Qo'llash usuli
Og'iz orqali qabul qilinadigan antikoagulyantlar bilan davolashda xalqaro normallashtirilgan nisbat (XNN) maqsadli diapazoni. Yurak klapanlari protezlangan bemorlarda tromboembolik asoratlarning oldini olish uchun XNN 2,5-3,5. Boshqa ko'rsatmalar uchun XNN 2,0-3,0. Varfarinni har kuni bir vaqtda qabul qilish kerak. Kattalar uchun. Tana vazni normal va boshlang'ich XNN 1,2 dan kam bo'lgan bemorlarga ketma-ket uch kun davomida 10 mg varfarin buyuriladi. Keyingi dozalash, to'rtinchi kundagi XNN darajasini hisobga olgan holda, jadvalda keltirilgan. Ambulator bemorlar va tug'ma S yoki S oqsili yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar uchun tavsiya etilgan boshlang'ich doza ketma-ket uch kun davomida 5 mg varfarin (*) ni tashkil etadi. Keyingi dozalash, to'rtinchi kundagi XNN darajasini hisobga olgan holda, jadvalda keltirilgan. Qariyalar, tana vazni past bo'lgan bemorlar. Tavsiya etilgan boshlang'ich doza ketma-ket ikki kun davomida 5 mg varfarin (*) ni tashkil etadi. Keyingi dozalash, uchinchi kundagi XNN darajasini hisobga olgan holda, jadvalda keltirilgan. Boshlang'ich XNN 1,2 dan yuqori bo'lgan bemorlar, antikoagulyant terapiya samaradorligiga ta'sir qiluvchi kasalliklari yoki dori vositalarini qabul qilayotgan bemorlar uchun tavsiya etilgan boshlang'ich doza ketma-ket ikki kun davomida 5 mg varfarin (*) ni tashkil etadi. Keyingi dozalash, uchinchi kundagi XNN darajasini hisobga olgan holda, jadvalda keltirilgan. Kun XNN Varfarin doza, mg/kun 1. - 10 (5*) 2. - 10 (5*) 3. <2,0 2,0-2,4 2,5-2,9 3,0-3,9 >4,0 10 (5*) 5 3 2,5 bir kun o'tkazib yuboriladi 4.-6. <1,4 1,4-1,9 2,0-2,4 2,5-2,9 3,0-3,9 4,0-4,5 >4,5 10 7,5 5 4,5 3 bir kun o'tkazib yuboriladi, keyin 1,5 ikki kun o'tkazib yuboriladi, keyin 1,5 7.- 1,1-1,4 1,5-1,9 2,0-3,0 3,1-4,5 >4,5 Haftalik varfarin doza 20% ga oshirish 10% ga oshirish Dozani o'zgartirmaslik 10% ga kamaytirish XNN < 4,5 gacha o'tkazib yuborish, so'ngra doza 20% ga kamaytirilgan holda davom ettirish XNN ni har kuni maqsadli XNN barqaror darajasiga erishilgunga qadar o'lchash kerak, odatda bu davolash boshlanganidan 5-6 kun o'tgach sodir bo'ladi. Keyin XNN o'lchash oralig'i haftasiga bir martagacha uzaytiriladi, to'rt hafta davomida bir marta o'lchashgacha. Agar XNN natijalari sezilarli farq qilsa yoki bemorda jigar kasalligi yoki vitamin K so'rilishiga ta'sir qiluvchi boshqa kasallik bo'lsa, o'lchash oralig'i 4 haftadan kam bo'lishi kerak. Yangi preparatlarni boshlash yoki eski preparatlarni to'xtatish XNN ni tez-tez aniqlashni talab qiladi. Uzoq muddatli davolashda varfarinning haftalik dozasi (bemorga bir hafta davomida beriladigan umumiy varfarin doza) yuqorida ko'rsatilgan jadvalga muvofiq o'zgartiriladi. Dozani o'zgartirish zarur bo'lsa, keyingi XNN o'lchovi 1 yoki 2 haftadan so'ng o'tkaziladi. Keyin oralig'ini yana 4 haftagacha bosqichma-bosqich oshirish mumkin. Jigar faoliyati buzilgan bemorlar. Jigar plazma oqsillari, shu jumladan plazma qon ivish omillari sintezida eng muhim organ hisoblanadi. Jigar kasalligi gemostaz buzilishiga, shu jumladan protrombin vaqti uzayishiga olib kelishi isbotlangan. Qon ivish omili sintezi buzilishi va varfarin metabolizmining susayishi natijasida jigar faoliyati buzilgan bemorlarda antikoagulyant terapiyaga kuchaygan javob reaksiyasi bo'lishi mumkin. Bunday reaksiya varfarin keng qo'llanilishidan oldin boshqa og'iz orqali qabul qilinadigan antikoagulyantlarda ham jigar faoliyati buzilgan bemorlarni davolashda aniqlangan. Ayrim hollarda jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda xolestatik buzilishlar aniqlangan. Jigar faoliyati buzilgan bemorlarga varfarin qo'llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Buyrak faoliyati buzilgan bemorlar. Buyrak klirensi antikoagulyant terapiyaga javob reaksiyasini aniqlashda hal qiluvchi omil emas. Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda dozani tanlash majburiy emas. Bolalar uchun Bolalarda antikoagulyant terapiyani boshlash va davom ettirish pediatrlar tomonidan amalga oshiriladi. Dozani jadvalga muvofiq tanlash mumkin. 1-kun Agar boshlang'ich XNN 1,0-1,3 bo'lsa – to'yinish doza 0,2 mg/kg og'iz orqali To'yinish kunlari 2 dan 4 gacha, agar XNN 1,1-1,3 1,4-1,9 2,0-3,0 3,1-3,5 >3,5 Bo'lsa Taktiка To'yinish dozasini takrorlash To'yinish dozasining 50% To'yinish dozasining 50% To'yinish dozasining 25% XNN <3,5 gacha kutish, so'ngra oldingi dozadan 50% doza bilan davom ettirish Qo'llab-quvvatlash, agar XNN 1,1-1,4 1,5-1,9 2,0-3,0 3,1-3,5 >3,5 Bo'lsa Taktiка (haftalik doza) 20% ga oshirish 10% ga oshirish Dozani o'zgartirmaslik 10% ga kamaytirish XNN <3,5 gacha kutish, so'ngra doza 20% ga kamaytirilgan holda davom ettirish Rejalashtirilgan operatsiya Pre, intra va postoperatsion antikoagulyant terapiya quyidagicha amalga oshirilishi mumkin. Rejalashtirilgan operatsiyadan bir hafta oldin XNN ni aniqlash. Operatsiyadan 1-5 kun oldin varfarin qabul qilishni to'xtatish. Agar bemorda tromboz xavfi yuqori bo'lsa, profilaktik tarzda teri ostiga past molekulyar massali geparin yuborish. Varfarin qabul qilishni to'xtatish XNN ga bog'liq. Varfarin qabul qilishni to'xtatish: - operatsiyadan 5 kun oldin, agar XNN>4,0 - operatsiyadan 3 kun oldin, agar XNN 3,0-4,0 - operatsiyadan 2 kun oldin, agar XNN 2,0-3,0 - operatsiyadan 1 kun oldin, agar XNN<2,0 Operatsiyadan oldingi kechqurun XNN ni aniqlash. Agar XNN>1,8 bo'lsa, og'iz orqali yoki tomir ichiga 0,5-1 mg vitamin K1 yuborish. Operatsiya kuni fraksiyalanmagan geparin infuziyasi yoki past molekulyar massali geparinni profilaktik qo'llash zarurligini baholash. Operatsiyadan 5-7 kun o'tgach, varfarin terapiyasini qayta boshlash bilan birga past molekulyar massali geparinni teri ostiga yuborishni davom ettirish. Kichik operatsiyalarda varfarinni odatdagi qo'llab-quvvatlovchi dozada operatsiya kuni kechqurun, katta operatsiyalarda esa enteral ovqatlanish tiklangan kunda qayta boshlash.