-
Qo'llanilishi
Zaif va o‘rtacha og‘riq sindromi (turli kelib chiqishli) bosh og‘rig‘i, migren, tish og‘rig‘i, nevralgiya, mialgiya, artralgiya, algodisminoreya. O‘tkir respirator kasalliklar (ORK), grippda isitma sindromi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
• Oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi zo‘rayish bosqichida;
• Ovqat hazm qilish yo‘llaridan qon ketishi {shu jumladan anamnezda);
• Jigar va/yoki buyrak funksiyasining og‘ir buzilishlari, podagra;
• Gemorragik diatezlar, gipokoagulyatsiya;
• Ko‘p qon ketish bilan kechadigan jarrohlik aralashuvlari;
• Homiladorlik (I va III trimestr), laktatsiya davri;
• Glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi;
• Glaukoma;
• Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, atsetilsalisil kislotasiga toqat qilmaslik, atsetilsalisil kislotasi, salitsilatlar va boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni qabul qilish bilan induktsiyalangan bronxial astma, burun polipozi;
• Bolalar yoshi (15 yoshgacha - virusli kasalliklar fonida gipertermiya bo‘lgan bolalarda Rey sindromi rivojlanish xavfi);
• Yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, uyqu buzilishlari;
• Yurak-qon tomir tizimining organik kasalliklari (shu jumladan o‘tkir miokard infarkti, ateroskleroz);
• Arterial gipertenziya;
• Portal gipertenziya;
• K vitamini avitaminozi.
Ehtiyotkorlik bilan
Yengil va o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi, transaminazlar darajasining oshishi bilan kechadigan jigar yetishmovchiligi, yaxshi sifatli giperbilirubinemiyalar (shu jumladan Jilber sindromi, alkogolli jigar shikastlanishi), alkogolizm, epilepsiya va tutqanoq xurujlariga moyillik, keksalik yoshi, podagra.
-
Qo'llash usuli
Preparatni analgezik dori vositasi sifatida 5 kundan ortiq va isitmani tushiruvchi sifatida 3 kundan ortiq (shifokor tayinlovi va nazoratisiz) qabul qilmaslik kerak.
Og‘iz orqali (ovqat paytida yoki ovqatdan keyin), har 4 soatda 1 tabletka, og‘riq sindromida 1-2 tabletka; o‘rtacha sutkalik doza - 3-4 tabletka, maksimal sutkalik doza - 8 tabletka.
Davolash kursi - 3-5 kundan oshmasligi kerak.
Oshqozon-ichak yo‘liga ta'sirini kamaytirish uchun tabletkani sut yoki ishqoriy mineral suv bilan ichish tavsiya etiladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Asetilsalisil kislotasi, paratsetamol, kafeinga xos bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalar kuzatilishi mumkin: anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, gastralgiya, trombotsitlar agregatsiyasining pasayishi, me’da-ichak trakti va o‘n ikki barmoqli ichakning eroziya-yarali shikastlanishlari, me’da-ichak qon ketishlari, allergik reaksiyalar, bronxospazm, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (jumladan, Stiven-Jonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), buyrak yetishmovchiligi, jigar yetishmovchiligi, bosh aylanishi, taxikardiya, arterial bosimning oshishi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Kombinatsiyalangan preparat.
Atsetilsalisil kislotasi isitmani tushiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega, ayniqsa yallig‘lanish jarayoni bilan bog‘liq og‘riqni kamaytiradi, shuningdek, trombotsitlar agregatsiyasi va tromb hosil bo‘lishini mo‘tadil darajada susaytiradi, yallig‘lanish o‘chog‘ida mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi.
Kofein orqa miya reflektor qo‘zg‘aluvchanligini oshiradi, nafas olish va tomir harakat markazlarini qo‘zg‘atadi, skelet mushaklari, bosh miya, yurak, buyrak qon tomirlarini kengaytiradi, trombotsitlar agregatsiyasini kamaytiradi; uyquchanlikni, charchoq hissini kamaytiradi. Ushbu kombinatsiyada kofein kichik dozalarda deyarli asab tizimiga stimulyatsion ta’sir ko‘rsatmaydi, biroq miya tomirlar tonusining regulyatsiyasiga yordam beradi.
Paratsetamol analgetik, isitmani tushiruvchi va kuchsiz yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega, bu uning gipotalamusdagi termoregulyatsiya markaziga ta’siri va periferik to‘qimalarda prostaglandinlar (Pg) sintezini inhibe qilish qobiliyatining kuchsiz ifodalanganligi bilan bog‘liq.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Preparatni 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga Reyye sindromi rivojlanishining yuqori xavfi tufayli buyurmaslik kerak. Reyye sindromi uzoq davom etuvchi qusish, o‘tkir ensefalopatiya, jigar kattalashuvi bilan namoyon bo‘ladi.
Atsetilsalisil kislotasi qon ivishini sekinlashtiradi. Agar bemorga jarrohlik aralashuvi kutilayotgan bo‘lsa, preparat qabul qilinayotgani haqida shifokorni oldindan ogohlantirish kerak.
Mochevina kislotasi to‘planishiga moyil bemorlarda preparat qabul qilish podagra xurujini qo‘zg‘atishi mumkin.
Qabul qilish davrida alkogol iste'mol qilishdan tiyilish kerak (oshqozon-ichak qon ketishi va jigar toksik shikastlanishi xavfi oshadi). Atsetilsalisil kislotasi homiladorlikning I trimestrida qo‘llanilganda teratogen ta'sirga ega; III trimestrda - tug‘ruq faoliyatini sekinlashtiradi. Ona suti bilan ajraladi, shuning uchun laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Preparatni bolalar uchun yetib bo‘lmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Geparin, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmagan antikoagulyantlar, rezerpin, steroid gormonlar va gipoglikemik dori vositalarining ta'sirini kuchaytiradi.
Boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, metotreksat bilan bir vaqtda buyurilganda nojo‘ya ta'sirlar rivojlanish xavfi oshadi. Spironolakton, furosemid, gipotenziya dori vositalari, shuningdek, siydik kislotasini chiqarishga yordam beruvchi podagraga qarshi dori vositalarining samaradorligini kamaytiradi.
Barbituratlar, rifampitsin, salitsilamid, antiepileptik dori vositalari va boshqa mikrosomal oksidlanish stimulyatorlari paratsetamolning jigar faoliyatiga ta'sir qiluvchi toksik metabolitlarini hosil bo‘lishiga yordam beradi. Metoklopramid paratsetamolning so‘rilishini tezlashtiradi.
Paratsetamol ta'sirida xloramfenikolning chiqarilish vaqti 5 barobar oshadi. Takroriy qabul qilinganda paratsetamol antikoagulyantlar (dikumarinderivatlari) ta'sirini kuchaytirishi mumkin. Kofein ergotamin so‘rilishini tezlashtiradi.
Preparat va spirtli suyuqliklarni bir vaqtda qabul qilish jigar toksik shikastlanishi xavfini oshiradi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Tavsiya etilgan doza va qo‘llash davomiyligini oshirmaslik kerak!
Sintomlari
- yengil intoksikatsiyada ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i, bosh aylanishi, quloqda shovqin;
- og‘ir intoksikatsiyada sustlik, uyquchanlik, kollaps, tutqanoq, nafas olishning qiyinlashuvi, anuriya, qon ketishlar.
Davolash: oshqozonni faol ko‘mir yordamida yuvish, simptomatik terapiya, moddalar almashinuvi holatiga qarab natriy gidrokarbonat, natriy sitrat yoki natriy laktat kiritish, bu asetilsalisil kislotasining chiqarilishini siydikni ishqoriylashtirish hisobiga kuchaytiradi.