llash usuli
Preparat ichkariga qabul qilinadi, ovqatdan keyin, yetarli miqdorda suyuqlik bilan popiladi.
Agar boshqacha buyurilmagan bo‘lsa, quyidagi dozalash ko‘rsatmalari amal qiladi.
Endemik zob va yod tanqisligi kasalliklarini rivojlanishini oldini olish:
Yangi tug‘ilganlar va bolalar: kuniga 50-100 mkg yod;
O‘smirlar va kattalar: kuniga 100-200 mkg yod;
Homiladorlik va laktatsiya davrida: kuniga 150-200 mkg yod.
Yod tanqisligi sababli zobning dori va jarrohlik davolashidan so‘ng qaytalanishini oldini olish: kuniga 100-200 mkg yod.
Zobni davolash:
Yangi tug‘ilganlar, bolalar va o‘smirlar: kuniga 100-200 mkg yod.
45 yoshgacha bo‘lgan kattalar: kuniga 300-500 mkg yod.
Nojo´ya ta´sirlar
Preparatni har qanday yoshda profilaktik qo‘llashda, shuningdek, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, bolalar va o‘smirlarda terapevtik qo‘llashda, odatda, nojo‘ya ta'sirlar rivojlanmaydi. Kamdan-kam hollarda, preparatni doimiy ravishda qabul qilish «yodizm» rivojlanishiga olib kelishi mumkin, bu esa og‘izda metall ta'mi, shilliq qavatlarning shishishi va yallig‘lanishi (burun oqishi, kon'yunktivit, bronxit) bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Agar qalqonsimon bezda katta avtonom funktsional faol maydonlar mavjud bo‘lsa, 150 mkg dan ortiq yodning kunlik dozasini belgilashda qalqonsimon bezning gipofunksiyasi rivojlanish imkoniyati istisno qilinmaydi. Kamdan-kam hollarda (yodga idiosinkraziya bo‘lganda) quyidagi holatlar mumkin: teri toshmasi, qichishish, Kvinke shishi, eozinofiliya, juda kam hollarda - anafilaktik shok..
Farmakologik xususiyatlari
Yod qalqonsimon bezning normal faoliyatini ta’minlaydi, uning gormonlari (tiroksin, triyodtironin) tarkibiga kiradi. Endemik zob, kretinizm rivojlanishining oldini oladi. Foliy kislotasi yetishmovchiligi xromosomalar replikatsiyasiga va bo‘linishga tayyorlanayotgan hujayrada DNK sintezining buzilishiga olib keladi. Ta’sir mexanizmi foliy kislotasining tetrahidrofolat shaklida nuklein kislotalar sintezi va hujayra bo‘linishida, shuningdek, koenzim sifatida purin va pirimidinlar sintezida ishtirok etishi bilan bog‘liq, bu esa inson markaziy asab tizimi shakllanishida hal qiluvchi omil bo‘lib, u urug‘lanishdan 15-28 kun o‘tib rivojlanadi. Foliy kislotasi megaloblastlarning normal yetilishi va normoblastlar hosil bo‘lishi uchun zarur. Uning yetishmovchiligi qon plazmasida aterosklerotik o‘zgarishlar belgisi bo‘lgan gomotsistein to‘planishiga olib keladi.
Maxsus ko'rsatmalar
Qalqonsimon bez kasalliklarida yoki boshqa yod preparatlari qo‘llanilganda preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish zarur. Avtotransport boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri Preparat avtomobil boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir qilmaydi. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng ishlatmaslik kerak.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!