-
Tavsif
Qoplamasiz tabletkalar, har ikki tomoni yassi, sariq-to‘q sariq rangda, bir tomonida bo‘linish chizig‘i va qirralari bor.
-
Tarkibi
1 tabletkada quyidagilar mavjud: faol modda: furagin - 50 mg; yordamchi modda: makkajo‘xori kraxmal, saxaroza, kremniy dioksid kolloidli suvdan holi, stearin kislotasi.
-
Qo'llanilishi
Siydik yo‘llari infeksiyalari.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Nitrofuran hosilalariga yoki yordamchi moddalardan biror biriga yuqori sezuvchanlik.Homiladorlik va emizish davri.Buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 60 ml/min dan past yoki zardobda kreatinin miqdori oshgan). Gemodializ yoki peritoneal gemodializda bo‘lgan bemorlarga qo‘llash mumkin emas.Polinevropatiya (shu jumladan diabetik).Glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi (gemoliz rivojlanish xavfi).Porfiriya.Og‘ir jigar yetishmovchiligi.
Bolalar
Dori vositasi bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Transport vositalarini yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish tezligiga ta'sir qilish qobiliyati
Furaginning avtotransport boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'siri haqida ma'lumotlar yo‘q. Biroq, ayrim bemorlarda psixomotor reaksiyalar tezligiga ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlar yuzaga kelishi mumkin.
-
Qo'llash usuli
Kattalar 100 mg (2 tabletka) kuniga 3 marta. Preparat og‘iz orqali oqsilga boy ovqat bilan birga qabul qilinadi, bu nitrofuran hosilalarining biologik o‘zlashtirilishini oshiradi. Dori vositasi 5 kundan 10 kungacha qabul qilinadi. Zarur bo‘lsa, davolash kursi 10-15 kundan so‘ng takrorlanishi mumkin.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya reaksiyalar: ko‘ngil aynishi (8%), bosh og‘rig‘i (6%) va haddan tashqari meteorizm (1,5%). Boshqa simptomlar 1% bemorlardan ko‘p bo‘lmagan hollarda kuzatilgan. Nojo‘ya ta’sirlar organ tizimlari bo‘yicha tasniflangan, quyida keltirilgan.Qon va limfa tizimi tomonidanMetgemoglobinemiya natijasida sianoz. Glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi bo‘lgan shaxslarda furagin qo‘llanilishi megaloblastik yoki gemolitik anemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin.Nerv tizimi tomonidanBosh aylanishi, uyquchanlik, ko‘rishning buzilishi, periferik nevropatiya, shu jumladan o‘tkir kechuvchi yoki qaytmas (uning rivojlanishiga ayniqsa bu omillar yordam beradi: buyrak yetishmovchiligi, anemiya, qandli diabet, elektrolit buzilishlari, V vitamini yetishmovchiligi).Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi va o‘rta ko‘krak oralig‘i tomonidanNitrofuranning hosilalariga o‘tkir, subo‘tkir va surunkali gipersensitivlik reaksiyalari.Surunkali reaksiyalar furagin qabul qilgan bemorlarda 6 oydan ortiq davom etgan.Surunkali o‘pka reaksiyalari (shu jumladan o‘pka fibrozlari va dissemine interstitsial pnevmoniya) ayniqsa keksalarda mumkin.Nafas olish tizimi tomonidan o‘tkir gipersensitivlik reaksiyalari: isitma, titroq, yo‘tal, ko‘krak qafasida og‘riq, nafas qisishi, plevra bo‘shlig‘ida ekssudat, o‘pka rentgenologik manzarasida o‘zgarishlar va eozinofiliya.Ko‘pincha bu nojo‘ya ta’sirlar preparat qabul qilinishini to‘xtatgandan so‘ng tezda yo‘qolgan.Surunkali reaksiyalar holatida simptomlarning kuchayishi va ularning qaytuvchanligi preparat qabul qilinishini to‘xtatishdan keyin davolash kursining davom etishiga bog‘liq.Boshqa ovqat hazm qilish tizimi tomonidanQabziyat, diareya, dispeptik holatlar, qorin og‘rig‘i, qusish, sialoadenit, pankreatit, soxta membranoz kolit.Teri va teri osti tizimi tomonidanAlopeciya, eksfoliativ dermatit, polimorf eritema, Stivens-Djonson sindromi.Umumiy buzilishlarIsitma, titroq, umumiy holsizlik, nitrofuranning hosilalariga chidamli mikroorganizmlar bilan infeksiyalar, ko‘pincha Pseudomonas oilasiga mansub tayoqchalar yoki Candida oilasiga mansub zamburug‘lar.Immun tizimi tomonidanQichishish, toshma, anafilaksiya, Kvinke shishi, toshma.Jigar va o‘t yo‘llari tomonidanDori gepatiti simptomlari, xolestatik sariqlik, jigar parenximasining nekrozi.Klinik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, nitrofuranning hosilalari moyak funksiyalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, spermatozoidlarning harakatchanligini pasaytirishi, sperma ajralishini kamaytirishi, shuningdek spermatozoidlarning morfologiyasida patologik o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.
-
Farmakologik xususiyatlari
Furagin, ya'ni furazidin (nitrofuralakrilidin - amingidantoin) - bu nitrofuran hosilasi. Ushbu guruh preparatlari keng doiradagi mikroorganizmlarga, jumladan, gram-musbat bakteriyalarga (Staphylococcus epidermidis, Staphylococcus aureus, Staphylococcus faecalis) va ko‘plab gram-manfiy shtammlarga (Enterobacteriaceae: Salmonella, Shigella, Proteus, Klebsiella, Escherichia, Enterobacter) bakteriostatik ta'sir ko‘rsatadi. Nitrofuran hosilalari antiprotozoar ta'sirga ega va zamburug‘larga nisbatan faqat ozgina ta'sir ko‘rsatadi. Pseudomonas aeruginosa va Proteus vulgarisning ko‘pchilik shtammlariga ta'sir qilmaydi. Furaginning eng kuchli ta'siri kislotali muhitda (pH 5,5) kuzatiladi, ishqoriy muhit esa uning ta'sirini susaytiradi. Furaginning kuchli bakteriostatik ta'siri nitro guruhi bilan aromatik zamin mavjudligi bilan bog‘liq. Nitrofuran hosilalari bakterial flavoproteinlar orqali faol hosilalarga qadar qaytariladi. Keyinchalik bu hosilalar ribosomal oqsillar va hujayra oqsillari, nuklein kislotalar (DNK va RNK) sintezi uchun zarur bo‘lgan boshqa birikmalar va hujayra nafas olish jarayonlariga ta'sir ko‘rsatadi. Nitrofuran hosilalari va antibiotiklar hamda sulfanilamidlar kombinatsiyasida nitrofuran hosilalariga nisbatan o‘zaro chidamlilik kuzatilmagan. Farmakokinetika Og‘iz orqali qabul qilinganda furagin juda tez so‘riladi va taxminan 0,5 soat ichida qonda maksimal konsentratsiyaga yetadi. Qon zardobidagi konsentratsiya egri chizig‘i preparatning ochiq, bir kamerali taqsimlanish modelini ko‘rsatadi. Bu konsentratsiyalar terapevtik nuqtai nazardan ahamiyatsiz bo‘lib, taxminan 4,2 mkm/ml ni tashkil qiladi. Furagin qabul qilgan shaxslarda chiqarilish, uning nisbiy biologik o‘zlashtirilishini o‘rganishda aniqlangan, o‘rtacha 6,25 mg/ml ni tashkil qilgan. Adabiyotlarda mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, nitrofuran hosilalarini ayniqsa oqsilga boy ovqat bilan qabul qilish biologik o‘zlashtirilishini 40-50% ga oshiradi va siydik bilan chiqarilishini ko‘paytiradi, ya'ni preparatning siydikdagi konsentratsiyasini oshiradi, bu esa uning samaradorligini oshishiga olib keladi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Preparat organizmdan buyraklar orqali chiqarilgani sababli, buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda dozani oshirib yuborish xavfi yuqori. Dozani oshirib yuborishda quyidagi simptomlar bo‘lishi mumkin: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, allergik reaksiyalar, ko‘ngil aynishi, qusish, anemiya, ataksiya, tremor, neyrotoksik xususiyatli simptomlar.Doza oshirib yuborilganda me'dani yuvish va infuzion eritmalar yuborish tavsiya etiladi. Qon morfologiyasini tekshirish, jigar funksiyasi laborator tahlillarini o‘tkazish va o‘pka funksiyasini monitoring qilish ko‘rsatilgan. Og‘ir holatlarda gemodializ o‘tkazish kerak.Nevritlarning oldini olish uchun B guruhi vitaminlari.