Farmakologik xususiyatlari
Taxminan 2 ml/min tezlikda (suyultirilmagan TSITOFLAVIN® hisobida) tomir ichiga infuziya qilinganda, yantar kislotasi va inozin deyarli darhol utilizatsiya qilinadi va qon plazmasida aniqlanmaydi.
Yantar kislotasi: konsentratsiya cho‘qqisi yuborilgandan keyin birinchi daqiqa davomida aniqlanadi, keyinchalik tez pasayadi, kumulyatsiyasiz va fermentativ parchalanish natijasida suv va uglerod gaziga aylanishi bilan uning darajasi asosiy qiymatlarga qaytadi.
Inozin jigar orqali metabolizatsiyalanadi, inozinmonofosfat hosil bo‘ladi va keyinchalik siydik kislotasigacha oksidlanadi. Kam miqdorda buyraklar orqali chiqariladi.
Nikotinamid barcha to‘qimalarda tez taqsimlanadi, platsenta va ko‘krak sutiga o‘tadi, jigar orqali N-metilnikotinamid hosil bo‘lishi bilan metabolizatsiyalanadi, buyraklar orqali chiqariladi. Plazmadan yarim chiqarilish davri taxminan 1,3 soat, muvozanat taqsimlanish hajmi taxminan 60 l, umumiy klirens taxminan 0,6 l/min.
Riboflavin notekis taqsimlanadi: eng ko‘p miqdori miokard, jigar va buyraklarda. Plazmadan yarim chiqarilish davri taxminan 2 soat, muvozanat taqsimlanish hajmi taxminan 40 l, umumiy klirens taxminan 0,3 l/min. Platsenta va ko‘krak sutiga o‘tadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 60%. Buyraklar orqali chiqariladi, qisman metabolit shaklida; yuqori dozalarda asosan o‘zgarmagan holda chiqariladi.