Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Geral 500 mg № 10
Geral 500 mg № 10
Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

Mavjud
66 582 so'm 82 200 so'm
ico
1
ico
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari geral 500 mg № 10
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
  • Dozalash
    500 mg
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    10 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
     
    1 ta preparat tabletkasi quyidagilarni o'z ichiga oladi:

    faol modda: ornidazol 500 mg;

    yordamchi modda: mikrokristallik sellyuloza, laktosa, natriy laurilsulfat, polivinilpirolidon, kroskarmelloza natriy, natriy kraxmal glikolyat, LS-gidroksipropilsellyuloza, magniy stearat. 
  • Qo'llanilishi
    Trixomoniaz; amebiaz, ameb dizenteriyasi, ichakdan tashqari amebiaz (shu jumladan jigar ameb abssessi); lyamblioz; yo‘g‘on ichakda va ginekologiyada operatsiyalar vaqtida anaerob bakteriyalar tomonidan chaqirilgan infeksiyalarni oldini olish.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik; - Markaziy asab tizimining organik kasalliklari; - Homiladorlikning I trimestri va laktatsiya davri.
  • Qo'llash usuli
    Geral ovqatdan keyin ichga qabul qilinadi. Trichomoniazda kattalarga 0,5 g (1 tabletka) kuniga 2 marta 5 kun davomida buyuriladi. Qayta yuqtirish ehtimolini bartaraf etish uchun, jinsiy hamkor har doim xuddi shu davolash kursini olishi kerak. Bolalarga doza tana vazniga 25 mg/kg hisobidan 1 marta/sutkada bir marta belgilanadi. Amebali dizenteriyada kattalar va tana vazni 35 kg dan ortiq bo'lgan bolalarga 1,5 g (3 tabletka) 1 marta/sutkada, tana vazni 60 kg dan ortiq bo'lsa - 2 g/sutka (4 tabletka), ertalab va kechqurun 2 tadan buyuriladi. Tana vazni 35 kg dan kam bo'lgan bolalarga sutkalik doza tana vazniga 40 mg/kg hisobidan belgilanadi. Davolash kursi – 3 kun. Amebiazning boshqa shakllarida kattalar va tana vazni 35 kg dan ortiq bo'lgan bolalarga – 500 mg (1 tabletka) kuniga 2 marta, tana vazni 35 kg gacha bo'lgan bolalarga – 25 mg/kg bir marta 5-10 kun davomida. Lyambliozda kattalar va tana vazni 35 kg dan ortiq bo'lgan bolalarga – 1,5 g (3 tabletka) bir marta kechqurun, tana vazni 35 kg dan kam bo'lgan bolalarga – 40 mg/kg bir marta sutkada. Davolash davomiyligi 1-2 kun. Anaerob bakteriyalar sababli infeksiyalar profilaktikasi uchun operatsiyadan oldin 0,5-1 g (1-2 tabletkadan), operatsiyadan keyin 0,5 g (1 tabletkadan) kuniga 2 marta 3-5 kun davomida buyuriladi.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Markaziy nerv tizimi va periferik nerv tizimidan: bosh og'rig'i, uyqu, bosh aylanishi, tremor, qattiqlik, harakatlarning muvofiqligini buzilishi, tutqanoqlar, charchoq, hushni buzilishi, sezgi yoki aralash periferik neyropatiya. Oshqozon-ichak tizimidan: qayt qilish, ta'm sezishning buzilishi, qusish, jigar funksional sinovlarining o'zgarishi.
  • Farmakologik xususiyatlari
     
    Antiprotozoy preparat antibakterial faollikka ega. Ornidazol mikroorganizmlar hujayra DNKsi bilan o'zaro ta'sir qiladi, ularning nuklein kislotalari sintezini ingibitsiya qiladi, bu esa bakteriyalarning o'lishiga olib keladi.

    Ornidazol quyidagilarga nisbatan faol: Trichomonas vaginalis, Gardnerella vaginalis, Giardia intestinalis, Entamoeba histolytica; obligat anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides spp. (jumladan, Bacteroides fragilis, Bacteroides distasonis, Bacteroides ovatus, Bacteroides thetaiotaomicron, Bacteroides vulgatus), Fusobacterium spp., Veillonela spp., Prevotella spp. (Prevotella bivia, Prevotella buccae, Prevotella disiens); gram-musbat mikroorganizmlar: Eubacterium spp., Clostridium spp. Preparatga aerob mikroorganizmlar sezgir emas.

    Ornidazol me'da-ichak traktidan yaxshi so'riladi. Cmax ga erishish vaqti - 1-3 soat. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - kamida 15%. GEB orqali o'tadi. Jigarda metabolizmga uchraydi va metabolitlar ko'rinishida siydik (60-70%) va najas (20-25%) bilan chiqariladi. Taxminan 5% o'zgarmagan holda chiqariladi. T1/2 13 soatni tashkil etadi. 
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
     
    Nitroimidazolning boshqa hosilalaridan farqli o'laroq, ornidazol aldegiddegidrogenazani ingibitsiya qilmaydi va shu sababli alkogol bilan nomutanosib emas.

    Biroq, ornidazol kumarin qatoridagi peroral antikoagulyantlarning ta'sirini kuchaytiradi, bu ularning dozasini mos ravishda tuzatishni talab qiladi.

    Ornidazol vekuroniya bromidining miorelaksatsion ta'sirini uzaytiradi. 
  • Dozani oshirib yuborilishi
     
    Sintomlar: epileptiform tutqanoqlar, depressiya, periferik nevrit.

    Davolash: simptomatik terapiya o'tkaziladi. Tutqanoqlarda - diazepam. 
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Aziz
    ico ico ico ico ico
    Эффективное лекарство, помогло быстро справиться с проблемой. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
  • Diana
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество продукта, заметила улучшение после применения. Спасибо, Oxymed!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico