Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Vinebral 30 mg № 20
Vinebral 30 mg № 20
Ishlab chiqaruvchi: Октобер фарм
Yaroqlilik muddati: 4 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Ruxsat

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari vinebral 30 mg № 20
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Kapsulalar
  • ATX kodi
    C04AХ07
  • Dozalash
    30 mg
  • Yaroqlilik muddati
    4 yil
  • Qadoqdagi soni
    20 g
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
     
    Kapsula tarkibida:

    Faol modda vinkamin 30 mg.

    Yordamchi moddalari saxaroza, makkajo'xori kraxmali, eudragit, gidroksipropilmetil sellüloza ftalat, talk.

    Qobig'i tarkibida: jelatin, titan dioksid, brilliant ko'k, karmoizin, ponso. 
  • Qo'llanilishi
    Bosh miya qon aylanishini metabolik ehtiyojlarga moslashtirish va normallashtirish, uning funksiyalarini tartibga solish, yaxshilash va qo'llab-quvvatlash uchun; - xotira pasayishi; - diqqatni jamlashning buzilishi; - diabetik angiopatiya; - bosh miya tomirlarining aterosklerotik zararlanishi; - bosh miya jarohati va o'tkir miya qon aylanishi buzilishidan keyingi holat; - miya ishemiyasidan keyingi serebral buzilishlar; - gipertonik ensefalopatiya; - tomir genezli eshitish va ko'rish buzilishlari; - makon va vaqt bo'yicha orientatsiya buzilishlari.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Bosh miya o‘smalari; homiladorlik va laktatsiya davri; vinkamin va preparatning boshqa komponentlariga ma’lum yuqori sezuvchanlik.
  • Qo'llash usuli
    Vinebral kapsulalari og‘iz orqali, yetarli miqdorda suv bilan ichiladi. Kattalarga og‘iz orqali kuniga 2 marta 1 kapsuladan. Davolash kursining davomiyligi kasallik kechishiga qarab shifokor tomonidan belgilanadi.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Qusish, yurak qizishi, diareya, ich qotishi, og'izda quruqlik, qon bosimining pasayishi, takikardiya, teri toshmasi, qichish.
  • Farmakologik xususiyatlari
     
    Ichga qabul qilingandan so'ng me'da-ichak traktida tez so'riladi, yarim chiqarilish davri - 60-90 daqiqa, qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi 64% ni tashkil etadi.

    Vinebral to'liq jigar orqali metabolizatsiyalanadi, faqat 4-6% o'zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. Vinebral miya tomirlariga selektiv vazoregulyatsion ta'sir ko'rsatadi, miya qon aylanishining metabolik ehtiyojlariga moslashuviga yordam beradi.

    Vinebral glyukoza oksidlanishini kuchaytirish orqali miya metabolizmini yaxshilaydi, natijada energiya hosil bo'lishini oshiradi va organizmning umumiy faolligini oshirishga yordam beradi. Vinebral gipoksiya holatidagi neyronlarni kislorod bilan ta'minlanishini oshiradi, miya qon aylanishini normallashtiradi. Aqliy ish qobiliyatini oshiradi, xotirani yaxshilaydi. Vinebral bemorlar tomonidan yaxshi o'zlashtiriladi, biologik, gematologik toksikligi va buyrak hamda jigar faoliyatiga nojo'ya ta'siri yo'q. 
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
     
    Vinebralni itrakonazol va vinkristin bilan bir vaqtda qo'llashda o'tkir limfoblast leykemiyali bolalar va kattalarda neyrotoksiklik kuchayishi mumkin.

    Vinebral gipotenziya vositalari va antiagregantlarning ta'sirini kuchaytiradi. Xinupristin/dalfopristin kombinatsiyasi CYP3A4 izofermentining ingibitori sifatida harakat qiladi va bir vaqtda qo'llanganda vinkaminning qon plazmasidagi konsentratsiyasini oshirishi mumkin. 
  • Maxsus ko'rsatmalar
     
    Tavsiya etilgan dozalardan oshirmaslik kerak.

    AG va yurak faoliyati buzilgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash zarur. Q-T intervali uzayishi va gipokaliemiyada qo'llash tavsiya etilmaydi.  

    Homiladorlik va laktatsiya davri
    Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llash mumkin emas.


    Avtotransport boshqarish va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
    Vinebral avtomobil boshqarish va yuqori psixomotor tezlikni talab qiluvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi. 


Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Dilfuza
    ico ico ico ico ico
    Винебрал действительно помог с головными болями, очень довольна результатом. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
  • Alisher
    ico ico ico ico ico
    Отличный препарат, доставка быстрая и удобная. Спасибо магазину Oxymed!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico