Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
Qo‘llash xususiyatlari
Ushbu preparatni gemorroidal krizni simptomatik davolash uchun buyurilishi anal halqaning boshqa kasalliklarini davolashni bekor qilmaydi.
Agar simptomlar darhol o‘tib ketmasa, proktologik tekshiruv o‘tkazish va davolashni qayta ko‘rib chiqish kerak.
Qo'llash usuli
Tavsiya etiladigan doza kuniga 2 tabletka, 1 tabletka kun o‘rtasida va 1 tabletka kechqurun ovqat paytida.
Gemorroyning o‘tkir xurujlarida: kuniga 6 tabletka (ertalab 3 tabletka va kechqurun 3 tabletka) 4 kun davomida, so‘ngra 4 tabletka (ertalab 2 tabletka va kechqurun 2 tabletka) 3 kun davomida.
Nojo´ya ta´sirlar
Nojo‘ya reaksiyalar holatlari quyidagicha tasniflanadi: juda tez-tez (>1/10), tez-tez (>1/100, <1/10), tez-tez emas (>1/1.000, <1/100), kamdan-kam (>1/10.000, <1/1.000), juda kam (<1/10.000), alohida xabarlarni o‘z ichiga oladi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan:
Tez-tez – diareya, dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qusish.
Tez-tez emas – kolit.
Teri va teri osti yog‘ qavati tomonidan:
Kamdan-kam – toshma, qichishish, eshakemi.
Tez-tezligi noma’lum – yuz, lab, qovoqlarning izolyatsiyalangan shishi. Istisno holatlarda: Kvinke shishi.
Nerv tizimi tomonidan:
Kamdan-kam – bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, umumiy holsizlik.
Nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling!
Maxsus ko'rsatmalar
Venoz qon aylanishi buzilishlarida davolashning maksimal samarasi sog‘lom, muvozanatli turmush tarzida kuzatiladi, bunda quyoshda uzoq vaqt qolish, uzoq vaqt oyoqda turish, tana vaznining ortishi oldini olish, piyoda yurish tavsiya etiladi.
Bemorlar shifokor tomonidan belgilangan qo‘shimcha davolash choralariga, masalan, kompression tibbiy trikotaj (golf, paypoq), kompresslar, pastki oyoq-qo‘llarga sovuq dush va boshqalarga qat’iy rioya qilishlari kerak.
Gemorroyning o‘tkir xurujlarida ushbu preparatni qabul qilish anorektal sohaning boshqa kasalliklarini maxsus davolashni almashtirmaydi. Davolash qisqa kurs bilan belgilanadi. Agar simptomlar tezda o‘tib ketmasa, proktologik tekshiruv o‘tkazish va olib borilayotgan terapiyani qayta ko‘rib chiqish zarur.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish holatlari haqida xabarlar kelib tushmagan.
Dozani oshirib yuborish holatida shifokorga murojaat qilish kerak!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!