Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Neyrositin 200 ml
Neyrositin 200 ml
Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Diabetiklar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud
43 416 so'm 53 600 so'm
ico
1
ico
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari neyrositin 200 ml
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Eritma
  • Yaroqlilik muddati
    2 yil
  • Qadoqdagi soni
    200 ml
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 ml eritma tarkibida
    faol modda - natriy tsitikolini (tsitikolin hisobiga) 10.00 mg,
    natriy xlorid 6.00 mg,
    kaliy xlorid 0.40 mg,
    kaltsiy xlorid digidrat 0.27 mg,
    natriy laktat 3.20 mg,
    azot1 yetarli miqdor;
    yordamchi modda in'ektsiya uchun suv.
    1 - Azot preparat ishlab chiqarish jarayonida qo‘llaniladi.
  • Qo'llanilishi
    - insult, o‘tkir faza va uning nevrologik asoratlari
    - bosh miyaning travmatik shikastlanishi va uning nevrologik asoratlari
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik
    parasimpatik asab tizimi tonusining oshishi
    gipervolemiya, gipernatriemiya, giperkaliemiya, giperxloremiya, alkaloz, laktoatsidoz
    og‘ir arterial gipertenziya, dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi
    oliguriya, anuriya
    jigar yetishmovchiligi (laktatdan gidrokarbonat hosil bo‘lishining kamayishi sababli)
    o‘tkir buyrak yetishmovchiligi
    giperkaltsiemiya
    hujayra tashqarisida gipergidratatsiya
    o‘pka shishi, miya shishi
  • Qo'llash usuli
    Tomir ichiga yuborish uchun.
    Kattalar uchun tavsiya etilgan doza sutkada 50 ml dan 200 ml gacha tomchilab tomir ichiga yuborish shaklida (40-60 tomchi daqiqada).

    Dastlabki 2 hafta davomida 50–100 ml dan kuniga 2 marta tomir ichiga yuboriladi. Maksimal sutkalik doza – 200 ml.

    O‘tkir va shoshilinch holatlarda maksimal terapevtik effekt preparat birinchi 24 soat ichida qo‘llanilganda erishiladi.

    Preparat dozalari va davolash muddati miya shikastlanishining og‘irligiga bog‘liq va shifokor tomonidan individual belgilanadi.

    Keksalar uchun doza tuzatishni talab qilmaydi

    Bola. Bolalarda preparatni qo‘llash bo‘yicha yetarli ma’lumotlar yo‘q
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Psixik buzilishlar gallyutsinatsiyalar, panik hujum.
    Asab tizimi tomonidan kuchli bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi.

    Yurak-qon tomir tizimi tomonidan arterial gipertenziya, arterial gipotenziya, taxikardiya.

    Nafas olish tizimi tomonidan dispnoe.

    Ovqat hazm qilish trakti tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.

    Elektrolit muvozanatining buzilishi: elektrolitlar (kaliy, kaltsiy, natriy, xlor) darajasining qon zardobida o‘zgarishi, metabolik alkaloz, xloridli atsidoz.

    Umumiy buzilishlar: gipervolemiya.
    Immun tizimi tomonidan: titroq, shish, allergik reaksiyalar, shu jumladan toshma, purpura, qichishish, angionevrotik shish, anafilaktik shok; tana haroratining ko‘tarilishi, ortiqcha terlash, yo‘tal, aksirish, nafas olishda qiyinchilik, lokalizatsiyalangan yoki umumiy qichima.

    Infuziya joyidagi o‘zgarishlar: yallig‘lanish, shish, toshma, qichishish, eritema, og‘riq, kuydirish, infuziya joyida uvishish.

    Nojo‘ya reaksiyalar yuzaga kelganda eritma yuborilishini to‘xtatish, bemor holatini baholash va mos yordam ko‘rsatish kerak.


  • Farmakologik xususiyatlari
    Neirotsitin – elektrolitlar va tsitikolinning muvozanatli tarkibiga ega bo‘lgan tuzli eritma.

    Tsitikolin neyronlar membranasida strukturaviy fosfolipidlar biosintezini rag‘batlantiradi, bu esa membrana funksiyalarining, jumladan, ion almashinuvi nasoslari va neyroreceptorlar faoliyatining yaxshilanishiga yordam beradi. Membranani barqarorlashtiruvchi ta’siri tufayli tsitikolin antio‘teklik xususiyatlarga ega, shuning uchun miya shishining kamayishiga olib keladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, tsitikolin ayrim fosfolipazalar faoliyatini susaytiradi, erkin radikallarning qoldiq hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, membrana tizimlarining shikastlanishini oldini oladi va himoya qiluvchi antioksidant tizimning saqlanishini ta’minlaydi.

    Tsitikolin apoptoz mexanizmlariga ta’sir qilib, hujayralarning nobud bo‘lishini oldini olib, zararlangan to‘qima hajmini kamaytiradi va xolinergik uzatishni yaxshilaydi. Tsitikolin, shuningdek, miya o‘choqli insultlarida profilaktik neyroprotektor ta’sir ko‘rsatadi.

    Tsitikolin miya qon aylanishining o‘tkir buzilishlarida bemorlarning tez funksional reabilitatsiyasiga yordam beradi, miya to‘qimalarining ishemik shikastlanishini kamaytiradi, bu rentgenologik tadqiqotlar natijalari bilan tasdiqlangan.

    Bosh miya jarohatlarida tsitikolin tiklanish davrining davomiyligini qisqartiradi va posttravmatik sindromning intensivligini kamaytiradi.

    Tsitikolin miya faoliyati darajasining oshishiga yordam beradi, amneziya darajasini pasaytiradi, ishemiya kuzatiladigan kognitiv, sensitiv va motor buzilishlarda holatni yaxshilaydi.
    Natriy, ekstrasellulyar suyuqlikning asosiy kationi, birinchi navbatda suv taqsimoti, suv muvozanati, organizm suyuqliklarining osmotik bosimini nazorat qilishda ishtirok etadi. Natriy xlor va bikarbonat bilan birga organizm suyuqliklarining kislota-ishqor muvozanatini tartibga solishda ishtirok etadi.

    Kaliy, hujayra ichki suyuqligining asosiy kationi, uglevodlarni o‘zlashtirish va oqsillar sintezida ishtirok etadi, asab impulslarini o‘tkazish va mushak qisqarishini, ayniqsa yurak faoliyatini tartibga solish uchun zarur.

    Xlor, asosiy ekstrasellulyar anion, natriy almashinuvi bilan chambarchas bog‘liq, organizmning kislota-ishqor muvozanatidagi o‘zgarishlar xlor konsentratsiyasidagi o‘zgarishlarda aks etadi. Ko‘p miqdorda xlor ionlari infuziyasi bikarbonat ionlarining yo‘qolishiga olib kelishi mumkin, bu esa atsidozga olib keladi.

    Shu sababli eritma laktat bilan buferlangan.
    Kalsiy, suyak va tishlarning shakllanishini ta’minlovchi muhim kation (kalsiy fosfati va kalsiy karbonati shaklida). Ionlashgan shaklda kalsiy qon ivishining funksional mexanizmi, yurakning normal faoliyati, neyromushak qo‘zg‘aluvchanligini tartibga solish uchun zarur.

    Preparat aylanib yuruvchi qon hajmi yetishmovchiligini to‘ldiradi. Preparat tarkibiga kiruvchi laktat metabolik jarayonlar natijasida bikarbonat anionlariga aylanadi, bu esa qonni biroz ishqoriy tomonga o‘zgartiradi. Eritma, shuningdek, qondagi toksik mahsulotlar konsentratsiyasining kamayishi va diurezning faollashuvi natijasida detoksikatsion ta’sirga ega.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Doimiy intrakranial qon quyilishi holatida sutkalik doza 100 ml dan oshmasligi va tomchilab yuborish tezligi 30 tomchi daqiqasiga oshmasligi kerak.
    Qonda elektrolitlar, pH va pCO2, laktat miqdorini monitoring qilish zarur.

    Vena ichiga eritmalar yuborilishi suyuqlik va/yoki eritma bilan ortiqcha yuklanish, gipergidratatsiya, dimlanish yoki o‘pka shishiga olib kelishi mumkin. Dilutsiya rivojlanish xavfi elektrolitlar konsentratsiyasiga teskari proporsional. Eritma bilan ortiqcha yuklanish, periferik shishlar va o‘pka shishi bilan kechuvchi dimlanish rivojlanish xavfi elektrolitlar konsentratsiyasiga to‘g‘ri proporsional.

    Gipersensitivlik reaksiyasining har qanday belgilari paydo bo‘lsa, eritma yuborilishini darhol to‘xtatish va tegishli davolashni o‘tkazish kerak.

    Preparat natriy laktat saqlaganligi sababli, uni gipernatriyemiyaga moyil bemorlarga (masalan, adrenokortikal yetishmovchilik, qandli bo‘lmagan diabet yoki to‘qimalarning katta shikastlanishi bo‘lsa), va yurak kasalliklari bo‘lgan bemorlarga alohida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Natriy ionlari mavjudligi sababli eritmani keksa yoshdagi bemorlarga, arterial gipertenziya, buyrak va yurak-qon tomir yetishmovchiligi, dimlanishli yurak yetishmovchiligi, ayniqsa operatsiyadan keyingi davrda, gipoksiya va jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga, shuningdek natriy ushlanishi va shishlar bilan kechuvchi klinik holatlarda, kortikosteroidlar yoki kortikotropin qabul qilayotgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash zarur.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Gulnoza
    ico ico ico ico ico
    Заказала Нейроцитин 200 мл в интернет-магазине Oxymed. Быстрая доставка и хорошее качество продукта.
    05 August 2024
    0
    0
  • Feruz
    ico ico ico ico ico
    Нейроцитин 200 мл отличный продукт! Эффективно улучшает память и концентрацию внимания.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico