Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Sefpod 200 mg № 10
Sefpod 200 mg № 10
Ishlab chiqaruvchi: Ultra Laboratories
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Qonunchilikka muvofiq, gormonal preparatlar va antibiotiklarni elektron retseptsiz sotish mumkin emas.
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari sefpod 200 mg № 10
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
  • Dozalash
    200 mg
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    10 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    Bitta tabletkada quyidagilar mavjud:
    Faol modda: tsefpodoksim proksetil tsefpodoksimga ekvivalent 100 mg va 200 mg. Yordamchi moddalari: mikrokristallik tsellyuloza, izopropil spirti, magniy stearati, talk, natriy lauril sulfat, laktosa, metilen xlorid.
    Tavsifi: dumaloq, biroz ikki tomoni qavariq, krem rangli plyonka qoplamali tabletkalar. Dog‘lar bo‘lishi mumkin.
  • Qo'llanilishi
    Tsefpod sezgir mikroorganizmlar chaqirgan kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi:
    • Nafas yo‘llari infeksiyalari - bronxit, bronxoektaziya, pnevmoniya, plevrit.
    • Quloq, tomoq, burun infeksiyalari – tonzillit, faringit, laringit, sinusit, otit, epiglotit.
    • Terining va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari - limfangit, abstsess, sellulit, yotgan joy yaralari, mastit, furunkulyoz, karbunkullar, ro‘jli yallig‘lanish.
    • Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalari - pielonefrit, tsistit.
    • Adneksit, endometrit.
    • Jinsiy a’zolar infeksiyalari - gonoreya, uretrit.
    • Immun tizimi faoliyati pasaygan bemorlardagi infeksiyalar.
    • Qorin bo‘shlig‘i infeksiyalari (peritonit, oshqozon-ichak trakti va o‘t yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklari).
    • Jarrohlikda infeksiyalarni oldini olish va davolash.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Sephalosporinlarga yuqori sezuvchanlik.
    Penitsillin qatoridagi antibiotiklarga allergik reaksiyalar bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Gistamin H2-reseptorlarini bloklovchi preparatlar, antatsid preparatlar tsefpodoksimning biologik mavjudligini kamaytiradi.
  • Qo'llash usuli
    Kattalar va 12 yoshdan katta, tana vazni 50 kg dan ortiq bo'lgan bolalar uchun sutkalik doza 400 mg ni tashkil etadi (1 marta/sut yoki 200 mg dan 2 marta/sut). Davolash kursining davomiyligi 7-10 kun.
    Oddiy kechuvchi siydik chiqarish kanali va bachadon bo'yni gonoreyasida 400 mg bir marta buyuriladi.
    12 yoshgacha bo'lgan bolalarga preparat suspenziya ko'rinishida tana vazniga 8 mg/kg 1 marta/sut yoki 4 mg/kg har 12 soatda buyuriladi.
    5-11 yoshli bolalarda sutkalik doza 8-10 ml suspenziya, 2-4 yoshda - 5 ml, 6 oylikdan 1 yoshgacha - 2,5-4 ml.
    Streptococcus pyogenes chaqirgan infeksiyalarda davolash kursi kamida 10 kun bo'lishi kerak.
    Buyrak funksiyasi buzilganda (KK 21 dan 60 ml/min gacha) yoki gemodializda bo'lgan bemorlarda sutkalik doza 25% ga kamaytiriladi. KK 20 ml/min bo'lsa yoki peritoneal dializda bo'lgan bemorlarda sutkalik doza 2 marta kamaytiriladi.
    Hozirgi vaqtda 6 oylikkacha bo'lgan chaqaloqlarda tsefpodoksim samaradorligi va xavfsizligi bo'yicha ma'lumotlar yo'q.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan:
    - diareya, ko'ngil aynishi, qusish, qorin og'rig'i bo'lishi mumkin.

    Dermatologik reaksiyalar:
    - kamdan-kam hollarda - o'tkinchi teri toshmalari va qichishish.

    Markaziy asab tizimi tomonidan:
    - kamdan-kam hollarda - bosh og'rig'i.

    Laborator ko'rsatkichlar tomonidan:
    - kamdan-kam hollarda - jigar transaminazalari va SHF faolligining o'tkinchi o'rtacha oshishi, qonda siydik miqdori va kreatinin darajasining biroz oshishi;
    - alohida hollarda - trombotsitoz, trombotsitopeniya, leykopeiya va eozinofiliya.
  • Farmakologik xususiyatlari
    CEFПOD transpeptidazani susaytiradi va bakteriya hujayra devorining mukopeptid biosintezini to‘xtatadi. Beta-laktamazalarga chidamli, kislotali muhitda yemirilmaydi. Tsefpodoksim proksetil (prolek) ko‘rinishida qo‘llaniladi. U oshqozon-ichak traktidan so‘riladi va deesterifikatsiyalanib tsefpodoksim hosil qiladi.
    Ko‘plab gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol: Staphylococcus aureus (penitsillinaza ishlab chiqaruvchi, lekin metitsillinrezistent shtammlar bundan mustasno), Staphylococcus saprophyticus, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae, Streptococcus spp. (C, F, G guruhlari), Escherichia coli, Haemophilus influenzae (beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi shtammlar jumladan), Klebsiella pneumoniae, Moraxella catarrhalis, Neisseria gonorrhoeae (shu jumladan penitsillinaza ishlab chiqaruvchi shtammlar), Proteus mirabilis, Citrobacter diversus, Haemophilus parainfluenzae, Klebsiella oxytoca, Proteus vulgaris, Providencia rettgeri, anaeroblar (Peptostreptococcus magnus).
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Nefrotoksik preparatlar bilan birga qo'llanganda buyrak funksiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi. Disbakterioz va superinfeksiya rivojlanishi mumkinligini hisobga olish kerak (odatda uzoq muddatli buyurilganda).
    Penitsillin qatoridagi antibiotiklarga allergik reaksiyalar bo'lgan bemorlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Davolash davrida Kumbs reaksiyasining ijobiy bo'lishi mumkin.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
     
    Gistamin H2-retseptor blokatorlari (ranitidin, tsimetidin va boshqalar) va antasid preparatlar (alyuminiy gidroksidi va natriy bikarbonat) so‘rilish to‘liqligini (lekin tezligini emas) va Cmax ni 27–32% ga kamaytiradi.

    Peroral antixolinesteraza vositalari so‘rilish intensivligi va Cmax ga erishish vaqtini (47% ga) oshiradi. Probenetsid buyrak orqali chiqarilishni susaytiradi, AUC ni 37% ga oshiradi, Cmax ni -20% ga kamaytiradi.

    Pетle diuretiklar (furosemid va boshqalar) (o‘zaro) nefrotoksikligini oshiradi.
    Chiqarilish shakli, qadoqlanishi


Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Eldor
    ico ico ico ico ico
    Цефпод помог мне избавиться от проблем со здоровьем. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
  • Aziza
    ico ico ico ico ico
    Отличный препарат, быстрая доставка от Oxymed. Спасибо!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico