-
Tarkibi
100 ml preparat tarkibida
faol modda – tsiprofloksatsin 200 mg,
yordamchi moddalari: natriy xlorid, sut kislotasi, dinatriy edetat, limon kislotasi monogidrat, natriy gidroksid, xlorid kislotasi, in'ektsiya uchun suv.
-
Qo'llanilishi
Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infeksion-yallig‘lanish kasalliklari:
o‘tkir bronxit, surunkali bronxitning zo‘rayishi, mukovissidoz, pnevmoniya
buyrak va siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalari (tsistit, pielonefrit);
gonoreya, tug‘ruqdan keyingi infeksiyalar, genital infeksiyalar (prostatit, adneksit)
o‘rta otit, sinusit
peritonit, xoletsistit, xolangit
grammanfiy bakteriyalar chaqirgan teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalari
septik artrit, osteomiyelit
sepsis
immuniteti pasaygan bemorlarda (immunodepressiv terapiya fonida) infeksiyalarni oldini olish va davolash
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
tsiprofloksasinga yoki ftorxinolonlar guruhiga mansub boshqa preparatlarga, preparatning yordamchi komponentlariga yuqori sezuvchanlik
soxta membranoz kolit
glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi
homiladorlik, laktatsiya davri
18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar yoshi
tizanidin bilan bir vaqtda qabul qilish
Preparatni miya tomirlarining aterosklerozida, miya qon aylanishining buzilishlarida, ruhiy kasalliklarda, epilepsiyada, tutqanoq sindromida, og‘ir buyrak yoki jigar yetishmovchiligida, keksalar yoshidagi bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
-
Qo'llash usuli
Kattalarga siydik chiqarish yo‘llarining asoratsiz infeksiyalari, pastki nafas yo‘llari infeksiyalarida bir martalik doza 400 mg ni tashkil etadi, asoratli siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalari, og‘ir infeksiyalarda – bir martalik doza 400 mg; qabul qilish tez-tezligi kuniga 2 marta. Zaruriyat tug‘ilganda, Pseudomonas, stafilokokklar yoki Streptococcus pneumoniae tomonidan chaqirilgan ayniqsa og‘ir, hayot uchun xavfli yoki qaytalanuvchi infeksiyalarda vena ichiga davolashda doza 400 mg gacha oshirilishi va qabul qilish tez-tezligi kuniga 3 martagacha yetkazilishi mumkin.
Prostatitda 400 mg dan kuniga 2 martadan 400 mg dan kuniga 3 martagacha. Davolash kursi 2-4 hafta.
Pseudomonas aeruginosa tomonidan chaqirilgan o‘pka muovovistsidozi asoratlarini davolash uchun 5 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tana vazniga 10 mg/kg dan kuniga 3 marta vena ichiga buyuriladi (maksimal doza 1200 mg). Davolash davomiyligi 10-14 kun.
Buyrak yoki jigar funksiyasi buzilganida dozalash tartibi
Kattalarga kreatinin klirensi 30 dan 60 ml/min/1,73 m2 gacha yoki plazmadagi konsentratsiyasi 1,4 dan 1,9 mg/100 ml gacha bo‘lsa, ципрофлоксацин maksimal doza vena ichiga 800 mg/kun (200-400 mg har 12 soatda) bo‘lishi kerak. Kreatinin klirensi 30 ml/min/1,73 m2 dan past yoki plazmadagi konsentratsiyasi 2 mg/100 ml va undan yuqori bo‘lsa, ципрофлоксацин maksimal doza vena ichiga 400 mg/kun (200-400 mg har 24 soatda) bo‘lishi kerak.
Gemodializda bo‘lgan bemorlarga dozalash tartibi: 200-400 mg har 24 soatda; gemodializ kunlarida ципрофлоксацин ushbu muolajadan keyin qabul qilinadi. Peritoneal dializda bo‘lgan bemorlarga: 200-400 mg har 24 soatda. ципрофлоксацин infuzion eritmasi dializatga (ichki qorin bo‘shlig‘iga) qo‘shiladi: 1 litr dializatga 50 mg ципрофлоксацин kiritiladi, kuniga 4 marta har 6 soatda yuboriladi.
Jigar funksiyasi buzilganida doza tuzatish talab qilinmaydi.
Buyrak va jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bolalarda dozalash tartibi o‘rganilmagan. Qariyalarga doza 30% ga kamaytiriladi.
Qo‘llash davomiyligi
Terapiyaning davomiyligi kasallik og‘irligi va uning klinik va bakteriologik nazoratiga bog‘liq. Davolashni, kamida, isitma yoki kasallikning boshqa klinik simptomlari yo‘qolganidan keyin yana 3 kun davom ettirish muhim.
Davolashning o‘rtacha davomiyligi: buyrak, siydik chiqarish yo‘llari, qorin bo‘shlig‘i infeksiyalarida 7 kungacha; immuniteti zaif bemorlarda neytropeniya davri davomida; osteomielitda maksimal 2 oy; boshqa infeksiyalarda 7-14 kun.
Streptokokklar chaqirgan infeksiyalarda, kech asoratlar xavfi tufayli, davolash kamida 10 kun davom etishi kerak.
Xlamidiyalar chaqirgan infeksiyalarda ham terapiya kamida 10 kun davom etishi kerak.
Infuzion eritmani qo‘llash usuli
Preparat vena ichiga tomchilab 30 daqiqa davomida (200 mg dozada) va 60 daqiqa davomida (400 mg dozada) yuboriladi.
Infuzion eritma yirik vena ichiga yuborilishi kerak, bu infuziya joyida asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Infuzion eritma alohida yoki boshqa mos infuzion eritmalar bilan birga yuborilishi mumkin.
Boshqa eritmalar bilan mosligi
Ципрофлоксацин infuzion eritmasi 0,9% natriy xlorid eritmasi, Ringer eritmasi, Ringer laktat eritmasi, 5% va 10% dekstroza (glyukoza) eritmasi bilan mos keladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Tez-tez(≥1/100 dan <1/10 gacha)
- ko'ngil aynishi, diareya
- in'ektsiya joyida mahalliy reaksiyalar
Kamdan-kam(≥1/1000 dan <1/100 gacha)
- anoreksiya
- psixomotor giperkativlik/ajitatsiya
- bosh aylanishi, bosh og'rig'i, uyqusizlik
- ta'm buzilishi, qusish, qorin og'rig'i, dispepsiya, meteorizm
- ishtahaning pasayishi
- "jigar" transaminazalari va shchelochnoy fosfataza faolligining oshishi, giperbilirubinemiya, amilaza oshishi
- teri qichishishi, toshma, eshakemi
- oyoq-qo'llarda, orqada, ko'krakda og'riq
- artralgia
- eozinofiliya
- buyrak yetishmovchiligi
- asteniya, isitma
Kam(≥1/10000 dan <1/1000 gacha)
- superinfeksiyalar (kandidoz, soxta membranoz kolit, juda kam hollarda o'lim bilan yakunlanishi mumkin)
- leyopeniya, anemiya, neytropeniya, leykozitoz, trombotsitopeniya, trombotsitoz
- allergik reaksiyalar
- angionevrotik shish, shu jumladan yuz yoki hiqildoq shishi
- giperglikemiya, giper kreatininemiya, gipoprothrombinemiya
- koordinatsiya buzilishi, charchoqlik, xavotir, "dahshatli" tushlar
- depressiya (ba'zan o'z joniga qasd qilish fikrlari/xatti-harakatlariga o'tuvchi, bemor o'ziga zarar yetkazishi yoki o'z joniga qasd qilishi mumkin), gallyutsinatsiyalar
- xavotir, tremor, tutqanoq, shu jumladan epileptik status, periferik paralgeziya (og'riq hissiyotining anomaliyasi), bosh aylanishi
- paresteziya, dizesteziya, periferik neyropatiya
- ko'rish buzilishi (diplopiya)
- quloqda shovqin, eshitishning pasayishi
- taxikardiya
- vazodilatatsiya, gipotenziya, qorinchalar aritmiyasi, vaskulit, hushdan ketish
- nafas qisilishi (shu jumladan astma)
- xolestatik sariqlik (ayniqsa, ilgari jigar kasalliklari bo'lgan bemorlarda), gepatit, jigar yetishmovchiligi
- fotosensibilizatsiya
- artrit, mialgiya, mushak tonusining oshishi, mushak spazmi
- buyrak yetishmovchiligi, gematuriya, kristalluriya (asosan ishqoriy siydik va past diurezda), tubulointerstitsial nefrite
- shishlar, terlash (gipergidroz)
Juda kam(<1/10000)
- gemolitik anemiya, agranulotsitoz, panstsitopeniya (hayot uchun xavfli), gemopoezning bostirilishi (hayot uchun xavfli)
- anafilaktik reaksiyalar, anafilaktik shok (hayot uchun xavfli), zardob kasalligi
- psixotik reaksiyalar (ba'zan o'z joniga qasd qilish fikrlari/xatti-harakatlariga o'tuvchi, bemor o'ziga zarar yetkazishi yoki o'z joniga qasd qilishi mumkin)
- migren, koordinatsiya buzilishi, ongning chalkashishi, yurish buzilishi, ta'm va hid bilish buzilishi, bosh ichki bosimining oshishi
- ko'rish buzilishi (diplopiya, ranglarni idrok etishning o'zgarishi)
- pankreatit
- vaskulit
- gepatonekroz (juda kam hollarda hayot uchun xavfli jigar yetishmovchiligiga o'tuvchi)
- dizuriya, poliuriya, siydik tutilishi, albuminuriya, uretral qon ketishi, albuminuriya, buyraklarning azot chiqarish funksiyasining pasayishi, interstitsial nefrite
- terida nuqtali qon quyilishlar (petexiyalar), tugunli eritema, ko'p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Jonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi)
- pufakchalar hosil bo'lishi
- o'tkir generalizatsiyalashgan pustulyoz
- yuzga "qon yugurishi"
- paylarning uzilishi, asosan Axilles payi, tendovaginit,
mushak zaifligi, miasteniya gravis simptomlarining kuchayishi, artropatiya
Noma'lum tezlikda
- periferik neyropatiya
- yurak ritmi buzilishi, torsades de pointes (asosan QT intervali uzayishi xavf omiliga ega bemorlarda), EKGda QT intervalining uzayishi
- o'tkir generalizatsiyalashgan ekzantematoz pustulyoz
- MNO oshishi (xalqaro normallashtirilgan ko'rsatkich (K vitamini antagonistlarini olgan bemorlarda))
- dispnoe (shu jumladan astmatik holat)
-
Farmakologik xususiyatlari
Ftorxinolonlar guruhiga mansub keng ta'sir doirasiga ega antimikrob preparat. Bakteritsid ta'sir ko‘rsatadi. Bakteriyalarning DNK-giraz fermentini ingibitsiya qiladi, natijada DNK replikatsiyasi va bakteriya hujayra oqsillarining sintezi buziladi. Tsiprofloksasin ko‘payayotgan mikroorganizmlarga ham, tinch holatda bo‘lgan mikroorganizmlarga ham ta'sir ko‘rsatadi.
Preparat quyidagi grammanfiy bakteriyalarga nisbatan faol: Escherichia coli, Salmonella spp., Shigella spp., Citrobacter spp., Klebsiella spp., Enterobacter spp., Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Serratia marcescens, Hafnia alvei, Edwardsiella tarda, Providencia spp., Morganella morganii, Vibrio spp., Yersinia spp., Haemophilus spp., Pseudomonas aeruginosa, Moraxella catarrhalis, Aeromonas spp., Pasteurella multocida, Plesiomonas shigelloides, Campylobacter jejuni, Neisseria spp.; hujayra ichidagi mikroorganizmlar: Legionella pneumophila, Brucella spp., Chlamydia trachomatis, Listeria monocytogenes, Mycobacterium tuberculosis, Mycobacterium kansasii, Mycobacterium avium-intracellulare; grammusbat bakteriyalar: Streptococcus spp. (shu jumladan Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae), Staphylococcus spp. (shu jumladan Staphylococcus aureus, Staphylococcus haemolyticus, Staphylococcus hominis, Staphylococcus saprophyticus). Metitsillinga chidamli stafilokokklarning aksariyati tsiprofloksasinga ham chidamli.
Preparatga o‘rtacha sezuvchan: Streptococcus pneumoniae, Enterococcus faecalis; chidamli: Corynebacterium spp., Bacteroides fragilis, Pseudomonas cepacia, Pseudomonas maltophila, Ureaplasma urealyticum, Clostridium difficile, Nocardia asteroids, Treponema pallidum.
Tsiproksa qabul qilinganda giraza ingibitorlari guruhiga kirmaydigan boshqa antibiotiklarga nisbatan parallel chidamlilik rivojlanmaydi, bu esa uni aminoglikozidlar, penisillinlar, sefalosporinlar, tetratsiklinlarga chidamli bakteriyalarga nisbatan yuqori samarali qiladi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Og‘ir infeksiyalar va gram-musbat hamda anaerob patogenlar chaqirgan aralash infeksiyalar
Tsiprofloksatsin bilan monoterapiya og‘ir infeksiyalar va gram-musbat yoki anaerob patogenlar chaqirgan infeksiyalarni davolash uchun mos emas. Bunday infeksiyalarda Tsiproks boshqa mos antibakterial vositalar bilan birga buyurilishi kerak.
Streptokokk infeksiyalari (shu jumladan Streptococcus pneumoniae)
Tsiproks streptokokk infeksiyalarini davolash uchun yetarli samaradorlikka ega emasligi sababli tavsiya etilmaydi.
Jinsiy yo‘llar infeksiyalari
Orxoepididimit va kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklari ftorxinolonlarga chidamli gonokokklar tomonidan chaqirilishi mumkin. Orxoepididimit va kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklarida Tsiproksni faqat boshqa mos antibakterial vosita (masalan, tsefalosporinlar) bilan birga qo‘llash ko‘rib chiqilishi kerak, chunki gonokokklarda tsiprofloksatsinga chidamlilikni istisno qilib bo‘lmaydi. Agar davolashning 3-kunida klinik yaxshilanish bo‘lmasa, terapiya qayta ko‘rib chiqilishi kerak.
Siydik yo‘llari infeksiyalari
Ichak tayoqchasi ftorxinolonlarga chidamliligini hisobga olish tavsiya etiladi.
Intraabdominal infeksiyalar
Tsiprofloksatsin bilan operatsiyadan keyingi intraabdominal infeksiyalarni davolash samaradorligi bo‘yicha ma’lumotlar cheklangan.
Sayohatchilar diareyasi
Dori tanlashda tashrif buyurilayotgan mamlakatlarda mos patogenlarning tsiprofloksatsinga chidamliligi haqidagi ma’lumotlarni hisobga olish kerak.
Suyak va bo‘g‘im infeksiyalari
Tsiproks mikrobiologik ma’lumotlarga asoslanib, boshqa antimikrob vositalar bilan birga qo‘llanishi kerak.
Murakkab siydik yo‘llari infeksiyalari va pielonefrit
Tsiproks bilan siydik yo‘llari infeksiyalarini davolash faqat boshqa davolash usullari qo‘llanilmaydigan hollarda va mikrobiologik ma’lumotlarga asoslanib ko‘rib chiqilishi kerak.
Boshqa og‘ir infeksiyalar
Boshqa og‘ir infeksiyalarni davolash rasmiy tavsiyalarga muvofiq yoki foyda/riskni sinchiklab baholagandan so‘ng, boshqa davolash usullari qo‘llanilmaydigan hollarda yoki odatdagi terapiya samarasiz bo‘lsa va mikrobiologik ma’lumotlar Tsiproksni qo‘llashni asoslab bera olsa amalga oshiriladi. Yuqorida ko‘rsatilmagan aniq og‘ir infeksiyalar uchun tsiprofloksatsin qo‘llanilishi klinik sinovlarda o‘rganilmagan va klinik tajriba cheklangan.
Yuqori sezuvchanlik
Gipersensitivlik va allergik reaksiyalar, shu jumladan anafilaktik shok va anafilaktoid reaksiyalar, tsiprofloksatsin bir marta qabul qilingandan keyin ham yuzaga kelishi va hayot uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Agar bunday reaksiya yuzaga kelsa, Tsiproksni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Suyak-mushak tizimi
Tsiproks xinolonlar bilan bog‘liq pay kasalliklari bo‘lgan bemorlarga buyurilmasligi kerak. Tsiproks mikrobiologik tekshiruvlar va foyda/risk baholashidan so‘ng, ba’zi og‘ir infeksiyalarni davolashda, standart terapiya samarasiz bo‘lsa yoki bakterial chidamlilikda buyurilishi mumkin. Tendinit va pay uzilishi (ayniqsa Axilles payi), ba’zan ikki tomonlama, Tsiproksni qo‘llashda, hatto davolashning dastlabki 48 soatida ham yuzaga kelishi mumkin. Paylarning yallig‘lanishi va uzilishi Tsiproks bilan davolash to‘xtatilgandan keyin ham bir necha oydan so‘ng yuzaga kelishi mumkin. Tendopatiya xavfi keksa bemorlarda yoki bir vaqtda kortikosteroidlar qabul qilayotgan bemorlarda oshishi mumkin. Tendinit (og‘riqli shish, yallig‘lanish) gumon qilinganda Tsiproks bilan davolashni to‘xtatish kerak. Zararlangan a’zoni tinch holatda ushlab turish kerak. Tsiprofloksatsin miasteniya bilan kasallangan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilishi kerak.
Fotosensibilizatsiya
Tsiproks qabul qilayotgan bemorlar davolash davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlaridan saqlanishlari kerak.
Markaziy asab tizimi
Tsiproks, boshqa xinolonlar kabi, tutqanoq yoki tutqanoq chegarasining pasayishiga olib kelishi mumkin. Epileptik status holatlari haqida xabar berilgan. Tsiproks markaziy asab tizimi buzilishi bo‘lgan, tutqanoqqa moyil bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilishi kerak. Tutqanoq paydo bo‘lsa, Tsiproks qabul qilishni to‘xtatish kerak. Psixik reaksiyalar hatto Tsiproksning birinchi qabulidan keyin ham yuzaga kelishi mumkin. Kamdan-kam hollarda depressiya yoki psixoz o‘z joniga qasd qilish fikrlari/xatti-harakatlariga olib kelishi mumkin, bunda bemor o‘ziga zarar yetkazishi yoki o‘z joniga qasd qilishi mumkin. Bunday hollarda Tsiproksni bekor qilish kerak.
Polinevropatiya holatlari (nevrologik simptomlar asosida, masalan, og‘riq, kuydiruvchi hissiyot, sezuvchanlik buzilishi yoki mushak zaifligi, alohida yoki birgalikda) tsiprofloksatsin qabul qilgan bemorlarda qayd etilgan. Neyropatiya simptomlari, jumladan og‘riq, kuydiruvchi hissiyot, qitiqlanish, uvishish va/yoki zaiflik paydo bo‘lsa, Tsiproksni bekor qilish kerak, bu qaytmas holatlarning rivojlanishini oldini olish uchun.
Yurak kasalliklari
Ftorxinolonlarni, shu jumladan Tsiproksni, QT intervalining uzayish xavf omillari bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, masalan:
- tug‘ma QT intervalining uzayish sindromi
- QT intervalini uzaytiruvchi preparatlarni bir vaqtda qo‘llash (IA va III sinf antiaritmiklar, tritsiklik antidepressantlar, makrolidlar, neyroleptiklar)
- elektrolit muvozanati buzilishi (gipokaliemiya, gipomagniemiya)
- yurak kasalliklari (yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti, bradikardiya)
Tsiproksni keksa yoshdagi bemorlar va ayollarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki ular QT intervalini uzaytiruvchi preparatlarga ko‘proq sezuvchan bo‘lishi mumkin.
Ovqat hazm qilish trakti
Tsiproks bilan davolash vaqtida yoki undan keyin og‘ir va uzoq davom etuvchi diareya paydo bo‘lsa, darhol Tsiproksni bekor qilish va mos davolashni boshlash uchun psedomembranoz kolit tashxisini istisno qilish kerak. Bunday holatda antipersistaltik preparatlar kontrendikatsiyalangan.
Buyrak va siydik chiqarish tizimi kasalliklari
Tsiproks bilan davolash davrida normal diurezni saqlagan holda yetarli miqdorda suyuqlik iste’mol qilish kerak.
Buyrak funksiyasi buzilishi
Tsiproks asosan o‘zgarmagan holda buyraklar orqali chiqariladi, shuning uchun buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda tsiprofloksatsin to‘planishi natijasida nojo‘ya reaksiyalar kuchayishini oldini olish uchun doza tuzatish talab etiladi.
Gepatobiliar tizim
Jigar nekrozi va hayot uchun xavfli jigar yetishmovchiligi holatlari qayd etilgan. Jigar kasalliklari (anoreksiya, sariqlik, siydikning qorayishi, qichishish) belgilari va simptomlari paydo bo‘lsa, davolashni to‘xtatish kerak.
Glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi
Glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda gemolitik reaksiyalar qayd etilgan. Tsiproks bunday bemorlarga faqat potentsial foyda mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lsa buyurilishi kerak.
Chidamlilik
Tsiproks bilan davolash vaqtida yoki undan keyin tsiprofloksatsinga chidamli bakteriyalar superinfeksiyalar chaqirishi mumkin. Uzoq muddatli davolashda statsionar infeksiyalar va/yoki Staphylococcus va Pseudomonas shtammlari chaqirgan infeksiyalar chidamli bo‘lib qoladi.
Sitoxrom P450
Tsiprofloksatsin CYP1A2 ni ingibitsiya qiladi va bu ferment bilan metabolizmlanadigan moddalar (masalan, teofillin, klozapin, olanzapin, ropinirol, tizanidin, duloksetin) konsentratsiyasining oshishiga olib kelishi mumkin.
Laborator tekshiruvlar bilan o‘zaro ta’sir
Laborator tekshiruvlarda tsiprofloksatsinning sil mikobakteriyalariga nisbatan faolligi Tsiproks qabul qilayotgan bemorlardan olingan namunalarda bakteriyologik natijalarni soxta manfiy ko‘rsatishi mumkin.
Inyeksiya joyidagi reaksiyalar
Inyeksiya joyidagi reaksiyalar vena ichiga yuborishda, infuziya vaqti 30 daqiqa yoki undan kam bo‘lsa yuzaga keladi. Ular infuziya tugagandan so‘ng tezda yo‘qoladigan mahalliy teri reaksiyalari sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Keyingi vena ichiga yuborishlar kontrendikatsiyalangan emas, agar reaksiyalar takrorlanmasa yoki kuchaymasa.
NaCl yuklamalari
Tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha natriy iste’moli kontrendikatsiyalangan bemorlar (yurak yetishmovchiligi, buyrak yetishmovchiligi, nefrotik sindrom va boshqalar) Tsiproks tarkibidagi natriy xlorid miqdorini hisobga olishlari kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Ehtiyot chorasi sifatida homiladorlik davrida tsiprofloksatsin qo‘llashdan saqlanish ma’qul.
Emizish
Tsiprofloksatsin ona sutiga o‘tadi. Bo‘g‘imlarga zarar yetkazish xavfi tufayli, tsiprofloksatsin emizish davrida qo‘llanilmasligi kerak.
Dori vositasining transport vositalarini va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilish xususiyatlari
Preparatni qo‘llashda diqqatni jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiladigan potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Siptomlar: bosh aylanishi, tremor, bosh og‘rig‘i, charchoq, konvulsiyalar, gallyutsinatsiyalar, dezorientatsiya hissi, qorin sohasida noqulaylik, buyrak va jigar funksiyasining buzilishi, shuningdek, kristalluriya va gematuriya
Davolash: maxsus antidot noma’lum. Oshqozonni yuvish, bemor holatini nazorat qilish, zarur bo‘lsa simptomatik terapiya o‘tkazish kerak. Organizmga yetarli miqdorda suyuqlik kiritilishini ta’minlash zarur. Gemodializ yoki peritoneal dializ yordamida ципрофлоксацинning oz miqdori (10% dan kam) chiqarilishi mumkin.
Dozalashdan oshib ketgan holatda simptomatik davolash o‘tkazish zarur. Shuningdek, elektrokardiografiya o‘tkazish kerak, chunki ципрофлоксацин QT intervalini uzaytirishi mumkin.