Qo'llanilishi
Vitamin B12 yetishmovchiligi bilan kechadigan surunkali anemiyalar, yetishmovchilik sabablaridan qat'i nazar (Addison-Birmer kasalligi, aliment makrotsitar anemiya), anemiyalar kompleks davolash tarkibida (shu jumladan temir tanqisligi, postgemorragik, aplastik anemiyalar; toksik moddalar va/yoki dori vositalari bilan chaqirilgan anemiyalar). Surunkali gepatit, jigar sirrozi, jigar yetishmovchiligi. Polinevrit, radikulit, nevralgiya (shu jumladan uch shoxli nerv nevralgiyasi). Funikulyar miyeloz, periferik nervlar shikastlanishi, yonbosh amiotrofik skleroz, bolalar serebral falaji, Daun kasalligi. Terining kasalliklari (psoriaz, fotodermatoz, gerpetiform dermatit, atopik dermatit). Profilaktik maqsadda – biguanidlar, paraaminosalisil kislotasi, askorbin kislotasi yuqori dozalarda buyurilganda. Me'da va ichak kasalliklarida, vitamin B12 so‘rilishi buzilishi bilan kechadigan holatlarda (me'daning bir qismini, ingichka ichakni rezektsiya qilish, Kron kasalligi, tseliakiya, malabsorbsiya sindromi, spru). O‘tkir nurlanish kasalligi.