Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaksiyalar: gipertermiya, teri toshmasi, qichima, teri qichishishi, bronxospazm, eozinofiliya, angionevrotik shish, artralgiyalar, anafilaktik shok, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (jumladan, Stivens-Djonson sindromi).
Nerv tizimi tomonidan: tutqanoq.
Siydik ajratish tizimi tomonidan: buyrak kasalliklari bo‘lgan bemorlarda yuqori dozalarda (6 g) davolashda buyrak funksiyasining buzilishi (bunday hollarda doza kamaytiriladi va davolash siydik azoti va kreatinin dinamikasi nazorati ostida olib boriladi).
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorin og‘rig‘i, soxta membranoz enterokolit, kamdan-kam hollarda - xolestatik sariqlik, gepatit.
Qon hosil qilish organlari tomonidan: leyopeniya, neytropeniya, trombotsitopeniya, trombotsitoz, gemolitik anemiya.
Uzoq muddatli davolashda: disbakterioz, antibiotikka chidamli shtammlar sababli superinfeksiya, kandidamikoz (jumladan, kandidal stomatit). Laborator ko‘rsatkichlar: Kumbs reaksiyasining ijobiyligi, "jigar" transaminazalari faolligining oshishi, giper kreatininemiya, protrombin vaqtining uzayishi.