Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Valodip 5 mg/160 mg № 30 tabletka
Valodip 5 mg/160 mg № 30 tabletka
Ishlab chiqaruvchi: KRKA
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Diabetiklar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    18 yoshdan

Mavjud
108 009 so'm 109 120 so'm
ico
1
ico
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari valodip 5 mg/160 mg № 30 tabletka
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
  • Dozalash
    5 mg / 160 mg
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    30 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    Faol moddalar 1 tabletka 5 mg+80 mg 5 mg amlodipin (amlodipin besilat) va 80 mg valsartan. 1 tabletka 5 mg+160 mg 5 mg amlodipin (amlodipin besilat) va 160 mg valsartan. 1 tabletka 10 mg+160 mg 10 mg amlodipin (amlodipin besilat) va 160 mg valsartan. Yordamchi moddalar mannitol, magniy stearat, kremniy dioksid kolloid. Qoplama plyonkali opadry II oq, bo'yoq temir oksid sariq, E172.
  • Qo'llanilishi
    Arterial gipertenziya (kombinatsiyalangan terapiya ko‘rsatilgan bemorlarga).
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Preparatning faol moddalari, boshqa digidropiridin hosilalari yoki «Dori vositasining tarkibi» bo‘limida sanab o‘tilgan har qanday yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik jigar faoliyatining og‘ir buzilishlari, biliar sirroz, xolestaz aniq ifodalangan arterial gipotenziya homiladorlikning ikkinchi va uchinchi trimestri 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar yoshi saxarli diabet II turi yoki buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <60 ml/min/1,73 m2) bo‘lgan bemorlarda aliskiren saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash shok (shu jumladan, kardiogen shok) chap qorincha chiqaruvchi trakt obstruksiyasi (masalan, gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya va aniq ifodalangan aortal stenoz) gemodinamik jihatdan beqaror yurak yetishmovchiligi o‘tkir miokard infarktusidan keyin
  • Qo'llash usuli
    Og'iz orqali, oz miqdorda suv bilan, ovqat qabul qilish vaqtiga bog'liq holda yoki bog'liq holda emas, kuniga 1 marta qabul qilinadi. Tavsiya etilgan sutkalik doza – Valodip preparatining 1 tabletkasi, tarkibida amlodipin/valsartan kombinatsiyasi 5/80 mg, 5/160 mg yoki 10/160 mg dozada mavjud. Valodip preparatini qabul qilishni 5/80 mg dozadan kuniga 1 marta boshlash tavsiya etiladi. Dozani oshirish terapiya boshlanganidan 1-2 hafta o'tgach mumkin. Maksimal sutkalik doza – 5/320 mg (valsartan bo'yicha hisoblanganda) yoki 10/160 mg (amlodipin bo'yicha hisoblanganda) yoki 10/320 mg. Maxsus bemor guruhlari Amlodipin Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda doza tuzatish talab etilmaydi. Jigar funksiyasi buzilgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Keksalar dozasini oshirishda ehtiyotkorlik talab etiladi. Valsartan Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlar Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda (KK ≥ 30 ml/min) boshlang'ich doza tuzatish talab etilmaydi. Jigar funksiyasi buzilgan bemorlar Valsartan og'ir jigar yetishmovchiligi, biliar sirroz va xolestazli bemorlarga kontraindikatsiyalangan. Jigar yetishmovchiligining yengil va o'rtacha darajasida valsartanning maksimal sutkalik doza - 80 mg. Valodip preparati 5/160 mg, 10/160 va 10/320 mg dozada kontraindikatsiyalangan. Keksalar dozasini tuzatish talab etilmaydi.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan nojo‘ya ta’sirlar rivojlanish tez-tezligi tasnifi: juda tez-tez ≥1/10, tez-tez ≥1/100 dan <1/10 gacha, kamdan-kam ≥1/1000 dan <1/100 gacha, kam ≥1/10000 dan <1/1000 gacha, juda kam <1/10000, tez-tezligi noma’lum – mavjud ma’lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi. Preparat Valodip. Infeksion va parazitar kasalliklar: tez-tez – nazofaringit, gripp. Immun tizimi tomonidan buzilishlar: kam – gipersensitivlik. Modda almashinuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlar: tez-tez – gipokaliemiya; kamdan-kam – anoreksiya, giperkalsemiya, giperlipidemiya, gipourikemiya, giponatriemiya. Psixika tomonidan buzilishlar: kam – xavotirlik. Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez – bosh og‘rig‘i; kamdan-kam – muvozanatning buzilishi, bosh aylanishi, postural bosh aylanishi, paresteziya, uyquchanlik. Ko‘rish organi tomonidan buzilishlar: kamdan-kam – ko‘rishning yomonlashuvi; kam – ko‘rishning buzilishi. Eshitish organi va labirint tomonidan buzilishlar: kamdan-kam – vertigo; kam – quloqda shovqin. Yurak tomonidan buzilishlar: kamdan-kam – yurak urishini sezish, taxikardiya; kam – hushdan ketish. Tomirlar tomonidan buzilishlar: kamdan-kam – ortostatik gipotenziya; kam – arterial bosimning sezilarli pasayishi. Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi va o‘rta ko‘krak sohasining buzilishlari: kamdan-kam – yo‘tal, halqum va hiqildoqda og‘riq. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar: kamdan-kam – diareya, ko‘ngil aynishi, qorin sohasida noqulaylik, qorin yuqori qismida og‘riq, qabziyat, og‘iz shilliq qavatining qurishi. Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: kamdan-kam – eritema, teri toshmasi; kam – ekzantema, gipergidroz, teri qichishishi. Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar: kamdan-kam – artralgiya, bel og‘rig‘i, bo‘g‘imlarning shishishi; kam – mushak spazmlari, butun tanada og‘irlik hissi. Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: kam – pollakiuriya, poliuriya. Jinsiy a’zolar va sut bezlari tomonidan buzilishlar: kam – erektil disfunktsiya. Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: tez-tez – asteniya, charchoqlik, yuz shishishi, yuz terisiga «qon yugurishi» hissi, shishlar, periferik shishlar, pastozlik. Qo‘shimcha ma’lumot: Amlodipin/valsartan kombinatsiyasini olgan bemorlarda periferik shishlar kamroq (5,8%) uchragan, faqat amlodipin olganlarda esa 9%. Amlodipin. Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar: juda kam – leykopegiya, trombotsitopeniya, ba’zan purpura bilan. Immun tizimi tomonidan buzilishlar: juda kam – gipersensitivlik. Modda almashinuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlar: juda kam – giperglikemiya. Psixika tomonidan buzilishlar: kamdan-kam – depressiya, uyqusizlik/uyqu buzilishi, kayfiyatning labilligi; kam – ongning chalkashishi. Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez – bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik; kamdan-kam – ta’m sezishning buzilishi, paresteziya, hushdan ketish, tremor, gipesteziya; juda kam – mushak gipertoni, periferik neyropatiya, neyropatiya; tez-tezligi noma’lum – ekstrapiramidal buzilishlar. Ko‘rish organi tomonidan buzilishlar: kamdan-kam – ko‘rishning yomonlashuvi, ko‘rishning buzilishi. Eshitish organi va labirint tomonidan buzilishlar: kamdan-kam – quloqda shovqin. Yurak tomonidan buzilishlar: tez-tez – yurak urishini sezish; juda kam – aritmiyalar (bradikardiya, qorinchalar taxikardiyasi va bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi jumladan), miokard infarkti. Tomirlar tomonidan buzilishlar: tez-tez – yuz terisiga «qon yugurishi» hissi, arterial bosimning sezilarli pasayishi; juda kam – vaskulit. Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi va o‘rta ko‘krak sohasining buzilishlari: kamdan-kam – nafas qisilishi, rinit; juda kam – yo‘tal. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez – ko‘ngil aynishi, qorin sohasida noqulaylik, qorin yuqori qismida og‘riq; kamdan-kam – axlatning o‘zgarishi, diareya, og‘iz shilliq qavatining qurishi, dispepsiya, qusish; kam – gastrit, milk giperplaziyasi, pankreatit. Jigar va o‘t yo‘llari tomonidan buzilishlar: juda kam – jigar fermentlari «faolligining» oshishi (ko‘proq xolestaz bilan), plazmada bilirubin konsentratsiyasining oshishi, gepatit, intrahepatik xolestaz, sariqlik. Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: kamdan-kam – alopesiya, ekzantema, eritema, fotosensitivlik reaksiyalari, teri qichishishi, gipergidroz, purpura, teri toshmasi, teri rangining o‘zgarishi; juda kam – ko‘p shaklli eritema, toshma, eksfoliativ dermatit, Stivens-Jonson sindromi, angionevrotik shish. Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar: tez-tez – to‘piq shishi; kamdan-kam – artralgiya, bel og‘rig‘i, mushak spazmlari, mialgiya. Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: kamdan-kam – siydik chiqarishning buzilishi, nokturiya, pollakiuriya. Jinsiy a’zolar va sut bezlari tomonidan buzilishlar: kamdan-kam – erektil disfunktsiya, ginekomastiya. Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: tez-tez – charchoqlik, periferik shishlar; kamdan-kam – asteniya, noqulaylik, holsizlik, yurakda nekardiogen og‘riq, og‘riq. Laborator va instrumental ma’lumotlar: kamdan-kam – tana vaznining kamayishi/oshishi. Valsartan. Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tezligi noma’lum – gemoglobin va gematokritning kamayishi, leykopegiya, neytropeniya, trombotsitopeniya, ba’zan purpura bilan. Immun tizimi tomonidan buzilishlar: juda kam – gipersensitivlik. Eshitish organi va labirint tomonidan buzilishlar: kamdan-kam – vertigo. Tomirlar tomonidan buzilishlar: tez-tezligi noma’lum – vaskulit. Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi va o‘rta ko‘krak sohasining buzilishlari: kamdan-kam – yo‘tal. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar: kamdan-kam – qorin sohasida noqulaylik, qorin yuqori qismida og‘riq. Jigar va o‘t yo‘llari tomonidan buzilishlar: tez-tezligi noma’lum – jigar fermentlari «faolligining» oshishi, plazmada bilirubin konsentratsiyasining oshishi. Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: tez-tezligi noma’lum – teri qichishishi, teri toshmasi, angionevrotik shish. Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar: tez-tezligi noma’lum – mialgiya. Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: tez-tezligi noma’lum – plazmada kreatinin konsentratsiyasining oshishi, buyrak funksiyasining buzilishi, jumladan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi. Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: kamdan-kam – charchoqlik. Laborator va instrumental ma’lumotlar: tez-tezligi noma’lum – qonda kaliy miqdorining oshishi. Preparat komponentlari haqida qo‘shimcha ma’lumot: Har bir komponentni qo‘llashda ilgari qayd etilgan nojo‘ya hodisalar Valodip preparatini qo‘llashda ham uchrashi mumkin, hatto ular klinik tadqiqotlarda kuzatilmagan bo‘lsa ham. Amlodipin: tez-tez – uyquchanlik, bosh aylanishi, yurak urishini sezish, qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, to‘piq shishi; kamdan-kam – uyqusizlik, kayfiyat labilligi (jumladan, xavotirlik), depressiya, tremor, ta’m sezishning buzilishi, hushdan ketish, gipesteziya.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Kombinatsiyalangan gipotenziyalik preparat, arterial bosim (AB)ni nazorat qilishning bir-birini to‘ldiruvchi mexanizmiga ega ikki faol modda o‘z ichiga oladi. Amlodipin, digidropiridin hosilasi, «sekin» kalsiy kanallari blokatorlari (BMKK) sinfiga kiradi, valsartan – angiotenzin II retseptorlari antagonistlari sinfiga kiradi. Ushbu komponentlar kombinatsiyasi o‘zaro to‘ldiruvchi gipotenziyalik ta’sirga ega bo‘lib, ularni alohida qo‘llashga nisbatan ABning yanada aniqroq pasayishiga olib keladi.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Ulugbek
    ico ico ico ico ico
    Таблетки Валодип просто спасение от гипертонии. Очень доволен результатом и обслуживанием от Oxymed.
    05 August 2024
    0
    0
  • Zarina
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество продукта, быстрая доставка. Рекомендую этот магазин!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico