Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Vindazol-500mg № 30
Vindazol-500mg № 30
Ishlab chiqaruvchi: Mediwin Pharmaceuticals
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari vindazol-500mg № 30
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
  • Dozalash
    500 mg
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    30 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    Bitta plyonka qobig‘i bilan qoplangan tabletkada
    Faol modda ornidazol 500 mg
    Yordamchi moddalari makkajo‘xori kraxmali, laktoza, jelatin, povidon, tozalangan talk, magniy stearati, natriy kraxmal glikolyat, kroskarmelloza natriy, gipromelloza, titana dioksid, xinolinniy sariq, izopropil spirti, dixlormetan, tozalangan suv.
  • Qo'llanilishi
    trixomoniaz (ayollar va erkaklarda siydik-jinsiy infeksiyalar, Trichomonas vaginalis tomonidan chaqirilgan); • - amebiaz (barcha ichak infeksiyalari, Entamoeba histolytica tomonidan chaqirilgan, shu jumladan ameb dizenteriyasi, va amebiazning barcha ichakdan tashqari shakllari, ayniqsa, jigar ameb abssessi); • - lyamblioz. • - yo‘g‘on ichakda va ginekologik aralashuvlarda operatsiyalar vaqtida anaerob infeksiyalarni oldini olish.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Preparatga yoki boshqa nitroimidazol hosilalariga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik (I trimestr) va laktatsiya davri
  • Qo'llash usuli
    Ornidazol ovqatdan keyin ichga qabul qilinadi, oz miqdorda suv bilan ichiladi. Trichomoniaz. 1 tabletka kuniga 2 marta (ertalab va kechqurun) 5 kun davomida. Qayta yuqtirish ehtimolini bartaraf etish uchun, jinsiy hamkor har doim xuddi shu davolash kursini olishi kerak. Bolalar uchun sutkalik doza tana vazniga 25 mg/kg ni tashkil etadi va bir marta qabul qilinadi. Amebiaz. Davolashning mumkin bo'lgan sxemalari; amebali dizenteriyali bemorlarni 3 kunlik davolash kursi va amebiazning barcha shakllarida 5-10 kunlik davolash kursi. Davolash davomiyligi Sutkalik doza Kattalar va tana vazni 35 kg dan ortiq bo'lgan bolalar Tana vazni 35 kg gacha bo'lgan bolalar a) 3 kun b) 5-10 kun 3 tabletka bir marta kechqurun qabul qilinadi Tana vazni 60 kg dan ortiq bo'lsa - 4 tabletka (ertalab va kechqurun 2 tadan) 2 tabletka (ertalab va kechqurun 1 tadan) 40 mg/kg tana vazniga bir marta 25 mg/kg tana vazniga bir marta. Lyamblioz. Kattalar va tana vazni 35 kg dan ortiq bo'lgan bolalar 3 tabletka bir marta kechqurun. Tana vazni 35 kg dan kam bo'lgan bolalar: 40 mg/kg bir marta sutkada. Davolash davomiyligi 1-2 kun.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Saklobo ifodalangan uyqu, bosh og'rig'i va oshqozon-ichak buzilishlari (qayt qilish). Alohida hollarda - markaziy nerv tizimidan kelib chiqadigan buzilishlar, masalan, bosh aylanishi, tremor, mushaklarning qattiqligi, muvofiqlikni buzilishi, tutqanoqlar, charchoq, vaqtinchalik hushdan ketish, sezgi yoki aralash periferik neyropatiya belgilari. Ta'm sezishning buzilishi, jigar funksional sinovlarining o'zgarishi, teri reaksiyalari va giperhissiylik reaksiyalari kuzatilgan.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Antimikrob va antiprotozoy preparat.
    Vindazol® -500 Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolylica, Giardia lamblia (Giardia intestinalis), shuningdek, ayrim anaerob bakteriyalarga, masalan, Bacteroides va Clostridium spp., Fusobacterium spp., va anaerob kokklarga nisbatan samaralidir.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Markaziy asab tizimi kasalliklari, masalan, epilepsiya, tarqoq skleroz bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Jigar, miya zararlanishi bo‘lgan, spirtli ichimliklarni suiiste’mol qiluvchi, homilador va emizikli ayollar hamda bolalarda, ayniqsa doza oshirilganda, ma’lum xavf mavjud.

    Eksperimentda Vindazol® -500 homilaga teratogen yoki toksik ta’sir ko‘rsatmaydi. Homilador ayollarda nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmaganligi sababli, Vindazol® -500 ni homiladorlikning ilk bosqichlarida yoki emizikli ayollarga faqat mutlaq ko‘rsatmalar bo‘yicha, uni qo‘llashdan kutiladigan foyda ayol va homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lsa, buyurish mumkin.
    Dorini bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik kerak.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
     Nitroimidazol hosilalarining boshqa vakillaridan farqli o‘laroq, ornidazol aldegiddegidrogenazani inhibe qilmaydi va shuning uchun spirtli ichimliklar bilan nomutanosib emas. Biroq, ornidazol kumarin qatoridagi peroral antikoagulyantlarning ta’sirini kuchaytiradi, bu esa ularning dozasini mos ravishda tuzatishni talab qiladi. Vindazol-500 vekuroniya bromidining miorelaksatsion ta’sirini uzaytiradi. 
  • Dozani oshirib yuborilishi
     
    Sintomlar: "Nojo‘ya ta’sir" bo‘limida ko‘rsatilgan simptomlarning yaqqol namoyon bo‘lishi.

    Davolash: simptomatik, maxsus antidot noma’lum; tutqanoq bo‘lsa – diazepam. 
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Nargiza
    ico ico ico ico ico
    Эффективное лекарство, хорошая упаковка. Рекомендую Виндазол-500 мг от Oxymed.
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilshod
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество, быстрая доставка. Спасибо Oхимед за качественные препараты.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico