Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Siprofloksatsin 500 mg № 100 tabletka
Siprofloksatsin 500 mg № 100 tabletka
Ishlab chiqaruvchi: Navbahor Sanoat, ООО
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    18 yoshdan

  • ico
    Diabetiklar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Qonunchilikka muvofiq, gormonal preparatlar va antibiotiklarni elektron retseptsiz sotish mumkin emas.
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari siprofloksatsin 500 mg № 100 tabletka
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
  • Dozalash
    500 mg
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    100 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    faol modda: tsiprofloksatsin gidroxloridi tsiprofloksatsinga hisoblaganda 250 mg, 500 mg, 750 mg.
    yordamchi moddalari: makkajo‘xori kraxmaliK, kollidon CL, sut shakari, mikrokristallik tsellyuloza, magniy stearati, talk;
    qobiq: gipromelloza, makrogol 4000, propilenglikol, talk, titan dioksidi.
  • Qo'llanilishi
    Tsiprofloksasinga sezgir mikroorganizmlar keltirib chiqargan infeksiyalar va yallig‘lanish kasalliklari.
    Kattalar bemorlar uchun:
    - nafas yo‘llari infeksiyalari. Tsiprofloksasin quyidagi mikroorganizmlar keltirib chiqargan pnevmoniyalarda tavsiya etiladi: Klebsiella spp., Enterobacter spp., Proteus spp., Escherichia coli, Pseudomonas aeruginosa, Haemophilus spp., Moraxella catarrhalis, Legionella spp. va stafilokokklar;
    - o‘rta quloq infeksiyalari (o‘rta otit), yondosh bo‘shliqlar infeksiyalari (sinusit), ayniqsa ushbu infeksiyalar grammanfiy mikroorganizmlar, jumladan Pseudomonas aeruginosa yoki stafilokokklar bilan chaqirilgan bo‘lsa;
    - buyrak va siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalari;
    - jinsiy a’zolar infeksiyalari, jumladan adneksit, gonoreya, prostatit;
    - ko‘z infeksiyalari;
    - ovqat hazm qilish tizimi (oshqozon-ichak trakti bakterial infeksiyalari, shu jumladan og‘iz, tishlar, jag‘, peritonit), o‘t pufagi va o‘t yo‘llari infeksiyalari;
    - teri, shilliq qavatlar va yumshoq to‘qimalar infeksiyalari;
    - sepsis;
    - tayanch-harakat apparati infeksiyalari;
    - Neisseria meningitidis keltirib chiqargan invaziv infeksiyalarning profilaktikasi;
    - qorin bo‘shlig‘i infeksiyalari;
    Tsiprofloksasin immuniteti pasaygan bemorlarda (immunodepressiv terapiyada) infeksiyalarni oldini olish va davolash uchun, shuningdek, bolalarda va kattalarda Bacillus anthracis bilan infeksiyalanishda o‘pka shaklidagi sibir yara kasalligini oldini olish va davolash uchun ko‘rsatilgan.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    - tsiprofloksasinga yoki ftorxinolonlar guruhiga mansub boshqa preparatlarga yuqori sezuvchanlik;
    - tizanidin bilan bir vaqtda qabul qilish (arterial bosimning sezilarli pasayishi, uyquchanlik xavfi);
    - homiladorlik;
    - laktatsiya davri;
    - 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar yoshi; (faqat 5 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Bacillus anthracis bilan infeksiyalanishda o‘pka shaklidagi sibir yara kasalligini oldini olish va davolashdan tashqari).
    - soxta membranoz kolit.
    Extiyotkorlik bilan - bosh miya tomirlarining og‘ir aterosklerozi, miya qon aylanishining buzilishi, ruhiy kasalliklar, epilepsiya, og‘ir buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, xinolonlar qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan pay kasalliklari tarixi bo‘lgan bemorlar, keksalik yoshi, tug‘ma Q-T intervalining uzayish sindromi, yurak kasalliklari (yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti, bradikardiya), elektrolit muvozanatsizligi (gipokaliemiya, giponatriemiya). Q-T intervalini uzaytiruvchi dori vositalarini bir vaqtda qabul qilish (jumladan, I A va III sinf antiaritmiklar), CYP450 1A2 izofermentlari tomonidan metabolizmlanadigan dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash (jumladan, teofillin, kofein, duloksetin, klozapin).
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Har qanday dori vositasi kabi, TSIPROFLOKSATSIN-NIKA ham nojo‘ya reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin, garchi ular har doim ham har bir bemorda namoyon bo‘lmasa ham. Ayrim hollarda quyidagi nojo‘ya reaksiyalar mumkin. infeksion va parazitar kasalliklar: tez-tez emas - mikotik superinfeksiyalar; kamdan-kam - kolit (juda kam hollarda o‘lim bilan yakunlanishi mumkin); gemopoez tizimi tomonidan: tez-tez emas — eozinofiliya; kamdan-kam — leykopeniya, anemiya, neyropeniya, leykotsitoz, trombotsitopeniya, trombotsitemiya; juda kam - gemolitik anemiya, agranulotsitoz, panstsitopeniya (hayot uchun xavfli), suyak iligi bostirilishi (hayot uchun xavfli); immun tizimi tomonidan: kamdan-kam - allergik reaksiyalar, allergik shish/angionevrotik shish; juda kam-anafilaktik reaksiyalar, anafilaktik shok (hayot uchun xavfli), zardob kasalligi; almashinuv va ovqatlanish tomonidan: tez-tez emas - ishtaha va ovqat qabul qilish miqdorining kamayishi; kamdan-kam — giperglikemiya, gipoglikemiya; psixik buzilishlar: tez-tez emas — psixomotor giperkativlik/agitatsiya; kamdan-kam - ongning chalkashligi va dezorientatsiya, tashvish, uyqu buzilishi, depressiya, gallyutsinatsiyalar; juda kam-psixotik reaksiyalar; markaziy asab tizimi tomonidan: tez-tez emas — bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqu buzilishi, ta’m buzilishi; kamdan-kam - paresteziya va dizesteziya, gipesteziya, tremor, tutqanoq (epileptik xurujlarni o‘z ichiga oladi), vertigo; juda kam — migren, harakatlarni muvofiqlashtirish buzilishi, hid bilish buzilishi, gipereziya, bosh ichki gipertenziya (miya soxta o‘smali simptomatika); tez-tezligi noma’lum - periferik neyropatiya va polineyropatiya; ko‘rish organi tomonidan: kamdan-kam- ko‘rish buzilishi; juda kam - rangni idrok etish buzilishi; eshitish organi va labirint buzilishlari tomonidan: kamdan-kam - quloqda shovqin, eshitish yo‘qolishi; juda kam - eshitish buzilishi; yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kamdan-kam - taxikardiya, vazodilatatsiya, arterial bosimning pasayishi, hushdan ketish; juda kam - vaskulit; tez-tezligi noma’lum - QT intervalining uzayishi, qorinchalar aritmiyalari (shu jumladan «piruet» turi); nafas olish tizimi tomonidan: kamdan-kam - nafas olish buzilishi (shu jumladan bronxospazm); me’da-ichak trakti tomonidan: tez-tez — ko‘ngil aynishi, diareya; tez-tez emas — qusish, qorin og‘rig‘i, dispepsiya, meteorizm; juda kam pankreatit; jigar va o‘t yo‘llari tomonidan: tez-tez emas - «jigar» transaminazalarining faolligi oshishi, bilirubin konsentratsiyasining oshishi; kamdan-kam - jigar funksiyasi buzilishi, sariqlik, gepatit (infeksion bo‘lmagan); juda kam - jigar to‘qimalari nekrozi (juda kam hollarda hayot uchun xavfli jigar yetishmovchiligiga rivojlanishi mumkin); teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: tez-tez emas - toshma, qichishish, eshakemi; kamdan-kam - fotosensibilizatsiya, pufakchalar hosil bo‘lishi; juda kam - petechiyalar, kichik shaklli ko‘p shaklli eritema, tugunli eritema, Stivens-Jonson sindromi (yomon sifatli ekssudativ eritema), shu jumladan potentsial hayot uchun xavfli, Layell sindromi (toksik epidermal nekroliz), shu jumladan potentsial hayot uchun xavfli; tez-tezligi noma’lum- o‘tkir generalizatsiyalashgan pustulyoz ekzantema; skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan: tez-tez emas — artralgia; kamdan-kam - mialgiya, artrit, mushak tonusining oshishi, mushaklarda tutqanoq; juda kam - mushak zaifligi, tendinit, paylarning uzilishi (asosan axill paylari), miasteniya simptomlarining kuchayishi; buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan: tez-tez emas — buyrak funksiyasi buzilishi; kamdan-kam - buyrak yetishmovchiligi, gematuriya, kristalluriya, tubulointerstitsial nefrite; umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: tez-tez emas — noaniq etiologiyali og‘riq sindromi, umumiy holsizlik, isitma; kamdan-kam - shishlar, terlash (gipergidroz); juda kam - yurish buzilishi; laborator ko‘rsatkichlar: tez-tez emas - qonda ishqoriy fosfataza faolligining oshishi; kamdan-kam - protrombin miqdorining o‘zgarishi, amilaza faolligining oshishi; tez-tezligi noma’lum - MNO oshishi (K vitamini antagonistlarini qabul qilayotgan bemorlarda); Bolalar Bolalarda artropatiya rivojlanishi tez-tez kuzatilgan. Artropatiya (artralgia, artrit) tez-tezligi kattalar bemorlardagi klinik tadqiqotlarga asoslanadi. Bolalarda artropatiya namoyon bo‘lishi tez-tez deb baholanadi. Agar Sizda ushbu varaqada ko‘rsatilmagan boshqa nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lsa, iltimos, shifokoringizga, farmatsevtga yoki ishlab chiqaruvchiga xabar bering. 
  • Farmakologik xususiyatlari
    Fluorxinolonlar guruhiga mansub keng ta'sir doirasiga ega antimikrob preparat. Bakteritsid ta'sir ko'rsatadi. Preparat bakteriyalarning DNK-giraz fermentini ingibitsiya qiladi, natijada DNK replikatsiyasi va bakteriya hujayra oqsillarining sintezi buziladi. Tsiprofloksatsin ham ko'payayotgan, ham tinch holatda bo'lgan mikroorganizmlarga ta'sir qiladi. Tsiprofloksatsinga quyidagi grammanfiy aerob bakteriyalar sezgir: Escherichia coli, Salmonella spp., Shigella spp., Citrobacter spp., Klebsiella spp., Enterobacter spp., Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Serratia marcescens, Hafnia alvei, Edwardsiella tarda, Providencia spp., Morganella morganii, Vibrio spp., Yersinia spp., Haemophilus spp., Pseudomonas aeruginosa, Moraxella catarrhalis, Aeromonas spp., Pasteurella multocida, Plesiomonas shigelloides, Campylobacter jejuni, Neisseria spp.; ayrim hujayra ichidagi qo'zg'atuvchilar: Legionella pneumophila, Brucella spp., Chlamydia trachomatis, Listeria monocytogenes, Mycobacterium tuberculosis, Mycobacterium kansasii, Mycobacterium avium-intracellulare.
    Tsiprofloksatsinga shuningdek, quyidagi gram-musbat aerob bakteriyalar sezgir: Staphylococcus spp. (Staphylococcus aureus, Staphylococcus haemolyticus, Staphylococcus hominis, Staphylococcus saprophyticus), Streptococcus spp. (Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae). Metitsillin-ga chidamli stafilokokklarning aksariyati tsiprofloksatsinga ham chidamli. Streptococcus pneumoniae va Enterococcus faecalis bakteriyalarining sezgirligi o'rtacha.
    In vitro sharoitida ham, preparatning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi (surrogat marker sifatida) bo'yicha tadqiqot natijalariga ko'ra, Bacillus anthracis ham tsiprofloksatsinga sezgir.
    Quyidagi mikroorganizmlar preparatga rezistent: Corynebacterium spp., Bacteroides fragilis, Pseudomonas cepacia, Pseudomonas maltophilia, Ureaplasma urealyticum, Clostridium difficile, Nocardia asteroides. Preparatning Treponema pallidum ga nisbatan ta'siri yetarlicha o'rganilmagan.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Og‘ir infeksiyalar, stafilokokk infeksiyalari va anaerob bakteriyalar bilan bog‘liq infeksiyalarni davolashda, ципрофлоксацин mos antibakterial vositalar bilan birga qo‘llanilishi kerak.
    Tsiprofloksatsin Streptococcus pneumoniae tomonidan chaqirilgan yoki gumon qilingan pnevmoniyada tanlov preparati emas.
    Kristalluriyaning rivojlanishini oldini olish uchun tavsiya etilgan sutkalik doza oshirilmasligi, yetarli suyuqlik iste’mol qilinishi va siydikning kislotali muhitda saqlanishi zarur.
    Davolash davomida yuqori e’tibor va tez psixik va harakat reaksiyalarini talab qiladigan potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak.
    Epilepsiya, tutqanoq xurujlari tarixi, tomir kasalliklari va bosh miya organik shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarga, markaziy asab tizimi tomonidan nojo‘ya reaksiyalar xavfi tufayli, Tsiprofloksatsin faqat «hayotiy» ko‘rsatmalar bo‘yicha buyurilishi kerak.
    Davolash vaqtida yoki undan keyin og‘ir va uzoq davom etuvchi diareya paydo bo‘lsa, darhol preparatni bekor qilish va mos davolashni tayinlashni talab qiladigan soxta membranoz kolit tashxisini istisno qilish kerak.
    Paylarda og‘riq yoki tendovaginitning birinchi belgilari paydo bo‘lsa, davolashni to‘xtatish kerak (ftorxinolonlar bilan davolash vaqtida paylarning yallig‘lanishi va hatto uzilishi holatlari qayd etilgan).
    Davolash davrida UF-nurlanishidan (shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari bilan kontaktdan) saqlanish kerak. Og‘ir infeksiyalar, stafilokokk infeksiyalari va anaerob bakteriyalar bilan bog‘liq infeksiyalarni davolashda, Tsiprofloksatsin mos antibakterial vositalar bilan birga qo‘llanilishi kerak.
    Ftorxinolonlarga chidamli Neisseria gonorrhoeae shtammlari bilan bog‘liq deb taxmin qilinayotgan infeksiyalarda, Tsiprofloksatsinga mahalliy rezistentlik haqidagi ma’lumotlarni hisobga olish va patogen sezgirligini laboratoriya testlarida tasdiqlash kerak.
    Kamdan-kam hollarda birinchi qo‘llashdan so‘ng anafilaktik reaksiyalar, hatto anafilaktik shok rivojlanishi mumkin. Bunday hollarda Tsiprofloksatsin qo‘llashni darhol to‘xtatish va mos davolash o‘tkazish kerak. Markaziy asab tizimi tomonidan nojo‘ya reaksiyalar preparatning birinchi qo‘llanishidan so‘ng paydo bo‘lishi mumkin. Juda kam hollarda psixoz o‘z joniga qasd qilishga urinishlar bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda preparatni darhol to‘xtatish va bu haqda shifokorga xabar berish kerak.
    Tsiprofloksatsin CYP 450 1A 2 izofermentining o‘rtacha darajadagi ingibitori hisoblanadi. Tsiprofloksatsin va ushbu izofermentlar tomonidan metabolizmlanadigan preparatlarni (shu jumladan teofillin, kofein, duloksetin, klozapin) birga qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki Tsiprofloksatsin ularning metabolizmini ingibitsiyalash natijasida ushbu preparatlarning qon zardobidagi konsentratsiyasi oshishi va o‘ziga xos nojo‘ya reaksiyalar chaqirishi mumkin.
    In vitro laboratoriya testlarida Tsiprofloksatsin Mycobacterium spp. o‘sishini to‘xtatadi, bu esa Tsiprofloksatsin qabul qilayotgan bemorlarda ushbu patogenni diagnostika qilishda soxta manfiy natijalarga olib kelishi mumkin.
    Keksalar orasida qo‘llanilishi
    Keksalarda pay kasalliklari yoki ilgari glyukokortikosteroidlar bilan davolangan bemorlarda paylarning uzilishi (asosan axill payi) holatlari kuzatilishi mumkin.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Nargiza
    ico ico ico ico ico
    Таблетки работают как часы, спасибо магазину Oxymed за отличный товар!
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilshod
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество и быстрая доставка. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico