-
Tarkibi
Bitta ampula tarkibi:
tomir ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma 500 mg/4 ml
Faol modda: tsitikolin (tsitikolin natriy tuzi ko'rinishida) - 500,0 mg.
Yordamchi modda: natriy gidroksid yoki xlorid kislotasi pH 7,2±0,1 gacha, in'ektsiya uchun suv - 4 ml gacha.
tomir ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma 1000 mg/4 ml
Faol modda: tsitikolin (tsitikolin natriy tuzi ko'rinishida) - 1000,0 mg.
Yordamchi modda: natriy gidroksid yoki xlorid kislotasi pH 7,2±0,1 gacha, in'ektsiya uchun suv - 4 ml gacha.
-
Qo'llanilishi
Quyidagi patologiyali bemorlarni kompleks davolash tarkibida:
o'tkir va tiklanish davri ishemik va gemorragik insult;
bosh miya jarohati, o'tkir davr va jarohat oqibatlari;
insult va bosh miya jarohati bilan bog'liq kognitiv buzilishlar.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Yuqori darajadagi vagotoniya (vegetativ asab tizimining parasimpatik qismi tonusining ustunligi).
18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar yoshi (etarli klinik ma'lumotlar yo'qligi sababli).
Dori vositasi komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
-
Qo'llash usuli
Kattalar
Tavsiya etilgan doza sutkada 500 dan 2000 mg gacha. Doza va davolash davomiyligi kasallik simptomlarining og'irligiga bog'liq.
Dori vositasi mushak ichiga, vena ichiga sekin (kiritilayotgan doza bo'yicha 3 dan 5 minutgacha), yoki vena ichiga tomchilab (kiritish tezligi daqiqasiga 40–60 tomchi) yuborilishi mumkin.
Vena ichiga yuborish yo'li mushak ichiga yuborishga nisbatan afzalroq. Mushak ichiga yuborishda dori vositasini bir joyga qayta yuborishdan saqlanish kerak.
Keksalar
Ushbu yosh guruhi uchun doza tuzatish talab qilinmaydi.
Bollar
Dori vositasini bolalarda qo'llash tajribasi cheklangan.
Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlar
Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda doza tuzatish talab qilinmaydi.
Jigar funksiyasi buzilgan bemorlar
Jigar funksiyasi buzilgan bemorlarda doza tuzatish talab qilinmaydi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Nojo'ya ta'sirlar juda kamdan-kam hollarda (<1/10 000) kuzatiladi, alohida holatlarni o'z ichiga oladi.
Psixika buzilishlari: gallyutsinatsiyalar.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: bosh og'rig'i, bosh aylanishi.
Tomirlar tomonidan buzilishlar: arterial gipertenziya, arterial gipotenziya.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar: ko'ngil aynishi, qusish, diareya.
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar: giperemiya, toshma, purpura.
Nafas olish tizimi, ko'krak qafasi va o'rtacha ko'krak oralig'i organlari tomonidan buzilishlar: nafas qisishi.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyida buzilishlar: titroq, shish.
Yuborish joyida mahalliy hodisalar mumkin.
Sanab o'tilgan nojo'ya reaksiyalar yoki tibbiy qo'llanma ko'rsatmalarida tilga olinmagan reaksiya paydo bo'lsa, shifokorga murojaat qilish zarur.
-
Farmakologik xususiyatlari
Tsiticolin neyronlar membranasining struktural fosfolipidlarining biosintezini stimulyatsiya qiladi, bu esa membranalar funksiyasining, shu jumladan ion almashinuvi nasoslari va retseptorlar faoliyatining yaxshilanishiga yordam beradi. O‘zining membranalarni barqarorlashtirish qobiliyati tufayli tsiticolin bosh miya shishining reabsorbtsiyasiga yordam beradi.
Boshsuyak-miya jarohatida posttravmatik koma davomiyligini va nevrologik simptomlar og‘irligini kamaytiradi, bundan tashqari, tsiticolin tiklanish davri davomiyligini qisqartirishga yordam beradi.
Tsiticolin diqqat va ong darajasini oshiradi va amneziya, shuningdek, bosh miya ishemiyasi bilan bog‘liq kognitiv va nevrologik buzilishlarda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Tseralin L-digidroksifenilalanin (L-DOFA) effektlarini kuchaytiradi.
Sentrofenoksin va boshqa meklofenoksat saqlovchi dori vositalari bilan bir vaqtda buyurilmasligi kerak.
-
Saqlash shartlari
Yorug'likdan himoyalangan joyda 25 ºS dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.
Bolaning qo'li etmaydigan joyda saqlansin.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Dori vositasining past toksikligi sababli dozani oshirib yuborish holatlari tavsiflanmagan. Dozani oshirib yuborish holatida simptomatik terapiya ko'rsatiladi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Vena ichiga qo'llanganda dori vositasini yuborish sekin amalga oshirilishi kerak (kiritilayotgan doza bo'yicha 3 dan 5 minutgacha).
Vena ichiga tomchilab yuborishda dori vositasini yuborish tezligi daqiqasiga 40–60 tomchi bo'lishi kerak.
Davom etayotgan bosh ichidagi qon ketishda sutkalik dozani 1000 mg dan oshirmaslik kerak, uni vena ichiga juda sekin (kiritish tezligi daqiqasiga 30 tomchi) yuborish zarur.
Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma faqat bir martalik foydalanish uchun mo'ljallangan. Dori vositasini yuborish ampula ochilgandan so'ng darhol amalga oshirilishi kerak. Ampulada qolgan ishlatilmagan qoldiq yo'q qilinishi kerak.
Tseralin izotonik vena ichiga fiziologik eritma va glyukoza eritmasi bilan mos keladi.