Nojo´ya ta´sirlar
Quyida keltirilgan nojo‘ya ta’sirlar chastotasi quyidagicha aniqlangan: tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha), kamdan-kam (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha), juda kam (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha), aniqlanmagan chastotada – chastota parametrlari mavjud ma’lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez - ko‘ngil aynishi, davomli diareya; kamdan-kam - qusish, qorin og‘rig‘i; aniqlanmagan chastotada - soxta membranoz kolit, ich kelmasligi, gastrit, disbakterioz (Clostridium difficile o‘sishi), so‘lak ajralishi, meteorizm, ishtahaning pasayishi.
Nerv tizimi tomonidan: kamdan-kam - bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, tez charchash; aniqlanmagan chastotada - asabiylashish, uyqusizlik, "daxshatli" tushlar.
Nafas olish tizimi tomonidan: aniqlanmagan chastotada - yo‘tal.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: aniqlanmagan chastotada - arterial bosimning pasayishi.
Qon hosil qiluvchi organlar tomonidan: juda kam – trombotsitopeniya; aniqlanmagan chastotada – neyropeniya, trombotsitoz, leykozitoz, leyopeniya, limfotsitoz, granulositoz, bazofiliya, monotsitoz, limfotsitopeniya, burundan qon ketishi.
Siysiq-tanovul tizimi tomonidan: aniqlanmagan chastotada - hayz ko‘rish siklining buzilishi.
Immun tizimi tomonidan: kamdan-kam - teri toshmasi, eshakemi; aniqlanmagan chastotada - qichishish, eozinofiliya, angionevrotik shish, isitma, anafilaktik shok.
Laborator ko‘rsatkichlar: juda kam – giperbilirubinemiya; aniqlanmagan chastotada - "jigar" transaminazalari va ishqoriy fosfataza, laktatdegidrogenaza, gamma-glutamiltransferaza faolligining oshishi, siydikda karbamid, kreatinin konsentratsiyasining oshishi, giperglikemiya yoki gipoglikemiya, gipoproteinemiya va hipoalbuminemiya, gemoglobin miqdorining pasayishi, Kumbs reaksiyasining ijobiy bo‘lishi, protrombin vaqtining uzayishi.
Boshqalar: juda kam – holsizlik; aniqlanmagan chastotada - ko‘krakda og‘riq, terlashning kuchayishi.