-
Tarkibi
1 flakonga:
Faol modda:
Tsefepim gidroxlorid monogidrat 2,3782 g (tsefepimga hisoblaganda 2,0 g)
Yordamchi modda:
L-arginin 1,450 g
-
Qo'llanilishi
Kefepimga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infeksion-yallig‘lanish kasalliklari, kattalarda:
- Pastki nafas yo‘llari infeksiyalari, shu jumladan pnevmoniya va bronxit;
- Siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalari, asoratli, shu jumladan pielonefrit, hamda asoratsiz;
- Terining va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari;
- Qorin bo‘shlig‘i infeksiyalari, shu jumladan peritonit va o‘t yo‘llari infeksiyalari;
- Ginekologik infeksiyalar;
- Septitsemiya;
- Febril neyropeniya.
Bo‘shliq jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilganda mumkin bo‘lgan infeksiyalarning oldini olish.
Kefepimga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infeksion-yallig‘lanish kasalliklari, bolalarda:
- Pnevmoniya;
- Siydik yo‘llari infeksiyalari, asoratli, shu jumladan pielonefrit, hamda asoratsiz;
- Terining va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari;
- Septitsemiya;
- Febril neyropeniya;
- Bakterial meningit.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Tsefepim yoki L-argininga, shuningdek, tsefalosporinlar guruhi antibiotiklariga, penisillinlarga yoki boshqa beta-laktam antibiotiklarga yuqori sezuvchanlik.
2 oylikkacha bo‘lgan bolalar yoshi.
Ehtiyotkorlik bilan
Gastrointestinal trakt kasalliklari anamnezida (ayniqsa, kolit), buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 60 ml/min dan kam).
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homilador ayollarda yetarli va nazorat qilinadigan klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Homiladorlik davrida preparatni faqat onaga kutilayotgan foyda homilaga bo‘lgan potensial xavfdan ustun bo‘lsa qo‘llash kerak.
Tsefepim juda past konsentratsiyalarda ona sutida aniqlanadi.
Emizish davrida preparatni faqat onaga kutilayotgan foyda bolaga bo‘lgan potensial xavfdan ustun bo‘lsa qo‘llash kerak.
-
Qo'llash usuli
Tsefepim tomir ichiga (v/v) yoki mushak ichiga (v/m) yuborilishi mumkin. Dozalari va yuborish yo‘li qo‘zg‘atuvchilarning sezuvchanligi, infeksiya og‘irligi, buyrak funksiyasi holati va bemorning umumiy holatiga bog‘liq. Tomir ichiga yuborish yo‘li og‘ir yoki hayot uchun xavfli infeksiyalari bo‘lgan bemorlarga, ayniqsa, septik shok rivojlanish xavfi bo‘lsa, tavsiya etiladi. Mushak ichiga 1 g gacha (hajmi < 3,1 ml) doza bir martalik in'eksiya sifatida yuborilishi mumkin. Maksimal doza (2 g/6,2 ml) ikki xil joyga ikki in'eksiya ko‘rinishida yuborilishi kerak.
Bolalarda doza kattalar uchun tavsiya etilgan maksimal dozadan oshmasligi kerak (2 g v/v har 8 soatda). Bolalarda tsefepimni mushak ichiga yuborish tajribasi cheklangan.
Kattalar va tana vazni 40 kg dan ortiq bo‘lgan bolalar, buyrak funksiyasi normal bo‘lsa
Siydik yo‘llari infeksiyalari, yengil va o‘rta og‘irlikdagi 0,5 g-1 g v/v yoki v/m Har 12 soatda
Boshqa infeksiyalar, yengil va o‘rta og‘irlikdagi 1 g v/v yoki v/m Har 12 soatda
Og‘ir infeksiyalar 2 g v/v Har 12 soatda
Juda og‘ir va hayot uchun xavfli infeksiyalar 2 g v/v Har 8 soatda
Davolashning odatdagi davomiyligi 7-10 kun; og‘ir infeksiyalar uzoqroq davolashni talab qilishi mumkin.
Febril neytropeniya davolashda odatdagi davomiylik 7 kun yoki neytropeniya yo‘qolguncha.
Jarrohlik amaliyotlari vaqtida mumkin bo‘lgan infeksiyalarning oldini olish
Jarrohlik amaliyoti boshlanishidan 60 daqiqa oldin 2 g preparat tomir ichiga infuziya ko‘rinishida 30 daqiqa davomida yuboriladi. Infuziya tugagandan so‘ng darhol 500 mg metronidazol tomir ichiga yuboriladi. Metronidazol va tsefepim o‘zaro mos kelmasligi sababli, ularni bir vaqtda yoki aralashtirib yuborish mumkin emas. Metronidazol yuborishdan oldin infuzion tizimni yuvish kerak (qarang «Tomir ichiga yuborish»). Metronidazol eritmasi metronidazolni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq tayyorlanadi. Uzoq (12 soatdan ortiq) jarrohlik amaliyotlari vaqtida birinchi dozadan 12 soat o‘tgach, xuddi shu dozada tsefepimni qayta yuborish va undan so‘ng metronidazol yuborish tavsiya etiladi.
2 oylikdan boshlab tana vazni 40 kg gacha bo‘lgan bolalar
Siydik yo‘llari infeksiyalari, teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalari, pnevmoniyada odatdagi tavsiya etilgan doza har 12 soatda 50 mg/kg 10 kun davomida. Og‘ir infeksiyalarda - har 8 soatda. Febril neytropeniya, septitsemiya, bakterial meningitli bemorlarga har 8 soatda 50 mg/kg 7-10 kun davomida yuboriladi.
Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlar
Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda tsefepim dozasini siydik bilan chiqarilish tezligi kamayishini hisobga olib tuzatish talab etiladi. Dozalash rejimi buyrak yetishmovchiligi darajasi, infeksiya og‘irligi va mikroorganizmlarning sezuvchanligiga qarab belgilanadi. Buyrak funksiyasi yengil yoki o‘rtacha buzilgan bemorlarda boshlang‘ich doza normal buyrak funksiyasiga ega bemorlarnikiga teng bo‘lishi kerak.
Tavsiya etilgan qo‘llab-quvvatlovchi tsefepim dozasi jadvalda keltirilgan. Kreatinin klirensini erkaklarda quyidagi formula bo‘yicha hisoblash mumkin:
Tana vazni (kg) x (140 - yosh)
Kreatinin klirensi =
(ml/min) 72 x zardob kreatinini (mg/dl)
Ayollarda kreatinin klirensi natijani 0,85 ga ko‘paytirish orqali hisoblanadi.
Kreatinin klirensi (ml/min) Tavsiya etilgan qo‘llab-quvvatlovchi dozalar
>60 (Odatdagi doza, dozani tuzatish talab etilmaydi)
2 g
har 8 soatda 2 g
har 12 soatda 1 g
har 12 soatda 0,5 g
har 12 soatda
30-60 2 g
har 12 soatda 2 g har
24 soatda 1 g
har 24 soatda 0,5 g
har 24 soatda
11-29 2 g
har 24 soatda 1 g
har 24 soatda 0,5 g
har 24 soatda 0,5 g
har 24 soatda
≤10 1 g
har 24 soatda 0,5 g
har 24 soatda 0,25 g
har 24 soatda 0,25 g
har 24 soatda
Gemodializdagi bemorlar? 0,5 g
har 24 soatda 0,5 g
har 24 soatda 0,5 g
har 24 soatda 0,5 g
har 24 soatda
?Gemodializdagi bemorlarda tsefepim dozasini kamaytirish tavsiya etiladi: birinchi kuni 1 g va keyin har kuni 0,5 g barcha infeksiyalarda, febril neytropeniya bundan mustasno, bunda doza 1 g kuniga. Dializ kunlarida tsefepim dializ tugagandan so‘ng yuboriladi. Imkon qadar preparat har kuni bir vaqtda yuborilishi kerak.
Gemodializda 3 soat davomida yuborilgan preparat dozasining taxminan 68 % organizmdan chiqariladi.
Doimiy ambulator peritoneal dializda preparat infeksiya og‘irligiga qarab 0,5 g, 1 g yoki 2 g boshlang‘ich tavsiya etilgan dozada, yuborish oralig‘i 48 soat bo‘lishi bilan qo‘llanilishi mumkin.
Buyrak funksiyasi buzilgan bolalar
Buyrak funksiyasi buzilgan bolalarda yuqoridagi jadvalda ko‘rsatilganidek, doza kamaytirilishi yoki yuborish oralig‘i oshirilishi tavsiya etiladi.
Kreatinin klirensi quyidagi formulalar bo‘yicha hisoblanadi:
0,55 x bo‘y (sm)
Kreatinin klirensi =
(ml/min/1,732) zardob kreatinini
(mg/dl)
yoki
0,52 x bo‘y (sm)
Kreatinin klirensi = - 3,6
(ml/min/1,732) zardob kreatinini
(mg/dl)
Jigar funksiyasi buzilgan bemorlar
Jigar funksiyasi buzilgan bemorlarda doza tuzatish talab etilmaydi.
Tomir ichiga yuborish
Og‘ir yoki hayot uchun xavfli infeksiyalari bo‘lgan bemorlarga, ayniqsa, septik shok rivojlanish xavfi bo‘lsa, tavsiya etiladi.
Tomir ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash
Preparat 5, 10 yoki 20 ml steril in'eksiya uchun suvda,
5 % dekstroza eritmasi va 0,9 % natriy xlorid eritmasida in'eksiya uchun, quyidagi jadvalda ko‘rsatilganidek, eritiladi va 3-5 daqiqa davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri vena ichiga yoki tomir ichiga yuborish tizimiga, bemorga mos keluvchi tomir ichiga yuborish eritmasi yuborilayotgan tizim orqali yuboriladi.
Tomir ichiga infuziya uchun eritma tayyorlash
Tayyorlangan eritma (qarang yuqorida) boshqa mos keluvchi tomir ichiga infuziya eritmalari (qarang quyida) bilan infuzion idishga o‘tkaziladi va kamida 30 daqiqa davomida yuboriladi.
Eritmani suyultirish hajmi (ml) Olingan eritma taxminiy hajmi (ml) Tsefepim taxminiy konsentratsiyasi (mg/ml)
Tomir ichiga yuborish:
0,5 g/flakon
1 g/flakon
2 g/flakon
5
10
10 yoki 20
5,7
11,4
12,8 yoki 22,8
90
90
160 yoki 90
Preparat eritmalari 1-40 mg/ml konsentratsiyada quyidagi parenteral eritmalar bilan mos keladi:; 5% dekstroza eritmasi va 0,9 % natriy xlorid eritmasi in'eksiya uchun;, Ringer laktat eritmasi.
Mushak ichiga yuborish: 1 g gacha (hajmi < 3,1 ml) doza bir martalik in'eksiya ko‘rinishida yuborilishi mumkin. Maksimal doza (2 g/6,2 ml) ikki xil joyga ikki in'eksiya ko‘rinishida yuborilishi kerak.
Mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash
Preparat steril in'eksiya uchun suvda, 5 % dekstroza eritmasi yoki 0,9 % natriy xlorid eritmasi in'eksiya uchun, parabenga yoki benzil spirti bo‘lgan bakteriostatik in'eksiya uchun suvda, 0,5 % yoki 1 % lidokain eritmasida, quyidagi jadvalda ko‘rsatilganidek, eritiladi.
Eritmani suyultirish hajmi (ml) Olingan eritma taxminiy hajmi (ml) Tsefepim taxminiy konsentratsiyasi (mg/ml)
Mushak ichiga yuborish:
0,5 g/flakon
1 g/flakon
1,5
3,0
2,2
4,4
230
230
Tomir ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritmalarni saqlash
Tayyorlangan preparat eritmalari mushak ichiga va tomir ichiga yuborish uchun xona haroratida 24 soat davomida yoki
muzlatkichda (2-8°C) 7 kun davomida barqaror bo‘ladi.
Barcha parenteral qo‘llash uchun eritmalar kabi, tayyorlangan eritmalarni yuborishdan oldin ko‘zga ko‘rinadigan mexanik aralashmalar yo‘qligiga tekshirish kerak. Aks holda tayyorlangan eritmani ishlatish taqiqlanadi.
Saqlash vaqtida kukun va tayyorlangan eritma qorayishi mumkin, bu preparatning faolligi va sifatiga ta'sir qilmaydi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya ta’sirlar me’da-ichak trakti va allergik reaksiyalar bilan bog‘liq. Quyida nojo‘ya ta’sirlar organ va tizimlar bo‘yicha ularning tez-tezligiga muvofiq keltirilgan: juda tez-tez (>10 %); tez-tez (>1 % va <10 %); kamdan-kam (>0,1 % va <1 %); juda kamdan-kam (>0,01 % va <0,1 %); tez-tezligi noma’lum.
Allergik reaksiyalar: tez-tez - teri toshmasi; kamdan-kam - eritema, eshakemi, teri qichishishi; juda kamdan-kam - anafilaktik reaksiyalar; tez-tezligi noma’lum - anafilaktik shok, toksik epidermal nekroliz, ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi.
Infeksiyalar: kamdan-kam - og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining kandidozi, vaginit; juda kamdan-kam - kandidoz (aniqlanmagan joylashuvda).
Markaziy asab tizimi tomonidan: kamdan-kam - bosh og‘rig‘i; juda kamdan-kam - tutqanoq, paresteziya, disgeziya, bosh aylanishi; tez-tezligi noma’lum - ong buzilishi, gallyutsinatsiyalar, koma, stupor, ensefalopatiya, mioklonik tutqanoqlar.
Tomirlar tomonidan: juda kamdan-kam - vazodilatatsiya; tez-tezligi noma’lum - qon ketishi.
Nafas olish tizimi tomonidan: juda kamdan-kam - nafas qisishi.
Me’da-ichak trakti tomonidan: tez-tez - diareya, kamdan-kam - ko‘ngil aynishi, qusish, kolit (shu jumladan psedomembranoz kolit); juda kamdan-kam - qorin og‘rig‘i, qabziyat; tez-tezligi noma’lum - ovqat hazm qilish buzilishi.
Siydik ajratish tizimi tomonidan: tez-tezligi noma’lum - buyrak yetishmovchiligi, toksik nefropatiya.
Umumiy reaksiyalar va yuborish joyidagi reaksiyalar: tez-tez - yuborish joyida flebit, yuborish joyida og‘riq, kamdan-kam - harorat ko‘tarilishi va yuborish joyida yallig‘lanish; juda kamdan-kam - titroq.
Boshqa: juda kamdan-kam - genital qichishish, ta’m o‘zgarishi, gemolizsiz soxta musbat Kumbs testi.
Laborator ko‘rsatkichlar o‘zgarishi: tez-tez - alaninaminotransferaza, aspartataminotransferaza, ishqoriy fosfataza, umumiy bilirubin faolligining oshishi, anemiya, eozinofiliya, protrombin vaqti yoki qisman tromboplastin vaqtining oshishi; kamdan-kam - qonda siydik azoti, zardob kreatinini, trombotsitopeniya, leyopeniya va neyropeniya; tez-tezligi noma’lum - aplastik anemiya, gemolitik anemiya, agranulotsitoz.
Ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyingi tajriba: ensefalopatiya (ong buzilishi, shu jumladan ong chalkashligi, gallyutsinatsiyalar, stupor va koma), mioklonus, tutqanoqlar va tutqanoqsiz epileptik status. Ko‘pchilik holatlarda buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan va tavsiya etilgan dozadan yuqori dozalarda tsefepim olgan bemorlarda kuzatilgan bo‘lsa-da, ba’zi hollarda ensefalopatiya buyrak yetishmovchiligi darajasiga qarab doza tuzatmasi o‘tkazilgan bemorlarda ham kuzatilgan.
-
Farmakologik xususiyatlari
Tsefepim keng ta'sir doirasiga ega bo‘lgan tsefalosporin antibiotik hisoblanadi. Tsefepim bakteriya hujayra devori oqsillarining sintezini bostiradi, turli gram-musbat va gram-manfiy bakteriyalarga nisbatan keng bakteritsid ta'sir doirasiga ega, shu jumladan aminoglikozidlarga yoki uchinchi avlod tsefalosporin antibiotiklariga, masalan, tseftazidimga chidamli shtammlarning ko‘pchiligiga nisbatan samarali. Tsefepim ko‘pchilik beta-laktamazalar tomonidan gidrolizga yuqori darajada chidamli, u beta-laktamazalarga past affinitetga ega va gram-manfiy bakteriyalar hujayralariga tez kirib boradi. Tsefepim penitsillin bilan bog‘lovchi oqsil (PBO) 3-turiga juda yuqori affinitetga, 2-turiga yuqori affinitetga va 1a hamda 1b turlariga o‘rtacha affinitetga ega ekani isbotlangan. Tsefepim keng doiradagi bakteriyalarga nisbatan bakteritsid ta'sir ko‘rsatadi. Tsefepim quyidagi mikroorganizmlarga nisbatan faol:
Gram-musbat aeroblar:
Staphylococcus aureus (beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi shtammlarini o‘z ichiga oladi); Staphylococcus epidermidis (beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi shtammlarini o‘z ichiga oladi); boshqa Staphylococcus spp. shtammlari, shu jumladan Staphylococcus hominis, Staphylococcus saprophyticus;
Streptococcus pyogenes (A guruhi streptokokklari);
Streptococcus agalactiae (B guruhi streptokokklari);
Streptococcus pneumoniae (penitsillinga o‘rtacha chidamli shtammlarini o‘z ichiga oladi – minimal to‘xtatuvchi konsentratsiya 0,1 dan 1 mkg/ml gacha);
boshqa beta-gemolitik Streptococcus spp. (C, G, F guruhlari), Streptococcus bovis (D guruhi), Streptococcus spp. viridans guruhi.
Eslatma: enterokokklarning ko‘pchilik shtammlari, masalan, Enterococcus faecalis, va metitsillinga chidamli stafilokokklar tsefalosporin antibiotiklarining, shu jumladan tsefepimning, ko‘pchiligiga chidamli.
Gram-manfiy aeroblar:
Acinetobacter calcoaceticus (anitratus, lwoffii ostshtammlari);
Aeromonas hydrophila;
Capnocytophaga spp.;
Citrobacter spp., shu jumladan Citrobacter diversus, Citrobacter freundii,
Campylobacter jejuni;
Enterobacter spp., shu jumladan Enterobacter cloacae, Enterobacter aerogenes, Enterobacter sakazakii;
Escherichia coli;
Gardnerella vaginalis;
Haemophilus ducreyi;
Haemophilus influenzae (beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi shtammlarini o‘z ichiga oladi);
Haemophilus parainfluenzae; Hafnia alvei;
Klebsiella spp., shu jumladan Klebsiella pneumoniae, Klebsiella oxytoca, Klebsiella ozaenae;
Legionella spp.;
Morganella morganii;
Moraxella catarrhalis (Branhamella catarrhalis) (beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi shtammlarini o‘z ichiga oladi);
Neisseria gonorrhoeae (beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi shtammlarini o‘z ichiga oladi);
Neisseria meningitidis;
Pantoea agglomerans (ilgari Enterobacter agglomerans nomi bilan ma'lum bo‘lgan);
Proteus spp., shu jumladan Proteus mirabilis, Proteus vulgaris;
Providencia spp., shu jumladan Providencia rettgeri, Providencia stuartii;
Pseudomonas spp., shu jumladan Pseudomonas aeruginosa, Pseudomonas putida, Pseudomonas stutzeri,
Salmonella spp.;
Serratia, shu jumladan Serratia marcescens, Serratia liquefaciens;
Shigella spp.;
Yersinia enterocolitica.
Eslatma: tsefepim Stenotrophomonas maltophilia (ilgari Xanthomonas maltophilia va Pseudomonas maltophilia nomlari bilan ma'lum bo‘lgan)ning ko‘plab shtammlariga nisbatan faol emas.
Anaeroblar:
Bacteroides spp.;
Clostridium perfringens;
Fusobacterium spp.;
Mobiluncus spp.;
Peptostreptococcus spp.;
Prevotella melaninogenica (Bacteroides melaninogenicus nomi bilan ma'lum);
Veillonella spp.
Eslatma: tsefepim Bacteroides fragilis va Clostridium difficile ga nisbatan faol emas.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Davolashni boshlashdan oldin bemorda tsefepim, boshqa tsefalosporin antibiotiklari, penisillinlar va boshqa beta-laktam antibiotiklarga, shuningdek, allergiyaning boshqa shakllariga allergik reaksiyalar mavjudligini aniqlash kerak. Allergik reaksiya rivojlanganida preparat bilan davolashni to‘xtatish va tegishli choralarni ko‘rish lozim. Anafilaktik reaksiya (anafilaktik shok) rivojlanganida preparat yuborilishini darhol to‘xtatish kerak; epinefrin va boshqa yordamchi terapiya qo‘llanilishi mumkin.
Tsefepim mikroorganizmlar qo‘zg‘atuvchisi aniqlanmaguncha monoterapiya sifatida qo‘llanilishi mumkin, chunki u gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlarga nisbatan keng spektrli antibakterial ta’sirga ega. Aralash aerob/anaerob infeksiya xavfi bo‘lsa (ayniqsa, tsefepimga chidamsiz mikroorganizmlar bo‘lishi mumkin bo‘lsa), tsefepim preparatini anaeroblarga ta’sir qiluvchi preparat bilan birga qo‘llashni qo‘zg‘atuvchi aniqlanmaguncha boshlash mumkin. Qo‘zg‘atuvchi aniqlangandan va antibiotiklarga sezuvchanligi aniqlangandan so‘ng davolash test natijalariga muvofiq olib borilishi kerak.
Empirik davolash buyurilganda mikroorganizmlar- qo‘zg‘atuvchilar tomonidan orttirilgan chidamlilik haqidagi ma’lumotlarni hisobga olish zarur. Mikroorganizmlarning chidamliligi vaqt o‘tishi va geografik joylashuvga qarab o‘zgarishi mumkin. Mikroorganizmlar- qo‘zg‘atuvchini aniqlash va tsefepimga sezuvchanligini aniqlash uchun tegishli testlar o‘tkazilishi kerak.
Boshqa antibiotiklar kabi, tsefepim preparati bilan davolash natijasida chidamsiz mikroflora kolonizatsiyasi yuzaga kelishi mumkin. Davolash davomida superinfeksiyalar rivojlanganida tegishli choralar ko‘rish zarur.
Keng ta’sir doirasiga ega deyarli barcha antibiotiklarni qo‘llashda Clostridium difficile bilan bog‘liq diareya rivojlanishi mumkin, bu yengil, o‘z-o‘zidan o‘tib ketadigan diareyadan tortib, umumiy simptomlar (isitma, degidratatsiya va elektrolit buzilishlari simptomlari, jumladan taxikardiya, arterial gipotenziya, ventilyatsion buzilishlar, yuqori leykozitoz), tez-tez suyuq ich ketish, ba’zan qon aralashmasi bilan, qorin og‘rig‘i bilan kechadigan og‘ir kasallik – soxta membranoz kolit shakliga qadar bo‘lishi mumkin. Clostridium difficile bilan bog‘liq diareya antibiotiklarni qo‘llash to‘xtatilganidan keyin 2 oydan ko‘proq vaqt o‘tib ham qayd etilgan. Clostridium difficile bilan bog‘liq diareyadan shubha qilinganda yoki tasdiqlanganda, Clostridium difficile ni bostirish uchun buyurilganlardan tashqari antibiotiklarni qo‘llashni to‘xtatish kerak. Ichak peristaltikasini sekinlashtiruvchi preparatlarni qo‘llash mumkin emas.
Og‘ir buyrak va buyrak-jigar yetishmovchiligida preparatning plazmadagi konsentratsiyasini muntazam aniqlash va doza kreatinin klirensiga qarab tuzatib borish kerak. Uzoq muddatli davolashda periferik qon, jigar va buyrak funksional holati ko‘rsatkichlarini muntazam nazorat qilish zarur. Postregistratsion kuzatuv davrida quyidagi jiddiy, hayot uchun xavfli bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalar qayd etilgan: ensefalopatiya (ong buzilishi, shu jumladan ongning chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, stupor va koma), mioklonus, tutqanoqlar va tutqanoqsiz epileptik status (qarang "Nojo‘ya ta’siri": Postregistratsion tajriba). Ko‘pchilik holatlarda buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan, doza tuzatish o‘tkazilmagan bemorlarda kuzatilgan. Biroq, ayrim hollarda neyrotoksiklik buyrak yetishmovchiligi darajasiga qarab doza tuzatish o‘tkazilgan bemorlarda ham kuzatilgan. Ko‘pchilik hollarda neyrotoksiklik simptomlari qaytar edi va preparat bekor qilingandan va/yoki gemodializ o‘tkazilgandan so‘ng yo‘qolgan. Agar neyrotoksiklik tsefepim qo‘llanishi bilan bog‘liq bo‘lsa, tsefepim terapiyasini to‘xtatish yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda dozasini tuzatish masalasini ko‘rib chiqish kerak.
Avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Preparatning diqqatni jamlash qobiliyatiga ta’siri o‘rganilmagan, biroq markaziy asab tizimi tomonidan nojo‘ya ta’sirlar rivojlanishi mumkinligini hisobga olib, davolash davomida transport vositalarini boshqarish va yuqori diqqat va tez psixomotor harakatlarni talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlar: epsefalopatiya (ongning chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, stupor, koma), mioklonik tutqanoqlar, asab-mushak qo‘zg‘aluvchanligining oshishi. Davolash: simptomatik va qo‘llab-quvvatlovchi terapiya. Tavsiya etilgan dozalardan sezilarli darajada oshib ketgan hollarda, ayniqsa buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda, gemodializ ko‘rsatilgan.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Aminoglikozidlar bilan bir vaqtda buyurilganda antimikrob ta'sirining yaqqol sinergizmi kuzatiladi. Tsepepim eritmasi gentamitsin, tobramitsin, netilmisin, vankomitsin, metronidazol eritmalari bilan farmatsevtik jihatdan mos kelmaydi. Tsepepim va ko'rsatilgan antibiotiklar bir vaqtda buyurilganda ularni bir shpritsda yoki bir infuzion muhitda aralashtirish mumkin emas; tomir ichiga yuborishda alohida yuborish yoki in'ektsiyalar (infuziyalar) orasida imkon qadar katta vaqt oralig'ini saqlagan holda ma'lum ketma-ketlikda yuborish yoki alohida tomir ichiga kateterlar orqali yuborish tavsiya etiladi; metronidazol yuborishdan oldin infuzion tizim tsepepim eritmasidan yuvilishi kerak.
Tsepepim eritmasi 40 mg/ml dan oshmaydigan konsentratsiyada 0,9 % natriy xlorid eritmasi yoki 5 % dekstroza eritmasidan foydalanib tayyorlangan ampisillin (1-40 mg/ml), klindamitsin (0,25-6 mg/ml) va amikatsin (6 mg/ml) eritmalariga qo'shilishi mumkin. Tsepepim eritmasi 4 mg/ml konsentratsiyada 0,9 % natriy xlorid eritmasi yoki 5 % dekstroza eritmasida geparin (10-50 ED/ml), 0,9 % natriy xlorid eritmasi yoki 5 % dekstroza eritmasida kaliy xlorid (10-40 mEq/l) va 5 % dekstroza eritmasida teofillin (0,8 mg/ml) bilan mos keladi.
Bir vaqtda qo'llanganda aminoglikozid antibiotiklarining nefrotoksik va ototoksik rivojlanish xavfi ortadi.